Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar 
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar o‘yin texnikasini muvaffaqiyatli egallash 
uchun zarur bo‘ladi, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi, har 
tomonlama jismoniy tayyorgarlik vazifasini hal etadi. Umumiy rivojlantiruvchiga 
harakat malakalarini takomillashtirishga yordam beradigan barcha gimnastika
yengil atletika , akrobatika mashqlarini kiritish mumkin. 
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar alohida mushak guruhlarini rivojlantirish 
ayniqsa belgilari bo‘yicha ular tanlab yoki ajratib ta‘sir etishi mumkin: qo‘l va 
yelka mushaklari uchun, tana va bo‘yin mushaklari uchun old va tos mushaklari 
uchun. 
Tayyorgarlik mashqlari 
Tayyorgarlik mashqlari o‘yinda zarur bo‘lgan, jismoniy qobiliyatlarni 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘yin usullarini bajarish uchun dastlabki holatni 
qabul qilish va tezda tezlikni olishni bilish, qo‘l barmoqlarini egiluvchanligi va 
kuchi, harakat reaksiyasini tezligi va yo‘nalishini sakrovchilikni aniqlash. 
Tayyorgarlik mashqlari buyumsiz va buyum bilan bo‘lishi mumkin (to‘ldirma 
to‘plar, gantellar, argamchilar va boshqalar), shuningdek bo‘yiga to‘siqlar bilan 
o‘ynaladigan har turli estafetalar, maxsus tanlab olingan harakatli o‘yinlarni 
kiritish mumkin. 
Yordamchi mashqlar 


[95] 
Yordamchi harakat-bu texnik usullarni egallab olishga yordam beruvchi 
harakatdir. Bu mashq o‘zida bajaradigan usulni tuzilishi bo‘yicha bajarish 
xarakteriga ko‘ra va tashqi belgilari bo‘yicha o‘xshash harakatni o‘zida ushlaydi. 
Yordamchi mashqlarga quyidagilar kiradi: usulni taqlid qilish, to‘psiz o‘yin usulini 
bajarish, sherigi yordami bilan usulni bajarish (sherigini muhofaza qilishda). 
Asosiy mashqlar 
Asosiy mashqlar texnikani egallash bo‘yicha bu shaxsiy o‘yin usulini to‘liq 
yoki bo‘lib-bo‘lib uslubi bilan o‘rganishdir. Bu mashqlarni bajarishda quyidagi 
ketma-ketlikka rioya qilish zarur: to‘psiz harakat qilishdan to‘p bilan harakat 
qilishgacha turgan joyda mashq qilmoqdan to siljish bilan bajariladigan 
mashqqacha, bitta usulni bajarishdan o‘yinga, musobaqaga yaqinroq bo‘lgan har 
xil sharoitda uni birga qo‘shib bajarishgacha. Texnikaviy o‘rgatishda muhimi 
yaxshi ko‘rsatish va namunaviy tushuntirish zarur. O‘qituvchining mashqni 
bajarishga, texnikasini to‘g‘ri namunali ko‘rsatib, o‘zi tez-tez ko‘rsatsa foydali 
bo‘ladi. Texnik usullar individual, guruhli va komandali taktik harakatlarni 
bajarish bo‘yicha mashqlar yordamida kam-ko‘stni tuzatadi va takomillashtiradi. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin