Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


Maxsus jismoniy tayyorgarlik



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Maxsus jismoniy tayyorgarlik 
Maxsus jismoniy tayyorgarlik – jismoniy sifat va bilimni rivojlantirish 
jarayoni bo‘lib, aniq texnik usullarni tezda egallashga yo‘naltirilgan hisoblanadi. 
O‘yin sharoitida zarur bo‘lgan uni vositalari yordamida ma‘lum sifatlarini 
rivojlantiradi: tezda siljishni bilish, statik holatdan harakatga tezda o‘tishni bilish, 
siljishdan keyin tezda to‘xtashni bilish sakrovchanlikni, bo‘g‘inlardagi 
harakatchanlikni, uyni sharoitida epchillikni, alohida mushak guruhlarini kuchini 
rivojlantiradi. Ushbu maqsadda bo‘yicha asosiy o‘yin harakati tuzilishi bilan 
o‘xshash bo‘lgan maxsus tayyorgarlik mashqlaridan foydalaniladi. 
Darsni birinchi qismiga tezlik, epchillik, sakrovchanlikni rivojlantirish uchun 
mashqlarni kiritish tavsiya qilinadi. Ikkinchisiga-kuch va boshqa sifatlarni (o‘yin 
usullarni urganish bilan bir qatorda) rivojlantirish uchun mashqlar beriladi. 
Jismoniy sifat mashg`ulot kompleks uslubiyati bo‘yicha o‘tkazilganda 
ko‘proq muvaffaqiyatli rivojlanadi, ya‘ni qachonki bir vaqtning uzida bitta sifatni 


[98] 
emas, balki bir necha sifatlarni rivojlantirishni nazarda tutiladigan, turli–tuman 
vositalar foydalaniladi (masalan tezlik, kuch va chidamlilik, sakrovchanlik va 
chidamlilik va boshqalar.) 
Kuch boshqa sifatlarni namoyon etish uchun asos hisoblanadi. Uni darajasini 
rivojlantirishdan tezlikni, chidamlilikni, epchillilikni namoyon etishga bog‘liq 
bo‘ladi. U esa barcha sport o‘yinlari turlaridagi barcha o‘yin usullarini bajarish 
uchun zururdir. 
Mushak kuchi mushak tukimasini morfologik tuzilmalarini va fiziologik 
ko‘ndalangi katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Maxsus mashqlarni muntazam 
ravishda qo‘llanilishi natijasida mushak tolalari qalinlasha boradi, kapillyar qon 
tomirchalarni ishi yaxshilanadi, mushaklar eniga ortib boradi. 
Mushak faoliyatini rejimidan kelib chiqib, yoki bog‘liq holda mashq dinamik 
va statik holatga bo‘linadi. Dinamik mashqlarda tana va uni qismi bo‘shlikda 
shunday siljiydiki, bu xuddi yugurish yoki sakrash mashqlarini qanday bajarilsa 
shunday o‘tadi. Statik mashqlarda, ushlab turishni va cho‘zilishni ma‘lum holatdan 
(xuddi tayanib, osilib turganday) tana holati va xilma-xil harakatlar qo‘llaniladi. 
Bolalar bilan ishlashda ko‘proq dinamik harakatlanishga e‘tibor beriladi. 
Kuchni rivojlantirish uchun beriladigan mashqni 8-10 yoshdan boshlab 
tavsiya qilish mumkin. Bu yoshda kuchni rivojlantirishga shaxsiy og‘irligini 
foydalanish bilan (cho‘qqayib o‘tirish, qo‘lni bukish va yozish) yoki raqibni 
qarshilik ko‘rsatishi bilan bajariladigan (juft-juft bo‘lib qarshilik ko‘rsatish va 
boshqalar) mashqlari tavsiya qilinadi, shuningdek cho‘zilishga oid mashqlar 
tavsiya qilinadi. Mushak kuchini o‘sishi uning rivojlantirish uslubiyatlariga bog‘liq 
bo‘ladi: cho‘zilish yoki tortish miqdoriga, takrorlash soniga, shuning uchun 
mashqni bajarishni uzoq davom etmasligi kerak va haddan tashqari zo‘riqishni 
keltirib chiqarmasligi kerak. 
Mashqni og‘irligi chegarasi yo‘qligi uchun to‘ldirma to‘p, gantel, gimnastik 
tayoqcha va boshqa og‘irliklar qo‘llaniladi. Og‘ir yoki vazmin qilish bilan mashqni 
dastlabki bosqichida sekin yoki past me‘yorda bajariladi. Me‘yor asta-sekin oshib 


[99] 
borishi mumkin. Kuchni rivojlantirishga oid mashqlarni bo‘shashtirish mashqlari 
bilan almashtirib olib boriladi. 
Qiz bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishda nihoyatda ehtiyotkorlikka rioya 
qilish zarur. Ular uchun mashqni bajarish tezligi va taqsimlashni, bolalarga 
beriladigan mashqlarga nisbatan kamroq bo‘ladi. Og‘ir bo‘lmagan asbob-anjomlar, 
gimnastik tayoqcha, o‘zining tanasi og‘irligidagi og‘irlik mashqdan og‘ir bo‘lishi 
mumkin emas. 
Sport o‘yinlarini barchasi uchun sakrovchanlikni rivojlantiish juda muhimdir, 
u esa bajariladigan harakatni umumiy koordinatsiyasidan va qo‘l oyoqlarini pastki 
mushaklarini, uni qisqarish tezligini rivojlantirishga bog‘liq bo‘ladi. Uni 
rivojlantiish uchun gimnastika skameykasi ustidan uzunlikka, balandlikkka 
sakrashda foydalaniladi, boshqa to‘siqlardan og‘irlikni ko‘paytirish bilan sakrash. 
Sakrovchanlikni yaxshi usishida mushakni oldinidan ishlash rejimini muljalga olib, 
kushish bilan 1-1.5 balandlikdan sakrash mashqi sakrovchanlik o‘sishiga yaxshi 
ta‘sir ko‘rsatadi.
Tezlik deb ushbu sharoitda vaqt bo‘lagi uchun minimal harakatni bajarishini 
kishi qobiliyati deyiladi. U o‘ziga xos uchta omilga ega bironta tashqaridan ta‘sir 
qiluvchi tezda javob harakati, yakkama-yakka harakatni tezligi va harakat 
chastotasini vaqt birligidir. Bu barcha omillar kompleks (aralash) namoyon 
bo‘ladi. 
O‘yin faoliyatida harakat qilayotgan buyumga (to‘p va b.k.) raqib harakatini 
o‘zgarishini, o‘yin usulini bajarilishini va siljishiga, o‘yin harakatida aniq qarorni 
qabul qilishida tezlik namoyon bo‘ladi. Tezlikni namoyon bo‘lishi shakllari 
o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q. Startdan olinadigan tezlikni yaxshi 
egallash mumkin, biroq sekin tahlil qilish va qaror kabul qilish yoki yaxshi va 
o‘yin usulini tez bajarish, lekin raqibini siljish ta‘siriga sekin javob berishi 
mumkin. 


[100] 
Tezlikni rivojlantirishni asosiy vositasi tezlik xarakteridagi mashq hisoblanib, u 
boshqa harakatlar bilan kompleks bajariladi, Ular tez, to‘satdan beriladigan signal 
bo‘yicha (iloji boricha ko‘rish) bajariladi. Bu shu narsa bilan bog‘likki, ya‘ni 
o‘yinda ko‘rishga ta‘sir qiluvchi ustun keladi. Mashq turli-tuman bo‘lishi mumkin, 
har xil mushak guruhlarini o‘z ichiga qamrab olishi shart, shug‘ullanuvchilarning 
koordinatsion qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi.
Agarda uni rivojlanishi ustida muntazam ravishda ishlanilsa, vaqt o‘tishi bilan 
tezlik sifatini yo‘qotish mumkin. Uni kichik maktab yoshidan boshlab 
rivojlantirish boshlanadi. Buning uchun o‘yin usullari startdan tezlik bilan 
chiqishini to‘siqlar, to‘plar bilan estafetalar elementlari bilan bajariladigan maxsus 
harakatli o‘yinlar tanlab olinadi. Mashq tez me‘yorda maksimal bajariladi. 
Bolalarda harakat tezligini bajarish bo‘yicha eng yaxshi natija 7 yoshdan to 15 
yoshgacha erishish mumkin. Tezlikni rivojlantirish uchun mashqni charchagan 
vaqtda berish mumkin emas. Chunki bunda harakat koordinatsiyasi tezda buziladi 
va tezkor harakatni bajarishga bo‘lgan qobiliyat yo‘qoladi. 
Tezlikni rivojlantirish uchun beriladigan mashqni har bir mashg‘ulot 
mashg‘ulotini boshida muntazam ravishda beriladi. 
Chidamlilik – bu kishini qobiliyati harakatini aniqligini va tezligini 
pasaytirmasdan, uzoq vaqt davomida charchashni yengib o‘tishiga aytiladi. U katta 
tezlikda nerv sistemasini qo‘zg‘atishga, organizm faoliyatini energiya bilan 
ta‘minlashga o‘yin malakalarini egallash darajasini bardoshligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Umumiy chidamlilikni umumiy rivojlantiruvchi xarakteridagi uzoq davom 
etadigan bir tekisda yugurish, shuningdek uzoq davom etadigan bir me‘yorda 
ishlashni ortib borishi (chang‘i, suzish, velosport va boshqalar)gan sport turlari 
bilan shug‘ullanish tarbiyalaydi. Maxsus chidamlilik o‘yin usullarini texnikasini, 
qisqartirilgan maydonda o‘quv mashq o‘yinini o‘tkazish, o‘yinni o‘tkazishga 
vaqtni oshirish, topshiriqlar o‘rtasidagi tanaffusda dam olish vaqtini qisqartirishni 
uzoq vaqt davomida bajarishda erishiladi va h.k. 


[101] 
Koordinatsion chidamlilik charchashgachan ikki yoki ko‘proq o‘yinchilar bilan 
o‘yinni o‘zaro harakati tuzilishi bo‘yicha murakkab bo‘lgan muntazam ravishda 
mashqlar yordamida shug‘ullanishi bilan rivojlantiriladi. 
Bolalar bilan ishlashda shuni esda saqlash kerakki, ularga xos bo‘lgan 
o‘zlarining qobiliyatini oshirib yuborishadi, shuning uchun mashqni tanlashda va 
yuklamani taqsimlashda ehtiyotlik bilan ish to‘tish lozim, bunda tibbiy-pedagogik 
nazoratdan keng foydalanish kerak. Charchash orasida o‘yin vazifasini bajarish 
shug‘ullanuvchilarning emotsional kuchi yoqimsiz natijalarga olib kelishi mumkin.
Epchillik-bu qobiliyat o‘zgaruvchan vaziyatdagi sharoitda murakkab 
koordinatsion harakatni ayrim harakatni tezroq amalga oshirilishiga aytiladi. 
Epchillikni rivojlanish darajasi aniq, tejamkorlik va harakatni maqsadga 
muvofikligi bilan aniqlanadi. Epchillik qayerda koordinatsiya harakatiga yuqori 
talablar q‘yiladigan, barcha o‘yin usullarida birinchi darajali ahamiyatiga ega 
bo‘ladi. Uning rivojlanishi haqida shunday hukm chiqarish mumkinki, o‘yin 
vaziyatini o‘zgarishiga qarab uni bajarishni aniq darajasi bo‘yicha, o‘quvchilar 
qanday qilib tezda murakkab o‘yin usulini egallashi mumkin. Epchillikni 
rivojlanishini asosiy vazifasi ya‘ni ko‘pqirrali harakat malakalarini egallagan 
bo‘lishi mumkin. Epchillik jismoniy sifatlarning majmuasi hisoblanadi va o‘ziga 
nafaqat retseptorlarni ishlash, balki ko‘rish sistemasining ishini kiritadi. Epchillik 
sifati kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik bilan organik ravishda bog‘liqdir.
Epchillikni rivojlantirishda quyidagi uslubiy tavsiyalarga tayanish zarur: 
-mashg‘ulotni turli-tuman qilish, ularga muntazam ravishda yangi jismoniy 
mashqlarni, uni har xil shaklda kushib bajarish; 
-Mashg‘ulotda bir vaqtda sodir bo‘ladigan, sharoitni va zo‘r berib qo‘llashni 
almashtirib borish; 
-Harakat aniqligini yomonlashishni birinchi belgilari bo‘yicha organizmga 
beriladigan yuklamani boshqarish; 
-qon tomirini urishni tiklashni ko‘rsatkichlari bo‘yicha alohida vazifalarni 
takrorlashni o‘rtasidagi dam olishni yetarliligini aniqlash; 


[102] 
-epchillikni rivojlantirishni ertaroq bolalikdan boshlash kerak, chunki 7-10 da 
bu sifatni rivojlanishi ko‘proq jadal o‘tadi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari 
murakkab jismoniy mashqlar texnikasini yengil ushlab oladilar, harakatlantiruvchi 
harakat koordinatsiyasi bo‘yicha murakkabini tezda va aniq o‘zlashtirib oladilar. 
Bolalarda epchillikni rivojlantirish bo‘yicha har turli jismoniy mashqlar, 
harakatli o‘yinlar, bir harakatdan boshqa harakatga tezda o‘tishni talab qiladigan va 
o‘ynovchilar bilan o‘zaro ta‘sir kuchi, turli-tuman o‘zgaruvchan vaziyatda o‘yin 
texnikasi va taktikasi mashqlaridan foydalaniladi. Epchillikni rivojlantirish uchun 
har xil ko‘rish malakalarini rivojlantirish, koordinatsion va makon(joy) vazifasini 
hal etishni talab qiladigan, gimnastika va akrobatika mashqlari alohida ahamiyatga 
egadir. Ushbu sifatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashq, darsni asosiy qismini 
boshida unga ko‘p bo‘lmagan hajmda beriladi. Ular o‘ziga yangilik elementlarini 
kiritishi shart, chunki mashq o‘zlashtirib olingan va tez-tez takrorlanishi epchillikni 
rivojlantirishga yordam berishni to‘xtadi. 
Balog‘atga yetish davrida sekinlashadi va shuningdek epchillik sifatini 
rivojlanish ko‘rsatkichi yomonlashadi. 
Egiluvchanlik yoki harakatchanlik – bu qobiliyat katta amplituda bilan 
harakatlanishga aytiladi. U bo‘g‘inni va mushakni elastikligidan, bo‘g‘inlarni 
tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Harakatchanlik mushak haroratini oshib borishida 
ortadi, ya‘ni ularni ishida, emotsional qo‘zg‘olishida bo‘ladi. Egiluvchanlikni 
aniqlashni me‘yori maksimal amplitudaga xizmat qiladi, u bilan harakatni bajarish 
mumkin. Egiluvchanlikni shakllarini faol va sustligi bilan farqlanadi. Faollik –bu 
mushak guruhini qisqarishi hisobiga tanani alohida qo‘shilishi ushbu ko‘shilish 
orqali o‘tishini harakatni katta quloch yoyishiga erishishi qobiliyatidir. Sust – bu 
snaryad va o‘ziga tomon tortib, raqib tomonidan yaratilgan, qo‘shimcha 
kuchlanishni qo‘shish hisobiga tanani ma‘lum qo‘shilishlarida katta quloch 
yoyishga erishish qobiliyatidir.
Bo‘g‘inda harakatchanlikni yetarli bo‘lmasligi, shikastlanishning sababi, 
malakani sekin egallashni sababi bo‘lib xizmat qiladi. Egiluvchanlikni 
tarbiyalashda bo‘g‘inlarga muntazam ravishda ta‘sir qilishda faol va sust 


[103] 
uslublardan foydalaniladi. Bo‘g‘in harakatchanligi uchun beriladigan mashq 
barcha yoshdagi kishilar uchun mumkin bo‘lgan, biroq ayniqsa egiluvchanlikni 
yuqori me‘yorda rivojlanishini 7-10 yoshli bolalarda kuzatiladi. Faol egiluvchanlik 
qizlarda 11-13 yoshda, o‘g‘il bolalarda 13-15 yoshda maksimal o‘lchashga yetadi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun quyidagi uslubiy tavsiyalarga amal 
qilinadi: 
-kuniga 2-3 marta muntazam ravishda shug‘ullanish; 
-organizmni yaxshilab qizdirilganidan keyin mashqni bajarish; 
-5-6 soniya davomida statik holatda ushlab turish, mashqni 8-10 marta uncha 
katta bo‘lmagan seriyada takrorlash; 
-pay va bo‘g‘inlarni ishlash vaqtida chiqishda og‘riq paydo bo‘lganda mashq 
to‘xtatiladi. Qattiq charchaganda egiluvchanlik mashqlarini qo‘llash tavsiya 
qilinmaydi. 
-mashq harakat amplitudasini asta-sekin oshirib borish bilan bajariladi; 
-o‘rganilayotgan o‘yinni texnikasi bo‘yicha mashqda diqqatni bo‘g‘inni 
harakatchanlikni oshirishni keyinchalik bo‘shashtirishga qaratilishi kerak 
(basketbolda to‘pni savatga tashlashda, voleybolda to‘pni yuqoridan uzatishni 
bajarishda va b.k.). 
Jismoniy sifatni tarbiyalashda organizimga umumiy va biror joyiga ta‘sir qiluvchi 
o‘zaro aloqadorligida erishiladi. Egiluvchanlikni rivojlanishi alohida guruh 
mushaklarini oshirish yoki paylarni haddan tashqari cho‘zilishi hisobiga qaddi - 
qomatining buzilishliga olib kelmasligi kerak. Bolalar bilan shug‘ullanishda shuni 
eslab qolish kerakki, chunki biz o‘sib kelayotgan bolalar organizimi bilan 
ishlaymiz, shuning uchun unga katta jismoniy va psixologik yuklama ta‘sir qiladi. 
Agarda o‘sib kelayotgan - organizmi anatomik-fiziologik tomondan o‘ziga 
hosligini hisobiga olinmasa, unda yuqori sport natijalariga erishishga mo‘ljallash 
juda qiyin bo‘ladi.
Sport o‘yinlarida har xil yoshdagilar uchun musobaqani ma‘lum vaqtgacha davom 
etiishni o‘rnatiladi, ular o‘zaro uchrashuvi uchun faqat ma‘lum yoshdagilar o‘zaro 
uchrashadilar, bolalar uchun yengil to‘plardan (basketbolda), to‘rning balandligi 


[104] 
pasaytirilgan holda (voleybolda) foydalaniladi. Bularning barchasi bolalar 
o‘smirlar bilan o‘tkaziladigan musobaqalar yuklamasini me‘yori haqidagi 
ko‘rsatmada aytilgan, shuningdek musobaqa nizomida ham yozilgan.

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin