Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/57
tarix30.08.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#141030
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
Deflegmatsiya bilan haydash.
Suyuqlik aralashmasining ajratish 
darajasini oshirish uchun distillyatning tarkibi deflegmatsiya yordamida 
boyitiladi. Haydash kubidan chiqayotgan bug‗lar deflegmatorga o‗tadi, u 
yerda bug‗lar qisman kondensatorlanadi. Asosan bug‗ning tarkibidagi 
qiyin uchuvchan komponent kondensastiyalangan va hosil bo‗lgan 
suyuqlik flegma haydash kubiga tushadi. Yengil uchuvchan komponent 
bilan to‗yingan bug‗lar kondensator sovutgichga o‗tadi va o‗xshashlik 
yerda to‗la kondensistiyalanadi. Kondenstatorga o‗z navbatida tegishli 
idishlar yuboriladi. Haydash jarayonining tugashi tubda qolgan suyuqlik 
qaynash harorati bo‗yicha tekshiriladi. Odatda qoldiq suyuqlik ma‘lum 
tarkibga ega bo‗lishi kerak. Tarkibida asosan qiyin uchuvchan komponent 
ushlagan qoldiq suyuqlikni haydash kubining pastki qismida joylashgan 
shtutser orqali tegishli idishga tushiriladi.
Suv bug‘i bilan haydash.
Suv bug‗i bilan ishlaydigan haydash 
qurilmasining sxemasi 8.1-rasmda ko‗rsatilgan. Bu qurilma haydash 
kubining qobig‗iga susaytirilgan bug‗ beriladi. Dastlabki aralashma 
haydash kubiga quyiladi, so‗ngra barbotyor orqali kuchli suv bug‗i 
yuboriladi. 
Aralashmalarning bug‗latishidan hosil bo‗lgan bug‗lar kondensator 
sovitkichga beriladi. Hosil bo‗lgan kondensat ko‗rsatkich orqali 
separatorga tushadi. Separatorning pastki qismidan gidravlik zatvor orqali 
chiqarilib yuboriladi, yuqoridagi qismidan esa suvda erimaydigan yengil 
komponent chiqariladi va maxsus idishga tushadi. Suv bug‗i bilan haydash 
nomuvozanat holatda olib boriladi. Bu jarayonda kuchli suv bug‗i ikki xil 
issiqlik tashuvchi va qaynash harorati pasaytiruvchi agent vazifasini 
bajaradi. Jarayonni davriy yoki uzluksiz usul bilan olib borish mumkin. 
Ayrim sharoitlarda suv bug‗i o‗rniga inert gazlar masalan, azot 
uglerod oksid va boshqalardan foydalaniladi. Inert gazlar qo‗llanilganda 
aralashmaning qaynash haroratini ancha pasaytirish mumkin. Biroq 


36 
haydash kubidan uchib chiqayotgan bug‗ tarkibida inert gazlarning bo‗lishi 
kondensatorni sovitishda issiqlik berish koeffitsiyentining keskin pasayib 
ketishiga olib keladi. Natijada issiqlik almashinish yuzasi kattalashib 
ketadi. Bundan tashqari bug‗ gaz aralashmasining kondensatstiyalanishi 
tuman hosil bo‗lishiga olib keladi. Bunday holda aralashmaning ajralishi 
qiyinlashadi va tayyor mahsulotning bir qismi inert gaz bilan uchib ketadi. 
8.1-rasm. Suv bug‗i bilan haydash qurilmasining sxemasi: 
1-bug‗ gilofli haydash kubi; 2-kondensator-sovutkich; 3-separator. 
Oddiy haydash kubli qurilmada amalaga oshiriladi.Oddiy haydashda 
suyuqlik bug‗latilganda qaynash harorati past bo‗lgan suyuqlik ko‗proq 
bug‗ holatiga o‗tadi, uning suyuqlikdagi konsentratsiyasi kamayib boradi. 
Shunday qilib, jarayon davomida suyuqlikning qaynash harorati oshib 
boradi, hosil bo‗ladigan bug‗ning tarkibidagi past haroratda qaynaydigan 
komponent miqdori kamayib boradi. Shuning uchun turli tarkibdagi 
distillyatni ajratib olish uchun kondensatordan oqib chiqayotgan distelyat 
turli idishda to‗planadi. 
Oddiy haydash komponentlarning qaynash harorati keskin farq 
qilganda va aralashmani to‗la ajratish talab qilinmagan hollarda 
qo‗llaniladi. 
Jarayonni o‗rganish quyidagi qismlardan iborat bo‗lgan qurilmada 
(8.2-rasm) amalga oshiriladi. Dastlabki aralashmaning ma‘lum miqdori 1 –
haydash kubiga 9-truba orqali quyiladi. Aralashmani isitish 2-elektr 
isitkich yordamida amalga oshiriladi. Kubdagi bosim 3-manometr bilan 
o‗lchanadi. 
Aralashma qaynashi natijasida hosil bo‗lgan bug‗ 4-sovutkich 
kondensatorga boradi. Kondensator zmeyevigi orqali o‗tish davomida bug‗ 


37 
suv bilan sovutiladi va hosil bo‗lgan distillyat 5 – idishda to‗planadi. 
Qoldiq 10-jo‗mrak orqali olinadi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin