26
4.3-rasm. Quvur sxemasi: 1 - kallak, 2 – quvur zvenosi, 3 - qum-shag‟alli
yostiqcha, 4 – tuproq bilan to„ldirilgan
Uncha katta bo„lmagan doimiy va asosan davriy
ochiq suv oqimlarini kesib
o„tishda temir yo„l va avtomobil yo„llari tarmog‟ida quriladigan quvurlar soni juda
ko„p, biroq ulardan har birining qiymati nisbatan kam va shuning uchun ularni
qurish uchun ketadigan jami harajatlar uncha ko„p emas. Sun‟iy
inshootlar
toifasiga kiradigan bunday inshootlarni joylashtirish hamma vaqt yo„lning o„q
chizig‟ini belgilashga bo„ysindiriladi, bunga sabab shuki,
har qaysi quvur uchun
joyda eng yaxshi o„rnini tanlash yo„lning ancha uzayishiga,
uning qurilishining
umumiy qimmatlashuviga va yuk tashish harajatlarining ortishiga olib kelishi
mumkin. Quvurning joylashuvini yo„lning umumiy belgilanishiga bo„ysindirgan
holda,
shuningdek, suvni o„tkazish sharoiti bo„yicha etarlicha qulay bo„lmagan
joylarda hamma vaqt oqimni ancha va nisbatan arzon boshqarish,
hatto zarur
yo„nalishda yaxlit sun‟iy o„zan qurish imkoniyati borligi hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: