18
2. Avtomobil yo„llarining elementlari.
Avtomobil yo„llari quyidagi asosiy
elementlardan tashkil topadi, ya‟ni:
-
Avtomobil yo„lining rejasi;
-
Avtomobil yo„lining bo„ylama kesimi;
-
Avtomobil yo„lining ko„ndalang kesimi.
Avtomobil yo„lning ko„ndalang kesimi. Yo„l
kesimining kichraytirilgan
mashtabda, vertikal tekislikda yo„l o„qiga perpendikulyar
ravishda tasvirlanishi
yo„lning ko„ndalang kesimi deyiladi (3.1-rasm).
3.1-rasm. Avtomobil yo„lining ko„ndalang kesimi: a – bitta qatnov qismda; b –
ikkita qatnov qismda va ajratuvchi tasma bilan; 1 – ariqcha chetki yon bag‟ri; 2 –
chetki mustaxkamlovchi tasma; 3 – yo„l o„qi; 4 – qatnov qismi qirg‟og‟i; 5 –
ko„tarma qoshi; 6 – ichki yon bag‟r; 7 – yo„l yoqasi; 8 – qatnov qismi; 9 – yo„l
poyi; 10 – qatnov qismi o„qi; 11 – ko„tarma yon bag‟ri;
12 – ajratuvchi tasma.
3. Avtomobil yo„llariga qo„yiladigan talablar.
Avtomobil yo„llari SHNQ
2.05.02-2007 “Avtomobil yo„llari” talablariga asosan avtomobil yo„llari
umumiy
tarmog‟i uchun o„rnatilagan me‟yorlarga ko„ra loyihalanadi.
Har qanday holatlarda ham yo„llarning loyihasida bo„ylama qiyalik 30 ‰ dan
oshmasligi, avtomobil to„xtashiga nisbatan ko„rish masofasi 450
m dan kam
bo„lmasligi, rejadagi egrilik radiusi 3000 m dan kam bo„lmasligi, bo„ylama
kesimdagi qabariq egrilik radiusi 70000 m dan kam bo„lmasligi,
botiq egrilik
radiusi 8000 m dan kam bo„lmasligi kerak. Tog‟li
va adirlik joylar murakkab
uchastkalari uchun hisobiy harakat tezligini va shunga mos ravishda o„rnatilgan
loyihalash me‟yorlaridan kamaytirishga ruxsat etiladi 3.2-jadval.
19
Birinchi toifali avtomobil yo„llarda qatnov qismi oralig‟iga
har xil harakat
yo„nalishlari bo„yicha 5 - 6 m kenglikda ajratuvchi tasma quriladi. Ularni alohida
yo„l poyida loyihalashga ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: