O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/96
tarix28.08.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#140843
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   96
IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT

Ma’lumotnomalar 
tekshirish jarayonida qonun qoidalarining buzilmaganligi, 
faoliyat yuritish qabul qilingan mezonlarga mos kelganda tuzilishi mumukin. 
Tushuntirish xatlari 
audit jarayonida
 
tekshirilayotgan ob‟yekt bo‟yicha qonun 
qoidalar buzulgan tag‟dirda tuziladi. Masalan, moliyaviy hisobotni tekshirish 
jarayonida hisob siyosati talablari buzulganligi aniqlasa, bu rahbarning noto‟g‟ri 
boshqaruv qarorlarini qabul qilganligi natijasida yuzaga kelgan bo‟lsa,auditor rahbardan 
tushuntirish xati oladi. Bunga u haqlidir. 
Qaydnomalar 
pul mablag‟lari bo‟yicha hisob-kitob operasiyalarini tekshirish 
jarayonida bir biridan farq qiluvchi noqonuniy operasiyalar aniqlangan paytda tuziladi. 
Bildirishnomalar
audit qilinayotgan xo‟jalik bilan iqtisodiy munosabatda bo‟lgan 
korxonalar va bank muassasalariga auditor tomonidan yuboriladigan ma‟lum 
mazmundagi so‟rovnomalardir. Masalan, debitorlik va kreditorlik qarzlarning 
haqqoniyligini,bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‟lariining to‟g‟riligini
bilish maqsadida yozma so‟rovnoma yuboriladi. 
19.2. Auditorlik hisobotining tuzilishi va mazmuni
Auditorlik hisoboti. 
Auditning rasmiylashtirilishi belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. O‟zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‟g‟risida”gi qonunda
auditorlik hisobotiga tarif berilgan. Unda “Auditorlik hisoboti - auditorlik 
tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibdan chetga
chiqishlari, moliyaviy hisobotdagi qoida buzarliklar to‟g‟risidagi mufassal 
ma‟lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‟tkazish natijasida olingan boshqa 
axborotlardan iborat bo‟lgan va xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt rahbariga, mulkdorga, 
qatnashchilari (aksiyadorlar)ning umumiy yig‟ilishiga yo‟llangan hujjat” deb qayd 
qilingan. Hisobotda auditorlik tashkiloti,audit o‟tkazilgan yuridik shaxs, audit 
obyektlari, tekshirish natijalari, tavsiyalar va xulosalar aks ettiriladi 


Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin