Yuqori chastotali konduktometriya
Yuqori chastotali titrlashda qo’llaniladigan
yuqori chastotali
konduktometriyada (ostsillometriyada) yuqori chastotali elektr toki
(megagerslarda) ishlatiladi. Yuqori chastotali
titrlashda yacheykadagi
elektrodlar analiz qilinadigan eritma bilan tutashmaydi. Bunday
yacheykalarning ikki turi mavjud: sig’imli va induktivli. Sig’imli
yacheykalardan foydalanishda (bundan keng foydalaniladi)
eritma
solingan yacheyka kondensatorning ikki metall qoplamasi orasiga
joylashtiriladi. Titrlash jarayonida qator chastotasining o’zgarishi
o’lchanadi. Induktiv yacheyka elektromagnit g’altagi (katushkasi) ichiga
joylashtiriladi. Titrlashda induktivlik qiymatining o’zgarishi kuzatiladi.
Sig’imli yacheykalar nisbatan past elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan
eritmalar
bilan ishlashda, induktiv yacheykalar esa yuqori elektr
o’tkazuvchanligiga ega bo’lgan eritmalardagi o’lchovlari
amalga
oshirishda qo’llaniladi.
Yuqori chastotali titrlash suvli va suvsiz eritmalarda (sirka kislota,
dimetilformamid, atseton – suv, dioksid – suv va hokazo) o’tkaziladi.
Muzlatilgan sirka kislotada nitrat kislota ishtirokida xlorid kislotani,
hamda alkoaloidlar, antibiotiklar va boshqa dorivor moddalarni aniqlash
mumkin.
Yuqori chastotali konduktometriyaning
yutuqlariga juda past va
juda yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan eritmalarni analiz qilish
imkoniyatini kiritish mumkin. Elektrodlar eritmadan tashqari bo’lgani
uchun ularning qutblanishi ro’y bermaydi. Usuldan juda agressiv (zaharli
va badbo’y hidli) muhitlarda hamda yoniq tizimli sharoitlardagi (masalan,
trubalar, ma’lum chuqurliklarda) analizlar jarayonlarda foydalanish
qulay. Odatdagi konduktometriyaga taqqoslanganda yuqori chastotali
konduktometriyaning asosiy kamchiligi jihozlar va asbob – uskunalarning
narxi qiymatligidadir.