4. “Buyuk ipak yo„li” ning hozirgi o„rni. Bugungi kunda davlatimiz
tomonidan transport yo„laklarini rivojlantirishga katta e‟tibor qaratilmoqda. Bu
borada Evropa xamjamiyatining TASIS dasturi asosida tuzilgan TRASEKA
loyihasini O„zbekistonda qo„llab quvvatlanishi bunga misol bo„ladi. Keyingi
yillarda Buyuk Ipak Yo„lini tiklash, masalasida Respublikamizda bir qator ulkan
ishlar amalga oshirilmoqda. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.04.2009
yildagi PQ-1103 sonli “2009-2014 yillarda O„zbek milliy magistrallarini
rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi qaroriga
muvofiq respublikada milliy magistrallarni barpo qilinishi, E40 Evropa
avtomagistrallari tarmog‟iga ulanadigan avtomobil magistrallarini qurilishi,
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.03.2015 yildagi PQ-2313 sonli “2015-
2019 yillarda muhandislik kommunikasiya va yo„l transport infratuzilmani
rivojlantirish va madernizatsiya qilish dasturi to„g„risida” gi qarorlar bunga misol
bo„ladi.
Quyidagi 3-rasmda respublika hududidagi aloqa yo„llari keltirilgan bo„lib,
bunda Andijon, Farg‟ona, Qo„qon, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy,
Urgench, Nukus, Qo„ng‟irot shaharlarini bog‟lovchi, Samarqand, Qarshi, G‟uzor
va Termiz shaharlarini bog‟lovchi avtomobil yo„llari “Buyuk ipak yo„li”ning
hozirgi o„rnini tashkil qiladi.
9
1.3-rasm. O„zbekiston Respublikasi aloqa yo„llari xaritasi Tranzit harakat yo„nalishlari O„zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi rivojlanish ko„rsatkichlari eng
yuqori bo‟lgan va Buyuk Ipak Yo„lida joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qadimda
ham, xorijiy mamlakatlar savdo karvonlari yurtimiz orqali o„tib, Osiyo va Evropa
mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarini amalga oshirgan. Bugungi kunda ham
xorijiy yuk tashuvchi avtotransportlar Respublikamiz hududidan yuk olib o„tib,
dunyo bozorlariga chiqmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 yanvar 11-
sonli qaroriga asosan quyidagi 13 ta yo„nalishdagi avtomobil yo„llari xorijiy
avtotransport vositalarining tranzit yuklarini Respublika hududidan olib o„tishini
ta‟minlaydi. Bu quyidagi yo„nalishlardir:
-
"Turkmaniston chegarasi-Olot-G‟isht ko„prik-Qozog‟iston chegarasi";
-
"Turkmaniston chegarasi-Olot-Bekobod-Tojikiston chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Olot-Turkmaniston chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi - Xayraton - G‟isht ko„prik - Qozog‟iston chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Bekobod-Tojikiston chegarasi";
-
"Qozog‟iston chegarasi - G‟isht ko„prik-Bekobod-Tojikiston chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Uzun-Tojikiston chegarasi";
-
"Qozog‟iston chegarasi-G‟isht ko„prik-Uzun-Tojikiston chegarasi";
-
"Tojikiston chegarasi-Bekobod-Uzun-Tojikiston chegarasi";
-
"Tojikiston chegarasi - Andarxon posti (Farg‟ona vil.) - Andijon - Qirgiziston
chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi - Xayraton - Samarqand - Tojikiston chegarasi";
10
-
"Turkmaniston chegarasi-Olot-Samarqand-Tojikiston chegarasi";
-
"Turkmaniston chegarasi - Nukus shahri - Buxoro shahri - Turkmaniston
chegarasi".