41
5. Xo„jalik yo„llaridagi muhandislik qurilmalari.
O„zbekiston Respublikasi
hududida foydalanishdagi etti guruhdagi: ogoxlantiruvchi, imtiyoz, ta‟qiqlovchi,
buyuruvchi, axborot-ko„rsatuvchi, servis, qo„shimcha axborot yo„l belgilari
Venada 1968 yil qabul qilingan yo„l belgilari
Konventsiyasiga va bu
Konventsiyani to„ldiruvchi Jenevadagi 1971 yil Evropa kelishuvi talablariga to„liq
mos keladi.
Xo„jalik yo„llarida yo„l belgilarini o„rnatish GOST 23457-86, ularning
o„lchamlari esa GOST 10807-78 talablariga javob berishi kerak.
Xo„jalik yo„llarida yo„l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o„rnatilishi kerak:
ko„rsatuvchi
(axborot-ko„rsatuvchi);
imtiyoz;
servis
va
tablichkalar;
ogohlantiruvchi; buyuruvchi; ta‟qiqlovchi.
Yo„l belgi chiziqlari ikki guruhga bo„linadi: gorizontal va vertikal. Xo„jalik
yo„llarida yo„l belgi chiziqlari Is toifali yo„llarda aholi yashash joylarida va
yo„ldagi harakat miqdori 1000 avt/sutkadan oshganda qo„llaniladi.
Xo„jalik yo„llarida yo„l to„siqlari
transport vositalarining, piyodalarning
harakatini tartibga solish va yo„l - transport hodisalarining oldini olish hamda
ularning og‟irlik
darajasini pasaytirish
uchun o„rnatiladi. Yo„l to„siqlariga
qo„yiladigan talablar GOST 26804-86 “Ograjdeniya dorojniy, metallicheskiy
barernogo tipa. Texnicheskiy usloviya” da keltirilgan. Yo„l
sharoitining
o„zgarishiga qarab yo„l to„siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari GOST
23457-86 “Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya”da keltirilgan.
Yo„l to„siqlari qo„llanish sharoitlariga qarab ikki guruhga bo„linadi. Birinchi
guruhga “barer” konstruktsiyali (balandligi 0,75 m dan kam bo„lmagan) va
devorsimon (“parapet” shaklidagi balandligi 0,6 m dan kam bo„lmagan) yo„l
to„siqlari kiradi. Bu guruhidagi to„siqlar transport vositalarini yo„l poyida,
ko„priklarda, yo„l o„tkazgich joylarida ushlab qolish va qarama-qarshi tomondan
harakatlanayotgan transport vositalari to„qnashuvining oldini olish hamda yo„l
mintaqasida joylashgan har xil predmetlarga (yoritgich, ko„prik tayanchlari,
daraxtlar va h.k.) kelib urilishidan saqlash uchun o„rnatiladi.
Ikkinchi guruh to„siqlariga setkalar, har xil panjaralar (balandligi 0,8-1.5 m)
kiradi. Ulardan piyodalarning harakatini tartibga solish va hayvonlarning yo„l
qatnov qismiga chiqishining oldini olish maqsadida foydalaniladi. Yo„naltiruvchi
qurilmalar avtomobil yo„llarida keng foydalaniladi.
Yo„naltiruvchi qurilmalarga quyidagilar kiradi:
-
yo„naltiruvchi ustunchalar;
-
sun‟iy yoritgichli tumbalar;
-
xavfsizlik orolchalari.
Agarda ularga yo„l belgi chiziqlari yoki
nur qaytaruvchi plenkalar
yopishtirilgan bo„lsa, yo„naltiruvchi qurilmalar vazifasini (ayniqsa kechasi) yo„l
to„siqlari ham bajarishi mumkin. Yo„naltiruvchi qurilmalar yo„l yoqasining
chetini, xavfli to„siqlarni kechasi va yomon sharoitlarda ko„rinishini ta‟minlashi
uchun
qo„llaniladi.
Yo„naltiruvchi
ustunchalar
avtomobil
yo„llarining
yoritilmaydigan uchastkalarida yo„l to„siqlari o„rnatilmaydigan hollarda quyidagi
joylarda o„rnatiladi.
42
Yo„naltiruvchi ustunchalar yo„l yoqasining chetidan 0,35
m dan kam
bo„lmagan masofada va yo„l qatnov qismining chetidan 0,75 m dan kam
bo„lmagan masofada yo„l yoqasiga joylashtirilib, ularning balandligi 0,75 0,8 m
belgilanadi (5.5-rasm).
5.5-rasm. Xo„jalik yo„llaridagi muhandislik qurilmalari
Dostları ilə paylaş: