O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Auditorlik hisoboti uch qismdan iborat: kirish,asosiy qism va yakuniy qism



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/96
tarix28.08.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#140843
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT

Auditorlik hisoboti uch qismdan iborat: kirish,asosiy qism va yakuniy qism. 
Hisobotning kirish qismida
auditorlik tashkilotining rekvizitlari, auditorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan lisenziyaning raqami va sanasi,auditorlar va 
auditorlik tekshiruvida qatnashgan shaxslar haqidagi ma‟luiotlar, auditorlik tekshiruvini 
o‟tkazish uchun asos ,hamda xo‟jalik faoliyatining umumiy tavsifi ko‟rsatiladi
 
Hisobotning asosiy qismida
audit ob‟yekti,tekshirish muddatlari va tekshiruv 
natijalari ifodalanadi. 
Tekshirish ob‟yektlari hisobotda ma‟lum ketma-ketlikda aks ettiriladi. Audit 
jarayonida aniqlangan noqonuniy operasiyalar,ularning isboti, audit natijalarini
umumlashtirishga asos bo‟lgan hujjatlar bo‟yicha ifodalanadi. Hisobotda qonundan 
cheklanishlar va qonun buzarlikdan kelib chiqqan zararlar, suiste‟mol hollari quyidagi 
tartibda aks ettiriladi: “Mansabdor yoki moddiy javobgar shaxs qanday hujjatni 
buzgan”(Qonunni, Farmonni, Nizomni, buyruqni va h.z.); “Kim qonun – qoidani 
buzgan”(rahbar,bosh buxgalter va b.q.); “Qonun – qoida qachon buzilgan”; “Qonun – 


75 
qoida qanday holda buzilgan”(qonunbuzarlik shakli: yakka holda yoki ko‟pchilik 
bilan); “Noqonuniy operasiyalar qanday aniqlandi”(tekshiruv jarayonida qo‟llanilgan 
audit usullari); 
Auditorlik hisobotining yakuniy qismida
tekshirish natijasida aniqlangan 
kamchiliklarni bartaraf qilish, hisob va hisobotni yaxshilashga , xo‟jalik faoliyati 
samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi Auditor hisobotni tuzishda
huquqiy mazmunga ega bo‟lgan tushunchalar,yani “o‟zlashtirish”,”suiste‟mol”, “talon-
taroj” kabi so‟zlarni ishlatmasligi kerak. Tekshiruv natijalariga bunday mazmunda
boha berish autitorning vakolatiga kirmaydi.Bunday xulosalarni sud organlari 
chiqaradi. 
Auditorlik hisoboti auditor tomonidan tuziladi va auditorlik tashkiloti rahbari 
tomonidan tasdiqlanadi. Undagi axborotlar mahfiy bo‟lib ,uchinchi shaxsga oshkor 
qilinmaydi.Hisobotning har bir beti teshiruv o‟tkazgan auditor tomonidan imzolangan 
bo‟lishi kerak. Hisobotdagi ma‟lumotlar auditorlik xulosasini tayyorlash uchun asos 
bo‟lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin