O„yin texnikasi
Hujumda
Himoyada
To‗p
uzatish
Hujum
zarbasi
To‗pni
o‗yinga
kiritish
To‗pni
qabul
qilish
To‗siq
qo‗yish
Tayanch
hol
at
d
an
Sakr
ab
yuqo
ri
d
an
To‗g‗
ri
dan
Y
o‗
nal
ish
ni
o
‗zg
ar
ti
ri
b
A
ldam
chi
Yuqor
idan to‗
g‗
rid
an
Y
uqor
id
an yo
ndan
Sak
rab
yuq
o
ri
d
an
Tayanch
hol
at
d
an
p
as
tdan
Tayanch
hol
at
d
an
Y
iqi
li
b p
as
tdan
yakka
t
ar
ti
bda
G
ur
uhl
i
[61]
a
b
26-rasm
Yuqorida sanab o‗tilgan omillar va o‗yin vaziyatidan kelib chiqib, maqbul
bo‗lgan himoya taktikalaridan birini qo‗llashi kerak bo‗ladi. Quyida ushbu taktik
usullarni va uning variantlarini ko‗rib chiqamiz.
O‗yinga kiritilgan to‗pni qabul qilishda o‗yinchilarning maydon bo‗yicha
joylashuvi asosan ikki variantda bo‗ladi: chiziqli va pog‗onalar bo‗yicha. Chiziqli
variantdan barcha o‗yinchilar to‗pni qabul qilish malakasiga ega bo‗lganda va
hujumda murakkab bo‗lmagan kombinatsiyalarni uyushtirish rejalashtirilganda
foydalaniladi.
a
b
27-rasm
[62]
Bu variantda o‗yinchilar maydon bo‗ylab bir tekisda joylashadilar.
Bunda raqibning to‗p uzatishidagi quyidagi taktik xususiyatlarni hisobga olish
zarur:
a) maydonda joy tanlash (to‗rdan qancha masofada joylashish);
b) raqib tomonidan o‗yinga kiritilgan to‗pning turli kuchlanishdagi
navbatlashuv ehtimoliga;
v) o‗yinchilar orasiga berish ehtimoliga;
g) to‗r yoniga chiqayotgan bog‗lovchiga to‗p yo‗llash ehtimoli.
Zamonaviy voleybolda ko‗p hollarda o‗yinchilarning pog‗ona bo‗ylab
joylashuvi kuzatiladi. Bunda o‗yinga kiritilgan to‗pning malakali voleybolchilar
tomonidan qabul qilinishiga va hujum harakatlarining samarali tashkil etilishiga
imkon yaratiladi.
Agarda 3-zonadagi o‗yinchi to‗pni yaxshi qabul qilish, 4-zonadagi o‗yinchi
esa yaxshi hujum qilish mahoratiga ega bo‗lmasa, rasmda keltirilgan joylashuvdan
foydalanishi mumkin. 3-zonadagi o‗yinchi to‗pni yaxshi qabul qila oladigan
bo‗lsa, u maydonchaning orqarog‗iga surilib turadi (6-zonadagi o‗yinchidan o‗tib
ketishi mumkin emas).
Bog‗lovchi o‗yinchining 5-zonadan chiqish vaqtidagi jamoa joylashuvi 18
v-rasmda keltirilgan. Bu joylashuv birmuncha qiyin bo‗lishiga qaramasdan, tez-tez
uchrab turadi. Bunda jamoaning 5+1 tizimidan foydalanishi ayniqsa qo‗l keladi.
Hujum zarbalarini qabul qilishda himoyani uyushtirishning asosan uchta
varianti mavjud: chiziq bo‗ylab – bunda oldingi qator o‗yinchilaridan biri to‗siq
qo‗yuvchi o‗yinchilarni himoya qiladi; oldingi pog‗onali – bunda to‗siq
qo‗yuvchilarni 6-zonadagi o‗yinchi himoya qiladi; orqa pog‗onali – bunda to‗siq
qo‗yuvchilarni 1 yoki 5-zonadagi o‗yinchilar himoya qiladi. Bu tizimlar to‗siq
qo‗yish va hujum zarbalarining xususiyatlariga qarab tanlanadi. Himoya
harakatlarini tashkil qilishda raqibning hujumdagi harakatlari asos qilib olinadi.
Birinchi variantdan o‗yinchilarning birgalikdagi harakatini o‗zgartirishda, ikkinchi
variantdan raqib jamoasi to‗siq ustidan aldamchi harakatlarni tez-tez qo‗llaganda,
uchinchi variantdan raqib tomonidan kuchli hujum zarbalari berilganda
[63]
foydalaniladi. Hujum qiluvchi o‗yinchining himoyasini tashkil qilish eng
murakkab o‗yin vaziyatlaridan biri hisoblanadi. Bu to‗pning uchish tezligi,
yo‗nalishi va to‗siqdan qaytgan to‗p yo‗nalishini aniqlashning qiyinligi bilan
izohlanadi.
Har bir o‗yinchining harakat qilishi tanlangan himoya tizimiga bog‗liq.
Hujumchi yoki to‗siq qo‗yuvchini himoyalash quyidagicha bo‗lishi mumkin:
bog‗lovchi o‗yinchi (agarda u hujum qilayotgan o‗yinchiga yaqin bo‗lsa)
tomonidan, himoyachilar (6- yoki 5-, 1-zonadagilar) tomonidan va hujum
harakatlarida ishtirok etmayotgan eng yaqin turgan hujumchi tomonidan . Himoya
qilishda eng samarali joylashuvlardan biri 27 b-rasmda keltirilgan.
Guruhli taktik harakatlarga bir necha o‗yinchilarning ayrim o‗yin
vaziyatlarida birgalikda qilgan harakatlari kiradi. Bu vaziyatlarga to‗pni qabul
qilish, hujum zarbalarini qabul qilish, to‗siq qo‗yish, hujum zarbasini beruvchi va
to‗siq qo‗yuvchi o‗yinchilarni himoyalash kiradi.
Guruhli taktik harakatlarga asosan guruhli to‗siq qo‗yish (ko‗p hollarda
ikkitalik) kiradi. Uch kishilik to‗siqdan nisbatan kam foydalaniladi. To‗siq
qo‗yuvchilar o‗rta va chekka to‗siq qo‗yuvchilarga ajratiladi. Ikki kishilik to‗siq
qo‗yilganda, asosiy rolni hujum yo‗nalishini to‗suvchi o‗yinchi egallaydi. Masalan,
raqibning hujumi diagonal bo‗yicha bo‗lsa, unda to‗rning o‗rtasida kuchli to‗siq
qo‗yuvchi o‗yinchi bo‗lishi kerak. Uchtalik to‗siqda (ko‗p hollarda to‗r o‗rtasida
qo‗yiladi) o‗rtada turgan o‗yinchiga chekka o‗yinchilar yondashib keladi. Guruhli
to‗siqdagi natija to‗siqda ishtirok etgan o‗yinchilarning o‗zaro kelishib qilgan
harakatlariga bog‗liq. Ikki kishilik to‗siq qo‗yishda eng muhim omillar
quyidagilar:
a) yuqori to‗p uzatishdan so‗ng to‗g‗ri yo‗nalish bo‗yicha hujum
uyushtirilganda, to‗siq qo‗yuvchilarning qo‗llari bir-biriga tegib turishi kerak;
b) 4-zonadan chapga tomon hujum qilinganda, o‗rta o‗yinchi to‗pdan
chaproqqa joylashib, qo‗llarini to‗rga nisbatan burchak qilib turadi, chekka to‗siq
qo‗yuvchi to‗p qarshisiga turadi va qo‗llarini o‗rtada turgan o‗yinchining qo‗liga
yaqinlashtiradi.
[64]
O‗yinga kiritilgan to‗pni qabul qilishda ham guruhli harakatlarga e‘tibor
qaratish lozim. Bunda asosan to‗rtta vazifa hal etiladi:
a) to‗pni qabul qiluvchi o‗yinchini himoyalash;
b) to‗pni qabul qilish malakasi sustroq bo‗lgan o‗yinchini himoyalash;
v) ayrim o‗yinchilarni to‗pni qabul qilishdan chetlashtirilgandan so‗ng
o‗zaro harakat qilish;
g) to‗pga chiquvchi o‗yinchi bilan o‗zaro kelishib harakat qilish.
Yakka taktik harakatlar himoyada yakka tartibdagi taktik harakatlarga:
o‗yinga kiritilgan to‗pni, hujum zarbasini, to‗siqdan qaytgan to‗pni qabul qilish,
to‗siq qo‗yish, to‗siq qo‗yishdan so‗ng o‗z-o‗zini himoyalash kiradi. O‗yinga
kiritilgan to‗pni qabul qilishda o‗yinchi o‗z zonasini (radius bo‗yicha) va to‗p
kiritish xususiyatini anglagan holda joy tanlaydi. Raqibning o‗yinga qanday usulda
to‗p kiritishini uning to‗p urishdagi harakati (amplitudasi) bo‗yicha aniqlash
mumkin. Har qanday holatda ham o‗yinchi o‗z zonasidan orqaroqda joylashgani
ma‘qulroq bo‗ladi, chunki to‗p qabul qilish uchun oldinga harakat qilish orqaga
harakat qilishdan ancha yengildir.
Hujum zarbalarini qabul qilishda joy zarba yo‗nalishi, uzatilgan to‗pning
trayektoriyasi va yo‗nalishi, uning to‗rdan uzoq-yaqinligi, hujum qilayotgan
o‗yinchining individual xususiyatlari va jamoa qabul qilgan o‗yin tizimiga ko‗ra
tanlanadi.
Himoyada o‗ynaganda, quyida keltirilgan ma‘lumotlarga tayanish ayniqsa
qo‗l keladi:
a) to‗p to‗rdan uzoqroq uzatilgan bo‗lsa, demak hujum zarbasining orqaroq
zonalarga berilishi kutiladi;
b) to‗p pastlatib berilgan bo‗lsa va hujumchi tezligini oshirib yugurib kelsa,
zarba egri yoki aldab tashlash bilan bajariladi;
v) hujum past bo‗yli to‗siq qo‗yuvchi tomon uyushtirilgan bo‗lsa, zarba
orqa zonalarga beriladi yoki to‗p to‗siqqa tegib qaytadi.
Hujumchini himoyalashda unga nisbatan bo‗lgan masofani, raqib
tomonidan qo‗yilgan to‗siq xususiyatini, zarba uchun uzatilgan to‗pning holatini
[65]
bilish zarur. Agar to‗p to‗rga yaqin berilib, zarbaga to‗siq qo‗yilgan bo‗lsa, to‗p
ko‗pchilik hollarda vertikal ravishda qaytadi.
Shuning uchun hujum qilayotgan o‗yinchiga yaqin turgan himoyalovchi
unga nisbatan 1 m atrofida past turish holatini egallaydi va to‗pni pastdan qabul
qiladi. Pastlab berilgan va to‗rdan uzoqlashgan to‗pga zarba berilganda, uning
to‗siqdan (yoki to‗rdan) sapchib orqa zonalarga tushish ehtimoli yuqori bo‗ladi.
To‗siq qo‗yishda joyning to‗g‗ri tanlanishi va to‗siqning o‗z vaqtida
qo‗yilishi juda ahamiyatlidir. Zonali (harakatsiz) to‗siq qo‗yishda o‗yinchi
faqatgina yo‗nalish yo‗lini berkitadi. Harakatli to‗siq qo‗yilganda, zarba
yo‗nalishini berkitadi. To‗siq qo‗yuvchining sakrash vaqti ko‗p hollarda zarba
uchun uzatilgan to‗p holati bilan aniqlanadi. Yuqori va o‗rtacha balandlikda
uzatilgan to‗plarga to‗siq qo‗yuvchi hujumchidan so‗ng sakraydi. Past va tezkor
uzatilgan to‗plarga hujumchi bilan barobar sakraydi. Hujumchi havoda uchib zarba
beradigan to‗plarga hujumchidan oldinroq sakraydi. To‗siq qo‗yganda, qo‗llar to‗r
ustidan oxirgi vaziyatda o‗tkaziladi. Qo‗llar va, ayniqsa, kaftlarning qanday
qo‗yilishi zarba yo‗nalishiga bog‗liqdir.
Dostları ilə paylaş: |