Nazorat savollari: 1. Avtomobil yo„llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o„rnini qanday
baholaysiz?
2. O„zbekiston Respublikasi avtomobil yo„llari tarmog‟ining zamonaviy holati
haqida nimani bilasiz?
3. Zamonaviy avtomagistrallar haqida nima bilasiz?
4. O„zbek milliy avtomagistrallarini barpo etish haqida qanday qaror va
farmoyishlar chiqarilgan?
5. Respublikada olib borilayotgan yo„l siyosati haqida qanday tushunchaga egasiz?
6. “O„zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llarini 2017 -
2021 yillarda va uzoq muddatli kelajakda rivojlantirish dasturi”da qanday vazifalar
belgilangan?
7. Respublika bo„yicha transportda tashilayotgan xalq xo„jaligi yuklarining necha
foizini avtomobil yo„llari hissasiga to„g‟ri keladi?
8. XX - asr boshida O„zbekiston hududida necha ming kilometr ot arava va izvosh
yo„llari mavjud edi?
9. 1931 yilda Samarqanddagi yo„l tajriba uchastkasida qanday sinov o„tkazildi?
3-MA‟RUZA: AVTOMOBIL YO„LINING ELEMENTLARI TO„G„RISIDA TUSHUNCHA Reja: 1.
Avtomobil yo„llarining tasnifi.
2.
Avtomobil yo„llarining elementlari.
3.
Avtomobil yo„llariga qo„yiladigan talablar.
4.
Yo„ldagi hisobiy tezlik.
5.
Avtomobil yo„lini jihozlash elementlari.
Tayanch so„zlari: avtomobil yo„li, yo„llar tasnifi, yo„l tarmog‟i, avtomobil
yo„llariga qo„yilgan talablar, harakat miqdori, hisobiy tezlik, jihozlash, yo„l
elementlari.
1. Avtomobil yo„llarining tasnifi. Avtomobil yo„llari SHNQ 2.05.02-2007
“Avtomobil yo„llari” ga asosan xalq xo„jaligidagi ma‟muriy ahamiyati va
vazifasiga ko„ra hamda texnik toifasiga ko„ra tasnifga ega.
Ma‟muriy ahamiyati ko„ra avtomobil yo„llari quyidagilarga bo„linadi: