14
Avtomobil yo„llari, odatda, bir-biridan ajratish tasmasi bilan ajratilgan ikkita
qatnov qismida quriladi. Har qaysi qatnov qismi bir yo„nalishda
harakatlanish
uchun mo„ljallangan bo„lib, quvib o„tish imkoniyatini ham ko„zda tutadi, shuning
uchun uni kamida ikki qator avtomobillar harakatlanishiga hisoblanadi.
Avtomobil magistrallarida bir sathda kesishadigan harakat oqimlari,
svetoforlar va harakat tezligini cheklovchi belgilar bo„lmaydi. Boshqa yo„llardan
avtomobil magistrallariga faqat tezlanish yoki sekinlashish uchun qo„shimcha
tasmalar bilan jihozlangan maxsus tutashtirish yo„li
orqaligina kirib kelish
mumkin, bular kirib kelayotgan avtomobillarga magistralda harakatlanish tezligiga
mos tezliklarda yurishga va shundan keyingina avtomobillar oqimiga to„sqinliksiz
qo„shilib ketishiga imkon beradi (2.3, 2.4-rasmlar).
Dostları ilə paylaş: