Moliyaviy holat tahlilining maqsadi nimadan iborat? Tahlilning maqsadi bo’lib, moliyaviy borqarorlik darajasini, to’lovga qodir ahvolini, o’z va qarz mablag’lari bilan ta’minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo’lgan holatini o’rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko’rsatish hisoblanadi . Tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o‟zgarishiga
baho berish;
2.Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o‟zgarishiga baho berish;
3.Balans likvidligi ko‟rsatkichlarini aniqlash va ularning o‟zgarishini tahlil qilish;
4.Korxonaning to‟lovga qodirlik koeffisiyentini aniqlash va uning o‟zgarishiga baho
berish;
5.Moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va ularning o‟zgarishiga baho berish.,
6.Aylanma mablag‟lardan foydalanish samaradorligini o‟rganish va baho berish.,
7.Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‟rganish.
8.Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo‟yicha tavsiyalar, takliflar berish.
11.2.Xojalikning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish usuli Korxona moliyaviy ahvoliga baho berishda quyidagi koeffisentlar ko‟proq ishlatiladi.
1.
Moliyaviy barqarorlik koeffisiyenti
2.
Moliyaviy mustaqillik koeffisiyenti.
3.
To‟lovga qodirlik koeffisiyenti .
4.
O‟z va qarz mablag‟larining o‟zaro nisbati koeffisiyenti .
5.
O‟z aylanma mablag‟lari bilan ta‟minlanish koeffisiyenti .
Biz ushbu bo‟limda o‟quv dasturiga mos holda moliyaviy borqarorlik
koeffisiyentining tahlilini bayon qildik.
Xo‟jalikning moliyaviy barqarorligi mutlaq va nisbiy ko‟rsatkichlar yordamida
ifodalanadi,tahlil etiladi, xulosalar chiqariladi.