Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


Maxsus tashkil etilgan soddalashtirilgan uslublarni o‟rganish



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Maxsus tashkil etilgan soddalashtirilgan uslublarni o‟rganish.
Bunda harakat tuzishini to‘g‘ri egallash vazifasi qo‘yiladi. Bu usul 
soddalashtirilgan sharoitda bajariladi (basketbolda o‘qituvchi tomonidan to‘pni 
tashlagandan keyin to‘pni uzatish va ilib olish, voleybolda to‘pni uzatish holati 
uchun o‘qituvchiga qulay bo‘lgan to‘pni ustidan oshirgandan keyin uzatishni 
bajarish va boshqa). Eng ko‘p murakkab o‘yin usullari bo‘lib o‘rgatiladi 
(qismlarga bo‘lib). Masalan, voleybolda hujumkor zarba berishni dastlab sakrash 
bilan o‘rgatiladi, so‘ngra sakrashni eng yuqori nuqtasida o‘quvchi tomonidan 
oshirilgan to‘pni ilib olishni sakrash bilan birga qo‘shib bajariladi. Faqat shundan 
keyingina mashqni to‘liq bajariladi. Shunday qilib har bir o‘yinda oddiylikdan 
murakkablik tamoyili asosida rioya qilagan holda, o‘yin usullarini ketma-ket 
o‘rganish usuli ishlab chiqiladi. Mashg‘ulotni ko‘proq qulay dastlabki holatdan
masofani qisqartirish, uzatish kuchini, siljishni tezligini va boshqa oshirish yo‘li 
bilan bajarish shartini soddalashtiradi.
Mashqlarni bajarishda xatosini aniqlash va to‘g‘rilash kerak. Dastlab 
texnikasini bajarishda asosiy (qo‘pol) xatolarni keyin esa ikkinchi darajalilari 
(mayda) to‘g‘rilanadi. Xatoni to‘g‘rilash uchun takroriy ko‘rsatuv, tushuntirish, 
usuli texnikasini bilish sekin asta bajarish qo‘llaniladi va x.k.
 
 
Murakkablashgan sharoitda usulni o‟rgatish
O‘qituvchi ushbu bosqichda o‘yin vaziyati to‘satdan o‘zgarganda usulni
bajarilishi uchun aniq holat yuzaga kelganda keng foydalanishga erishadi. Buning 
uchun o‘yin mashqlaridan o‘quv o‘yinida usulni bajarishda ma‘lum 
ko‘rsatmalardan foydalaniladi. O‘yinda usulni takomillashtirishga ijodiy 
tashabbuskorlik qarorini tezda qabul qilish uchun sharoit yaratiladi.
O‟rgatish va mashg`ulotning asosiy vositalari


[94] 
O‘rgatish va mashg`ulotning asosiy vositalari mashqlari hisoblanib u asosiy 
va yordamchilarga bo‘linadi. Yordamchi mashqlar sport o‘yinlariga o‘rgatishda 
barchasi umumiy rivojlantiruvchi va maxsus bo‘ladi, shuningdek boshqa sport 
turlarida foydalaniladigan mashqlardir. Asosiysi – bu o‘yin texnikasini va taktikasi 
bo‘yicha beriladigan mashq. Ular alohida xuddi o‘yin usulida yoki turli-tuman 
o‘yinga yaqin bo‘lgan sharoitda qo‘shilishlar bilan bajariladi.

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin