Ekspluatasiya instituti



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
5fca3a27369a7

Tayanch so„zlari: 
sanoat yo„llari, kon yo„llari, osma kanat, quvur o„tkazgich 
transporti 


35
 1. Sanoat yo„llarining bajaradigan vazifalari. 
Sanoat korxonasi 
avtomobil yo„li - sanoat yo„llari - sanoat yoki boshqa korxona (tashkilot) 
balansi (hisobi) da turuvchi, uning ishlab chiqarish, texnologik tashishlariga 
xizmat ko„rsatuvchi, uning hududidagi va unga kirish yo„li. Shu korxonaning 
ishlab chiqarish, texnologik talablari asosida loyihalanadi. Sanoat yo„llarida har 
xil yuklarni tashish bilan birgalikda, ular mahsulotlarni iste‟molchiga etkazib 
berishda va mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Mujassamlangan 
“sanoat transporti” tushunchasi sanoat, qurilish, qishloq xo„jaligi va boshqa 
korxonalarga xizmat ko„rsatuvchi umum foydalanilmaydigan transport vositalarini 
anglatadi. Sanoat yo„llari joylashishi va vazifalariga ko„ra tashqi va korxona ichi 
sanoat yo„llariga bo„linadi. Tashqi sanoat yo„llarida korxonaga keltirilgan xom - 
ashyo, yarim fabrikat yonilg‟i va boshqa turli buyumlarni umum foydalanadigan 
magistral transportidan korxona ichiga va tayyor mahsulotlar hamda bo„shagan 
vagonlarni magistral transport yo„llarigacha tashish bilan shug‟ullanadi.
 
Korxona ichi sanoat transporti xom - ashyo yarimfabrikatlar, turli xil detallar, 
yonilg‟i va boshqa buyumlarni omborxonalardan sexlarga, sexlararo va sex ichida 
tayyor buyumlarni esa sexlardan omborxonalarga tashish bilan shug‟ullanadi. 
Sanoat yo„llari undagi transport turiga qarab, temir yo„l, avtomobil yo„l, suv 
yo„li, quvur o„tkazgich va maxsus (osma arqon yo„l va h.)lar kompleksi yoki 
ulardan ayrimlari bo„lishi mumkin. Bundan tashqari unga sexlar ichi, sexlararo 
ishlovchi turli konveyer va transporterlar, elektr yoki avtomobil, yuk karalari 
harakatlanadigan yo„llar kiradi (5.1-rasm). 
Tashqi sanoat transportining asosini temir yo„l transport va avtomobil 
transporti tashkil etadi, ular hisobiga 80% yuk to„g‟ri keladi. Sanoat yo„llari 
shaxobchalari uzunligiga qarab quyidagilarga bo„linadi: 1 km gacha - 58%, 1 - 5 
km gacha - 30%, 5-10 km gacha - 6%, 10 km dan ortiq - 6%. Qazib oluvchi sanoat 
yo„llari ishida temir yo„l transporti va avtomobil transporti keng qo„llaniladi: temir 
yo„l transporti toshko„mir ochiq konlarida, avtomobil transporti - rangli metall va 
tog‟-kimyo, 
xom-ashyosi 
konlarida 
qo„llaniladi. 
Sanoat 
yo„llarini 
rivojlantirishning asosiy yo„nalishlaridan biri konveyer yo„llarini rivojlantirishdir. 


36
Sanoat avtomobil yo„llari tasnifi: Yuk tig‟izligi bo„yicha - 1 mln. t. netto 1 yil 
va undan ko„p - IIIp - turkum. 1 mln. t. netto 1 yilda - IVp turkum. Engil 
avtomobilga keltirilgan harakat miqdoriga qarab: 2000 avt./sut va ko„p - IIIp. 2000 
avt./sut dan kam. - IVp 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin