Izox:
Bu metod talabalarni fikrlash faoliyatini jaddalashtirish hamda kengaytirish
uchun xizmat qilishi
mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish,
umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma
shaklida ifodalashga undaydi.
Himoya
taktikasi
[53]
1.8. Voleybol o‟yinida himoya texnikasi va taktikasi
Himoya bu hujum harakatlariga qarshi harakat qilishdir. Himoya usullaridan
foydalanib hujum harakatlari bartaraf etiladi.
To„pni qabul qilish
To‗p o‗yinga kiritilganda, hujum zarbasidan so‗ng va to‗siqdan qaytganda
amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon voleybolida to‗pni qabul qilishning quyidagi usullari va
variantlari mavjud: pastdan ikki qo‗llab (juda kam hollarda bir qo‗l bilan); yuqoridan
ikki qo‗llab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qo‗llab pastdan; oldinga ko‗krak-
qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo‗llab pastdan.
O‗yinga kiritilgan to‗pni sifatli qabul qilish hujum harakatlarining qanchalik
samarali bo‗lishini belgilaydi. O‗yinga kiritilgan to‗pni qabul qilishning eng ko‗p
tarqalgan va samarali shakli bu to‗pni ikki qo‗llab pastdan qabul qilishdir. 15-rasmda
ikki qo‗llab pastdan to‗p qabul qilayotgan o‗yinchining holati tasvirlangan.Oyoqlar
bukilgan, bir oyoq oldinda, qo‗l kaftlari birlashtirilgan holda pastga tushirilgan.
To‗pni qabul qilish vaqtida tirsaklarni bukish mumkin emas. Qo‗llar bilan oldinga-
yuqoriga harakat qilinadi. To‗pga nisbatan kuchli qarama-qarshi harakat qilish kerak
emas. Bunda qo‗llar to‗p tomon yaqinlashtirilib, uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni
bukib-yozish bilan to‗pga kerakli yo‗nalish beriladi. To‗pni pastdan qabul qilishda
eng asosiysi to‗pning yo‗nalishi, tezligini to‗g‗ri baholay olish va bog‗lovchi
o‗yinchini kuzatish hisoblanadi. O‗yinchi zarur joyni egallay olmagan bo‗lsa-yu, to‗p
o‗ng tomonga yo‗nalayotgan bo‗lsa, to‗pni qabul qiluvchi qo‗llarni to‗g‗ri oldinga
chiqaradi va o‗ng qo‗lni yuqoriga chiqarib buradi, chap tomonga yo‗nalayotgan
bo‗lsa, chap qo‗l yuqoriga chiqariladi.
To‗pni pastdan ikki qo‗llab qabul qilish hujum zarbasini qabul qilishda ham
asosiy usul hisoblanadi. O‗yinga kiritilgan to‗p yoki hujum zarbasining sifatsiz qabul
[54]
qilinishi (past trayektoriyada uzatish, bog‗lovchi o‗yinchiga yetkazib bermaslik)
bog‗lovchi o‗yinchi tomonidan hujum uchun beriladigan to‗p uzatishni samarasiz
bo‗lishiga olib keladi. Shuning uchun mashg‗ulotlar vaqtida turli tezlikda, yo‗nalishda
va kuchlanishda kelayotgan to‗plarni pastdan ikki qo‗llab qabul qilishga katta e‘tibor
berish zarur.
21-rasm
To‗pni bir qo‗llab qabul qilish tayanch holatda va yiqilib amalga oshiriladi.
Tayanch holatda bajariladigan usul o‗yinchining yoniga tezlik bilan tushayotgan
to‗pni qabul qilishda foydalaniladi. To‗pni qabul qilish yopiq holdagi kaft yuzasi bilan
bajariladi.
Orqaga yoki yon tomonga yiqilib, bir qo‗l bilan to‗pni qabul qilish ko‗p
hollarda ayollar voleyboliga xosdir. Harakat so‗nggida yon tomonga katta qadam
tashlanib, qo‗l to‗p tomon to‗g‗ri uzatiladi. Bunda MOK (markaziy og‗irlik kuchi)
keskin pasayadi.
To‗pga zarba berilgandan so‗ng, o‗yinchi tayanch oyoqning uchida yiqilish
tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o‗tiradi va do‗mbaloq oshadi .
[55]
Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning orqa o‗rta qismi
bilan emas, balki bir oz yonbosh bilan do‗mbaloq oshiladi, daxan ko‗krak qismiga
tekkizib olinadi.
22-rasm
Ko‗krak-qorin qismi bilan sirg‗alib yiqilgan holda bir qo‗l bilan to‗pni qabul qilish
usuli erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. O‗yinchi oxirgi qadamda keskin
harakat bilan gavdani pastga-oldinga 25˚-30˚ burchak ostida maydonchaga tashlaydi.
Tayanchsiz holda kaftning orqa yoki oldi tomoni bilan to‗pga zarba berib, qo‗llarini
oldinga cho‗zadi va qo‗llari maydonchaga tegishi bilan oyoqlarini tizza qismida
bukadi, qo‗llar esa orqaga-yonga itarilishi bilan gavdaning gorizontal holatga
kelishiga yordam beradi. Bosh o‗z vaqtida maksimal orqaga tashlanadi.
23-rasm
[56]
Muayyan va aniq vaziyatlarda to‘pni uchish tezligi, yo‘nalishi va balandligiga
qarab to‘pni qabul qilish uchun maqsadli harakatlanish hamda o‘z vaqtida joy
tanlash (to‘pga chiqish) hal qiluvchi omil bo‘lib, foydali natija kafolatidir. Har bir
aniq o‘yin vaziyatida to‘p tezligi, balandligi va yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa
talablariga mos bo‘lmog‘i kerak.
To‘pni qabul qilish - himoya harakatlarining maqsadli - raqib hujumini bartaraf
etishga qaratiladi. Asosiysi - to‘pni maydon ga tushirmaslik va xatoga yo‘l
qo‘ymaslikdir. Bu jarayonda jamoa quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
-
raqibga to‘p kiritishdan ochko bermaslik;
-
raqib tomonidan samarali hujum tashkil qilinishiga xalaqit berish;
-
o‘z maydoniga to‘p tushishiga yo‘l qo‘ymaslik va qarshi hujumni samarali
tashkil qilish;
-
to‘siq qo‘yishda, qo‘riqlashda va himoyada doimo faol harakatlanish evaziga
raqib hujumini bartaraf etish;
Jamoaning himoya harakatlarini maqsadli tashkil qilish andozasi oldindan o‘z
o‘yinchilari imkoniyatlari va raqibning o‘yin taktikasiga qarab ishlab chiqilishi
hamda mukammal mashqlantirilishi darkor.
Himoyada o‘ynash hujumda o‘yin kabi individual, guruh va jamoa
harakatlaridan tarkib topadi.
To‘p qabul qilishda o‘yinchinnng to‘psiz harakati.
To‘p qabul qilish uchun joy
tanlash birinchi navbatda maydon joylashish andozasini e‘tiborga olish bilan
bog‘likdir. To‘p qabul qiluvchi o‘yinchi o‘z jamoadoshlariga xalaqit bermagan
holda to‘pni uchish tezligi, yo‘nalishi va balandligiga qarab qulay nuqtani
egallashi darkor. Masalan, raqib to‘pni to‘rdan 3-5 m oldinga kiritdi; 5-chi zona
o‘yinchisi bu joydan taxminan 5 m uzoqlikda joylashgan: demak bu o‘yinchi
oldinroqqa tezkor harakatlanishi lozim; agar to‘p orqa chiziq atrofiga
kiritiladigan bo‘lsa, demak u orqaroqqa harakatlanishi kerak (7-8m).
[57]
Dostları ilə paylaş: |