27
4.4-rasm. Doimiy ko„prik
Suzadigan (qalqima) ko„priklari bo„lgan ko„prikli o„tish
joylari ochiq suv
oqimlari orqali yilning ancha ko„p qismi davomida yo„l bo„lib xizmat qiladi, biroq
kuzgi va bahorgi shovush (muz ko„chishi) vaqtlarida va muz yupqa bo„lgan davrda
yo„lda harakat to„xtab qolishi bilan xarakterlanadi. Muz transport vositalarining
yurib o„tishi uchun xavfsiz qalinlikka etganidan keyin muz ustidan o„tish yo„llari
quriladi, ular qish davrida suzadigan ko„priklar o„rnini bosadi. Kema qatnaydigan
daryolarda qalqima ko„priklar vaqti-vaqti bilan ishlamaydi va ko„prik qismlari
kemalarni o„tkazish uchun chiqarib qo„yiladigan yilning issiq davrlarida ham
ishlamaydi. Qalqima ko„priklar sersuv keng daryolarni kesib o„tishda quriladi,
bunda yil bo„yi to„xtovsiz harakatni ta‟minlaydigan doimiy tayanchli ko„priklar
qurish yo„ldagi harakat miqdori bo„yicha hali kerak bo„lmaydi.
Ko„priklar uzunligi bo„yicha uchta guruhga bo„linadi. Odatda, uzunligi 25 m
gacha ko„priklar kichik ko„priklar, 25 dan 100 m gacha bo„lganlari o„rtacha
ko„priklar, 100 m dan uzunlari katta ko„priklar deb ataladi. Uzunligi 100 m dan
kam bo„lgan, biroq prolyotlari 30m dan ortiq bo„lgan ko„priklar ham katta
ko„priklar guruhiga kiradi.
Ko„prikning prolyotlari (tayanch oralari) hamma vaqt bir hil qilib
belgilanmaydi. Kema qatnaydigan daryolarda kemalarning yurishi turg‟un bo„lgan
hollarda prolyotlarning faqat bir qismi kemalarni o„tkazish uchun moslashtiriladi,
qolgan prolyotlar ancha kichik qilib qurilishi mumkin.
Kichik prolyotlarning eng
foydali uzunligi keraklicha iqtisodiy jihatdan asoslab tanlanadi (4.5-rasm).
28
4.5-rasm. Ko„prikni prolyotlarga bo„lish va kema qatnashi uchun prolyotlar
ajratish
Katta ko„priklar va ularga kelish yo„llarini qurish qiymati yuqori va daryo
orqali o„tish joyining (kechuvning) joylashuviga juda ham bog‟liq. Shuning uchun
ancha katta doimiy ochiq suv oqimlarini kesib o„tiladigan joylar butun yo„lning
joydagi o„rnini belgilovchi punktlar bo„lib hisoblanadi. Daryodan o„tish joyining
ancha katta uzunligida yo„lning o„q chizig‟ini belgilash bunda ko„prik qurish va
unga keladigan yo„llarni qurish uchun optimal joyni tanlashga bo„ysindiriladi.
Katta ko„priklarning ishlash sharoiti kichik sun‟iy
inshootlarning ishlash
sharoitiga qaraganda murakkabroq, chunki ular suv oqimi shikastlashidek katta
xavf ostida bo„ladi. Chunonchi, bunga sabab inshootlarning zo„riqib ishlash
davrlarining davomiyligi turlichaligidir: kichik sun‟iy inshootlar suvni o„tkazish
uchun yiliga bori yo„g‟i bir necha soat intensiv ishlaydi; katta ko„priklar haftalab,
ba‟zan oylab uzoq davom etadigan toshqinlar sharoitida ishlaydi. Bundan tashqari,
daryo o„zani qo„zg‟aluvchan va oson yuviladi, katta ko„priklar tagida esa sun‟iy
mustahkamlagichlar qurishning amalda iloji yo„q, shuning uchun daryoni ko„prikli
o„tish joyining inshootlari bilan siqib qo„yish o„zanning albatta yuvilishiga olib
keladi. O„zanda ko„prik tayanchlari o„rnatilgan,
ularning yuvilish xavfi bor, shu
munosabat bilan katta ko„prik ostida oqim tezligining ortishi notabiiy oqim
tezligiga taqqoslaganda ancha cheklab qo„yiladi.
Katta ko„priklarning va kichik sun‟iy inshootlarning o„lchamlarini aniqlashda
bajariladigan gidravlik hisoblashlar ancha ajralib turadi: kichik ko„priklar va
quvurlar uchun asosan yuvilmaydigan o„zanda suv oqimining oqishini hisoblash
bilan cheklaniladi; katta ko„priklar uchun avvalambor o„zan
hisoblashlari
bajariladi, ular suv oqimining harakatini ham, yuviladigan o„zanda ko„prik ostida
daryo tubining pasayishi mumkinligini aniqlash maqsadida cho„kindilar oqimi
harakatini ham hisobga oladi.
Katta ko„priklar uchun bunday taqribiy hisoblashlarga yo„l qo„yilmaydi,
chunki ancha katta xatoliklar beradigan ma‟yorlardan foydalanish qimmat
turadigan inshootlarning shikastlanishiga yoki ularning yanada ko„proq
qimmatlashuviga olib kelishi mumkin. Katta ko„priklarga kelayotgan suv oqimini
hisoblash uchun gidrologik hisoblashlarning maxsus usullaridan foydalaniladi, ular
29
daryolarni uzoq vaqt bevosita kuzatishlar va matematik
statistika usullaridan
foydalanish bilan bog‟liq.
O„rtacha ko„priklarni loyihalashda bevosita kuzatish ma‟lumotlari
mavjudligiga qarab gidrologik hisoblashlarning aytib o„tilgan va boshqa usullari
qo„llanadi (4.6, 47-rasm).