68
Auditning o‟tkazilishi Qonunchilik va milliy standart talablari asosida tashkil
qilinadi. Auditni o‟tkazishga asos bo‟lib,xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning yozma
buyurtmasi hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti buyurtmaning predmeti va
obyektlari bilan
tanishib chiqadi va undan keyin o‟zining roziligini «Yozma- majburiyat» shaklida
bayon qiladi. Ushbu hujjatda audit o‟tkazish shartlari, tomonlarning majburiyatlari, uni
o‟tkazish davri va muddati,auditorlik xizmatining qiymatini aniqlash mezonlari kabi
ma‟lumotlar aks ettirilgan bo‟ladi. Buyurtmachi –korxona
hujjatdagi shartlarga rozi
bo‟lgandan keyin uni auditorlik tashkilotiga qaytarib topshiradi. Shundan so‟ng
«Auditorlik shartnomasi» tuziladi.Shartnomada auditni o‟tkazish muddati, audit
predmeti,ob‟yekti,auditda ishtirok etuvchi auditorlar,auditorlik xizmatining
qiymati,shartnoma shartlarining bajarilish tartibi,auditdagi xatar darajasi ko‟rsatiladi.
Shartnoma tasdiqlangandan so‟ng autitorlik tashkiloti «Audit o‟tkazish rejasi» va
«Audit o‟tkazish dasturini» tuzadi.
Dostları ilə paylaş: