Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/52
tarix30.08.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#141079
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Shaxs psixologiyasi UMK

Ishtirokchilik 
belgilari 
Ishtirokchilik 
turlari 
Ishtirokchilik 
shakllari 
3, 6, 9, 12 
2, 5, 8, 11 
1, 4, 7, 10 
 
7-mavzu. Oilaviy sotsializatsiya 
Mavzu rejasi: 
1. 
Oila va tashqi ijtimoiy muhit.
2. 
Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari.
3. 
Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari.
4. 
Oila, maktab, pedagog hamkorligi. 


143 
BLITS-O’YIN METODI 
BLITS-O’YIN metodi tinglovchilarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri 
tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan fani asosida ko’p, xilma-xil 
fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga, shuningdek tez 
va to’g’ri fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. 
Ushbu metodda tinglovchilar o’rganilgan butun mavzu yoki uning ma’lum 
qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari bo’yicha tuzilgan savollarga 
javob (og’zaki, yozma, biror jadval yoki diagramma ko’rinishida) berishlari lozim 
bo’ladi. 
«BLITS–O’YIN» metodini qo’llash qoidalari: 
– o’qituvchi ushbu metod bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida 
tinglovchilarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani baja-rishga aniq vaqt 
berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida 
ularni ogohlantiradi; 
– o’qituvchi hamma tinglovchilarga (alohida-alohida) tarqatma material 
beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi; 
– o’qituvchi tarqatma materialning mazmunini va bajariladigan vazifani 
tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 20 ta harakatning ketma-ketligini 
to’g’ri belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozda alohida ajratilgan bo’limga 
raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi; 
– qo’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi; 
– o’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka 
tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi yoki qaytadan 
tushuntiradi; 
– har bir tinglovchi tarqatma materialdagi «ShF» bo’limiga shu erda 
berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida manti-qiy ketma-ketligini 
raqamlar bilan belgilab chiqadi (ya’ni beril-gan 20 ta harakatdan, uning fikricha 
qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo). Bu 
vazifani bajarish-ga 20 daqiqa vaqt beradi; 
– o’qituvchi tinglovchilardan 4 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil 
etishlarini so’raydi. Ushbu guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki 
raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin; 
– kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o’z qog’ozidagi «ShF» 
bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar
keyin 4 kishida to’rt xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan 
tortishib, bahslashib, bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib
kelishgan holda bir fikrga kelib, ularga tarqatilgan qog’ozdagi «GF» bo’limiga 
raqamlar bilan belgilab chiqadilar; 
– o’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik 


144 
guruhlar va har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 10 
daqiqagacha vaqt beriladi; 
– barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar 
ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya’ni tinglovchilardan ularga 
tarqatilgan qog’ozlardan «TF» bo’limini topishi va unga o’qituvchi tomonidan 
aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so’raydi; 
– o’qituvchi tinglovchilardan «TF» bo’limida berilgan raqamlar bilan 
«ShF» bo’limida belgilangan raqamlarni solishtirishni hamda «TF» bo’limida 
berilgan raqamlarga to’g’ri kelmagan qator-larga «ShX» bo’limiga belgi 
qo’yishni so’raydi; 
– shu tartibda «TF» va «GF» bo’limlari solishtiriladi hamda «TF» 
bo’limida berilgan raqamlarga to’g’ri kelmagan qatorlarga «GX» bo’limiga belgi 
qo’yiladi; 
– o’qituvchi shaxsiy va guruh xatolarining umumiy miqdori (soni) bo’yicha 
tushuncha berib, ularni alohida-alohida sharhlab beradi; 
– tinglovchilarning javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan «TF»ning 11–
14 tasiga to’g’ri kelsa (55–70%) «qoniqarli», 15–18 tasiga to’g’ri kelsa (71–85%) 
«yaxshi», 19–20 tasiga to’g’ri kelsa (90– 100%) «a’lo» deb belgilash mumkin. 
Guruh bahosi ham shu tartibda aniqlanadi.
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi: 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin