Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/52
tarix30.08.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#141079
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
Shaxs psixologiyasi UMK

resotsializatsiya
deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi. 
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida 
birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga 
tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, 
har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog‘ va salomat shaxs bo‘lib yetishish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, oila va uning sog‘lom ma’naviy muhiti bolani 
jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda 
faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada axloq-odob normalariga 
bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi. 
Rus sotsiolog olimi 
A.Antonov
ning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik 


121 
yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki, 
oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini 
egallaydi.
12
Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning normativ 
ta’siri ham shunchalik samarali bo‘ladi. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan 
tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, 
bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Uning ahamiyati 
shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, 
kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan 
topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida 
hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bunday farzandga turli bid’atlar, 
bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustaqil fikrli, pok vijdonli inson 
bo‘lib etishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan 
andozasi, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham mustahkam bo‘lishini o‘zbek xalqi 
juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning 
Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida e’zozlanadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir 
ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida 
amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari 
va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor 
munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini 
belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila 
muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador 
bo‘lib qolishi mumkin. Olimlar o‘tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday 
omillarning to‘rt guruhini ajratganlar: 

ota-onalar o‘rtasida murosaning yo‘qligi, oilaviy o‘zaro munosabatlarni 
mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud 
emasligi; 

ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi; 

yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to‘laqonli o‘sishi, 
dars tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning etarli emasligi; 

maktab sharoitining talab darajasida emasligi; 

mahalla hududida oila obro‘sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila 
maqomiga egalik; 

global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, 
Internet tarmog‘i orqali bola ongiga etib kelayotgan turli ma’lumot, ig‘vo, 
uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar 
oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy omillar 
12
Социология семьи: Учебник / Под ред. проф. А.И. Антонова.- М.: ИНФРА-М, 2005 – С. 220 


122 
jumlasidandir. 
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola 
sotsializatsiyasi va ijtimoiy tarbiyasidagi o‘rni nechog‘li sezilarli ekanligini 
isbotlamoqda. 
Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin