Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


Texnika bo„yicha mashqlar



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Texnika bo„yicha mashqlar 
1. To‗p kiritish chizig‗idan to‗pni o‗yinga kiritish. 
2. To‗pni uchish yo‗nalishini o‗zgartirib o‗yinga kiritish. 
3. To‗pning trayektoriyasini o‗zgartirib. 


[75] 
4. Uzaytirilgan va qisqartirilgan oraliqlar bo‗yicha. 
5. Murabbiyning topshirig‗i bo‗yicha belgilangan zonalarga to‗p kiritish. 
6. Turli usullarni navbatlashtirib to‗p kiritish. 
7. O‗yinning boshqa texnik usullarini (to‗siq, to‗p uzatish va hokazo) 
bajargandan so‗ng. Turli variantlarda qo‗llash. 
8. To‗p kiritish bo‗yicha turli variantlarda musobaqa o‗tkazish. 
2.5.Hujum zarbalarini berishni o„rgatish
Umumrivojlantiruvchi mashqlar 
Hujum zarbalarini berish shug‗ullanuvchilardan atletik tayyorgarlikni
kuch, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarining yaxshi rivojlanganligini 
talab 
etadi. 
Asosiy 
mashqlar 
tarkibiga 
tayanch-harakat 
apparatini 
mustahkamlovchi, avvalo to‗piq, tizza, yelka, oyoq va qo‗l panjalari, barmoq 
bo‗g‗inlarini va mushaklarning qisqarish tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar 
kiritiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar predmetsiz yoki predmetlar (to‗ldirma 
to‗p, gantellar, cho‗ziluvchan elastik predmetlar va hokazo) bilan bajariladi. 
 
Tayyorlov mashqlari 
Hujum zarbasini berishga o‗rgatishda ikkita katta vazifa hal etiladi: 
1. Tayanch-harakat apparatini mustahkamlash, qo‗l va oyoqning dinamik 
kuchini rivojlantirish. 
2. Harakatlanuvchi obyektga (to‗pga) tayanchsiz holatda javob reaksiyasini 
berish uchun zarur darajadagi koordinatsion harakatlarni bajara olish. 
Ushbu vazifalarni yechishda quyidagilardan foydalaniladi: 
1. Yuqoriga ilib qo‗yilgan predmetni bir-ikki qadamdan yugurib kelib, ikki 
oyoqda depsinib, bir qo‗llab olish. 
2. Gimnastika o‗rindig‗i ustidan «ilon izi» bo‗lib sakrash. Diqqat 
qo‗llarning orqaga-oldinga-yuqoriga harakatlanishiga qaratiladi. 


[76] 
3. 40–50 sm balandlikdan pastga sakrashlar. 
4. Sakrovchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar: cho‗qqayib o‗tirgan holatdan 
sakrash; ikki oyoqda depsinib uzunlikka ko‗p marotaba sakrashlar; og‗irliklar bilan 
(gantel, to‗ldirma to‗p va boshqalar) yuqoriga sakrashlar; shtanga bilan o‗tirib-
turishlar (vaznning 70% og‗irligida). 
5. Ikki oyoqda depsinib sakragan holatdan to‗ldirma to‗pni bosh orqasidan 
irg‗itish. Xuddi shunday, faqat to‗r ustidan. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin