Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


Umumiy jismoniy tayyorgarlik



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Umumiy jismoniy tayyorgarlik
Umumiy jismoniy tayyorgarlik – bu sportchini tayyorlashni boshlang‘ich 
bo‘g‘ini hisoblanadi. U yuqori sport mahoratiga erishishda, u yoki bu boshqa o‘yin 
harakati komponentlarida ixtisoslashtirish uchun dastlabki sharoitni yaratishda va 
har tomonlama jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik masalasini hal etish uchun sport o‘yinlarini 
tanlab olingan turini o‘ziga xos xususiyatlari va yoshi, jinsini hisobga olish bilan 
keng doiradagi vositalar qo‘llaniladi. Bu eng avvalo «Alpomish va Barchinoy» 
test, me‘yorlarini yengil atletika, gimnastika, akrobatika, og‘ir atletika, suzish 
mashqlarni barchasidir. Aniqlanishicha murakkab o‘yin masalalarini shakllantirish 
shug‘ullanayotganlarda ko‘proq muvaffaqiyatli utadi, ular ko‘proq kengroq harakat 


[97] 
tajribalarini egallaydi. Shuning uchun mashqni umumiy jismoniy tayyorgarlik 
uchun shunday hisob-kitob bilan tanlash kerakki, chunki ular nafaqat organizmga 
har tomonlama ta‘sir etishi, balki ushbu sport o‘yinlari uchun zarur bo‘lgan, 
ayniqsa shunday sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa jismoniy 
mashqlarni mos ravishda tanlashga, uni hajmini, o‘tkazish metodikasini
mashg‘ulot sikllarini barcha yillar davomida bilgan holda rejalashtirishni 
ta‘minlaydi. Bu yerda birinchi darajali ahamiyati mashqlarni ketma-ket 
qo‘llanishiga va uslubiga yo‘naltirilganligiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ular 
ushbu mashg‘ulotda hal etadigan vazifani aniqlanib, mashqni taqsimlashni va 
ketma-ketligini aniq ishlab chiqilishi kerak. Unda shunday mashqlarni tanlab olish 
mumkinki, ular bitta sifatni rivojlantiradi va boshqasini rivojlantirishga yordam 
beradi, xuddi shunday bitta harakat malakasini egallashda, boshqasini 
muvaffaqiyatli egallashga ta‘sir etadi, bu esa garmonik tomondan jismoniy 
rivojlanish vazifasini hal etadi.

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin