Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Tayyorlov
mashqlari
Mashqlarning asosiy vazifasi sakrovchanlik va tayanchsiz holatda harakat 
uyg‗unligini rivojlantirishdan iborat. 
1. Ikki oyoq bilan depsinib, ilib qo‗yilgan predmetga qo‗l tekkizish. 
Sakrash ko‗p marotaba qaytariladi. 
2. Ko‗rish va tovush signallariga muvofiq yon tomonga harakatlanib, 
yuqoridagi mashqni bajarish. 
3. «Kim tezroq» harakatli o‗yini. 
4. To‗r ustida va undan uzoqroqqa ilib qo‗yilgan to‗plarga qo‗l tekkizish 
(to‗r ustidan qo‗llarni o‗tkazish maqsadida). 
Yaqinlashtiruvchi mashqlar 
1. Turgan joydan va yon tomonlarga harakatlanib to‗siq qo‗yishni 
imitatsiya qilish. Harakatlanishda oxirgi qadam bir vaqtning o‗zida sakrash qadami 
bo‗lishiga e‘tibor berish. 
2. To‗r ustiga ilib qo‗yilgan to‗plarga to‗siq qo‗yish. 


[78] 
3. Maxsus tumba ustida turgan holatda sherigi tashlab bergan (to‗r ustiga) 
to‗plarga to‗siq qo‗yish. Qo‗llar panjasi, kafti, barmoqlar harakatiga diqqat 
qaratiladi. 
4. Hujum zarbalariga to‗siq qo‗yish. Dastlab belgilangan yo‗nalish 
bo‗yicha. O‗zlashtirish darajasiga qarab mashq boshqa variantlarda ham 
qo‗llaniladi. 
Texnika bo„yicha mashqlar 
1. O‗zi tashlab bergan to‗plarga berilgan hujum zarbalariga to‗siq qo‗yish. 
2. 4,3,2-zonalardan berilgan hujum zarbalariga to‗siq qo‗yish. 
3. Harakatlanishdan so‗ng to‗siq qo‗yish. Dastlab zarba kutilayotgan 
joydan 1 m, so‗ngra 2–3 m narida turiladi. 
4. To‗siq qo‗yish musobaqalari. 
Hujum zarbalarini berish iloji boricha to‗siq qo‗yish bilan amalga 
oshirilishi zarur.
 
2.7. Voleybol maydonida foydalaniladigan jihozlar va anjomlar 
Boshqa sport turlari kabi voleybolda ham o‘ziga xos sport jihozlari va anjomlar 
mavjud: to‘p, to‘r, maydon, antenna, hakam mezanasi va ustunlar shular jumlasiga 
kiradi.
O„yin maydoni. 
O‗yin maydoni 18 x 9 m lik to‗g‗ri to‗rtburchak shaklida bo‗ladi. O‗yin 
maydonining yuzasi tekis, gorizontal va bir xil bo‗lishi hamda o‗yinchilar uchun 
hech qanday jarohat olish xavfini tug‗dirmasligi lozim. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin