Iqtisodiy tahlil makon nuqtai nazaridan quyidagi ikki turga bo‟linad:i.
1.Ichki iqtisodiy tahlil. Ichki iqtisodiy tahlil deganda xo‟jalik faoliyatini o‟z
mutaxassis xodimlari tomonidan o‟tkaziladigan tahlil tushuniladi.
2.Tashqi iqtisodiy tahlil. Tashqi iqtisodiy tahlil deganda xo‟jalik faoliyatini tashqi
sub‟yektlarning mutaxassislari tomonidan o‟tkaziladigan tahlil tushuniladi,
Iqtisodiy tahlil ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’rganish bo‟yicha mikroiqtisodiy
va makroiqtisodiy tahlil turlariga bo‟linadi.
Tahlil turlari
Tahlil turlarinig ta‟rifi (mazmuni)
Mikroiqtisodiy tahlil Mikroiqtisodiy tahlil deganda bevosita xo‟jalik
yurituvchi
sub‟yektlar
faoliyatini
o‟rganish
tushuniladi.Fermer, shirkat kabi sub‟yektlar faoliyatini
o‟rganish mikroiqtisodiy tahlil bo‟lib hisoblanadi.
Makroiqtisodiy tahlil Makroiqtisodiy
tahlil
deganda
makroiqtisodiyot
darajasida sodir bo‟lgan va bo‟layotgan ijtimoiy-iqtisodiy
jaranlarni o‟rganish tushuniladi. Mamlakat,viloyat va
tumanlar faoliyatini o‟rganish makroiqtisodiy tahlil tahlil
bo‟lib hisoblanadi.
4.3. Iqtisodiy tahlilni boshqaruv va moliyaviy tahlil turlariga ajratishning zarurligi Iqtisodiy tahlilni
boshqaruv va moliyaviy tahlil turlariga ajratishning zarurligini
quyidagi ikki ob‟yektiv jarayonning paydo bo‟lishi bilan bog‟lash mumkin:
birinchidan, buxgalteriya hisobining jahon andozalari asosida boshqaruv va moliyaviy
hisob turlariga ajratilganligi va,ikkinchidan, hozirgi zamon biznesini samarali yuritish
16
uchun xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarda ichki va tashqi manfaatdor sub‟yektlarni
talablariga to‟liq javob beraoladigan axborotlar tizimining yuzaga kelganligi sabab
bo‟lgan