Ekspluatasiya instituti



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
5fca3a27369a7

 
30
 
5. Avtomobil yo„lini jihozlash elementlari. 
Yo„llarni jihozlash deganda 
yashil ekinlarni ekish, piyodalar va velosiped yo„lakchalarini, dam olish va 
kuzatish maydonchalarini, avtomobillar to„xtash maydonchalarini qurish
shamolga qarshi qurilmalarni yaratish, reklama taxtalarini qurish tushuniladi.
 
Yashil ekinlar qorni va qumni tutib qolish, manzara berish va hududni 
namligini saqlash hamda soya berish uchun qo„llaniladi. Yashil ekinlar butzor 
to„siqlar, daraxt tasmalari, yo„l bo„yi mevali bog‟lar ko„rinishida bo„ladi. 
Avtomobillar va avtobuslar haydovchilari bir necha soat ishlaganidan keyin qisqa 
muddatli dam olishlari juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun aholi 
yashamaydigan joylarda, daraxtzorlar ichida, daryo va ko„llar bo„yida dam olish 
maydonchalari quriladi. 
Kuchli shamol esadigan tumanlarda yo„llarda shamolga qarshi qurilmalarni 
qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kuchli shamollar 100 km/soat va undan 
katta tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobillarda halokat chiqarishi mumkin. 
Avtomobillar harakat miqdorini va tezligini oshishi qatnov qismini va yo„l 
yoqasini xavfsizlik tasmalari, toshtaxtalar, g‟ildirak qaytaruvchi bruslar, chetki 
tasmalar va boshqalar bilan jihozlashni talab qiladi. 
Chetki tasmalar qatnov qismi qirg‟og‟ini ko„rsatadi va chetki harakat 
tasmasini biroz kengaytiradi. Chetki tasma yo„l qoplamasi qirg‟og‟ini 
mustaxkamlashi zarur, hamda undan rangi bilan farqlanishi va yo„l qoplamasidan 
yo„l yoqasiga o„tishga xizmat qilishi lozim. Chetki tasma kengligi 0,5 - 0,75 m ni 
tashkil qiladi. Avtomobilning tasodifiy ravishda namlangan tuproqli yo„l yoqasiga 


21
chiqib ketishi yo„l - transport hodisasiga olib keladi. Bundan qochish uchun yo„l 
yoqasini mustaxkamlash zarur. 
Yo„l harakati xavfsizligini ta‟minlash maqsadida yo„l belgilari, xavfsizlik 
bordyurlari, to„siqlar, ishora yo„naltiruvchi ustunchalar o„rnatiladi va yo„l 
qoplamasiga yo„l belgi chiziqlari tushiriladi. Avtomobil yo„llarini yoritish alohida 
chora-tadbir hisoblanadi. Yo„lni yoritish yo„l - transport hodisalari sonini keskin 
kamaytiradi. 
Hozirgi sharoitda yuqori harakat miqdori bo„lganda yo„llarni ekspluatatsiya 
qilishni takomillashtirish faqatgina yo„l harakatini boshqarish va izga solish 
tizimini yaratish bilan bo„lishi mumkin. Bugungi axborot texnologiyalari 
rivojlangan bir davrda harakat to„g‟risida ma‟lumot yig‟ish, yo„l tarmog‟ida yoki 
yo„lning ayrim bo„laklarida transport oqimini boshqarish, unga optimal harakat 
rejimini kiritish imkoniyati mavjuddir. 
Yo„llarni, yo„l inshootlarini o„z vaqtida va to„g‟ri ta‟mirlash, saqlash ishlarini 
olib borish, yo„l harakatini boshqarish va izga solishni tashkil qilish uchun yo„l 
sharoitini aniq bilish zarurdir. Buning uchun yo„l tashkilotlari meteorologik, 
ko„chkiga qarshi va boshqa stantsiyalar tashkil qilishi, harakat tezligini va 
miqdorini, yo„l qoplamasi emirilishini, qatnov qismi ravonligini aniqlashi, yo„l 
poyi namlik-issiqlik rejimini baholashi, yaxmalak, tuman va boshqalar haqida 
ogohlantirishi lozim. 
Yo„l rejasidagi doiraviy egri elementlari 
Yo„l rejasi doiraviy egri elementlari quyidagi elementlardan tashkil topgan: 
-
– burilish burchagi; 
-
R – egrilik radiusi; 
-
E – egrilik; 
-
T – tangens; 
-
B – bissektrisa; 
-
D – domer; 
-
EB – egri boshi; 
-
EO – egri oxiri. (3.2-rasm). 


22
3.2-rasm. Doiraviy egri elementlari
Egri elementlarini quyidagi formulalardan aniqlaymiz:

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin