Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Komandali harakatlanish
barcha komanda a‘zolarini himoyada qanday bo‘lsa, 
xuddi shunday hujumda o‘yinni boshqarishda o‘zaro harakat qilish usullarini 
tanlashni muljallaydi. Ushbu tanlash raqib komandasini , o‘yinni taktik umumiy 


[106] 
rejasiga, uni texnik va psixologik tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Taktik 
ko‘rsatmani hal etishni muvaffaqiyati, bajaruvchilarni texnik tayyorgarligiga, 
ularni ijodiy va taktik niyatini tashkiliy ravishda bajarishga bog‘liqdir.
Komandali harakatga o‘rganish o‘yinchilarning asosiy funksiyasini aniqlash 
va komandalarni to‘ldirish momentidan boshlanadi. O‘yinni taktik shaklini tanlab 
yoki o‘zaro harakat qilishni taktik tizimini, shug‘ullanuvchilarni imkoniyatlaridan 
kelib chiqib, hujumda va himoyada har bir o‘yinchini vazifasi aniqlandai. 
Faqatgina shundan keyin asosiy o‘zaro harakat qilishini, taktik variantlar va 
kombinatsiyalarni egallashni, mustaqil ravishda taktikani hal etishni qabul qilishni 
o‘rganishni boshlaydi. So‘ngra ikki tomonlama o‘quv o‘yinida komandali taktik 
o‘zaro harakatini mustahkamlaydi. Shuni esda saqlash kerakki, ya‘ni texnikasi 
qanday bo‘lsa, xudi shunday komandani o‘yinni taktikasini himoyada o‘zaro 
harakatini amalga oshirish bilan boshlanadi. Shunday ekan, o‘rgatishni himoyada 
o‘zaro harakatlanish bilan boshlash kerak, so‘ngra hujumda o‘zaro harakatlanishni 
taktikasiga o‘tiladi, biroq to‘liq bir qator mashqlar borki ular hujum taktikasida 
qanday bo‘lsa Xuddi shunday himoya taktikasini takomillashtirishga yo‘naltiriladi, 
bu mashqlar esa o‘yin sharoitiga maksimal yaqinlashgan bo‘ladi. 
3.12. Psixologik tayyorgarlik 
Psixologik tayyorgarlik – bu pedagogik jarayon bo‘lib sportchini axloqiy- irodaviy 
sifatini yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga yo‘naltirilgan jismoniy sifatini 
rivojlanishi va irodaviy xususiyati xarakterini tarbiyalash o‘zaro bog‘liqdir. Iroda
xuddi mushakday faqatgina obektiv va sub‘ektiv qiyinchiliklarni yengib o‘tish 
natijasida harakat faoliyatini namoyon qilish jarayonida rivojlanadi.Bu 
qiyinchiliklar murakkab texnik o‘yin usullarini zaruriyatdan egallash charchashni 
yengib o‘tish, o‘zini tuta bilish emotsional holatini boshqarish, murakkab sport 
yakka kurashishi qiyin sharoitida yuqori ish qobilyatini saqlashdan iboratdir. 
Shunday qilib jismoniy yuklama iroda chiziqlarini o‘zicha xosligini shakllantirish 
vositasi hisoblanadi. Irodaviy sifatning o‘ziga hosligi shundaki, ular faoliyat 
ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ularni rivojlanishdan kelib chiqadi shu yerda 


[107] 
sharoitni yaratish zarurki, bunda xarakterini kuchli tomonlari rivojlanadi va 
mustahkamlanadi, u yerda dadillik bir qarorga kelishlik, jasurlik, o‘zini tuta 
bilishlik namoyon qilish zarur. 
Shuni yodda tutish kerakki, bolalarga ta‘sir ko‘rsatish ostida emotsional 
qo‘zg‘alishni tez-tez o‘zlarini yomon nazorat qiladi, ayrim vaqtda o‘ylamasdan hal 
etish ko‘pincha bu o‘yin tayyorgarligini va texnikasini yetarli bo‘lmasligi 
natijasida bo‘ladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish va tezda fikrlash, tajriba oshirilgan 
yuklamani bajarish jarayonida amalda orttirilgan bilim bilan o‘tadi. Psixologik 
tayyorgarlik jarayoni umumiy tayyorgarlikka (asoslovchi tarbiya, muntazam 
ravishda shug‘ullanishga undashga, harakat malakalarini takomillashtirishga
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga) va musobaqalarga tayyorlash, qachonki bir necha 
musobaqalarda yoki ushbu musobaqada qarshi kurashishga eng yuqori psixologik 
tayyorgarlikni yaratish bo‘yicha ish o‘tkaziladi. 
Axloqiy va irodaviy sifatni tarbiyalash bu mafkuraga qat‘iy ishonch, 
jamoatchilik, vatanparvarlik va irodaviy sifatni shakllantirishni bir butun
jarayonidir: jasorat, jur‘atlilik, tirishqoqlik, o‘zini puxta bilish. 
Bolalar bilan ishlashda qiyinchiliklarni yengib o‘tishda ongli munosabatda 
bo‘lish asosida ularni muntazam mashg‘ulot mashg‘ulotlarga qatnashtirish juda 
muhim. Aniq misollarga asoslangan har kunlik tushuntirish ishlari esa, yaxshi 
natijalarga olib kelishi mumkin. Bola uchun irodani rivojlantirishni eng yaxshi 
vositasi, qiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha, charchashga qarshi kurashish
mashqi xizmat qiladi, shuningdek o‘quv o‘yinlari va musobaqalar, xarakterning 
qat‘iyligi, jur‘atlilik, tirishqoqligi va qat‘iy turishida zaruriyat tug‘ilganda 
namoyon qiladi. 
Bolalardagi jasorat va jur‘atlilik tez-tez emotsional momentlarni asoslaydi va 
logik dalil-isbot kuchini namoyon qilmaydi, balki bolani sezgi tezligini qamrab 
oluvchi kuchidir. Hattoki ayrim vaqtda o‘yin usullarini u o‘yin mashg‘ulotda, 
musobaqada, bajarishga qo‘rqadi, o‘yinni emotsional holatida ta‘sir qilishi ostida 
ko‘proq muvaffaqiyatli bajaradi. Shuning uchun o‘qituvchi yosh sportchilarni


[108] 
tayyorlashda, o‘yin harakatini tahlil qilishda ma‘lum momentni va sergirlik 
namoyon qilishi kerak, o‘yinda qatnashishda ishonch ko‘rsata bilish kerak. 
Psixologik tayyorgarlikni ahamiyati quyidagi uslublar bilan amalga oshiriladi: 
- kiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha mashq uslubi; 
- zarur bo‘lgan psixologik holatda sportchilarni to‘g‘rilash maqsadida mashqni 
to‘g‘rilash uslubi; 
- ideomotor mashqini, kelgusi harakat faoliyatini aniqlashtirish va fikran 
o‘ziga qabul qilish, qayta ishlab chiqishga imkon beradigan usul; 
- bo‘lajak faoliyatga tayyorlash yosh sozlash va mashq yordamida zo‘riqishni 
pasaytirishga imkon beradigan mashg`ulotni psixoboshqarish uslubi; 
- bolalar bilan ishlashda irodaviy sifatni tarbiyalash bo‘yicha asosiy 
tavsiyalar: 
A) irodaviy zo‘r berishni namoyon qilish bo‘yicha vazifani tushunarli, aniq 
qo‘yish shart, shug‘ulanuvchilarni yosh imkoniyatlariga har doim mos kelishi 
kerak. 
B) topshirilgan vazifalarini o‘z vatida aniq bajarishga erishish; 
V) mashg‘ulotda jismoniy yuklamani bajarishga faol munosabatni 
shakllantirish, musobaqada berilgan ko‘rsatmani o‘z vaqtida bajarishga erishish; 
G) dam olish va mehnat rejimiga rioya qilishga jismoniy va texnik-taktik 
tayyorgarligidagi o‘zini kamchiliklarini bartaraf qilish ustida ishlashga 
shug‘ullanuvchilarni majbur etish; 
D) o‘yinda mo‘ljallangan ko‘rsatmani tayyorlashda belgilangan rejalarni 
amalga oshirishda shug‘ullanuvchilarda o‘zlarining kuchlarida ishonch hosil 
qilishni yaratish yoki shakllantirish. 
Bolalar bilan albatta o‘tkazilgan o‘yin natijalarini muhokama qilish kerak. 
Uni dam olishida yoki ertasi kuni barcha ruhiy kechinmalarga ishonib, bolalar 
o‘zlarini xatti-harakatlarini baholay olish, kamchiliklarni tan olish imkon 
bo‘lganda o‘tkazish tavsiya etiladi. Muhokamada albatta barcha sportchilar 
qatnashishlari zarur. Muhokama vaqtida yo‘q bo‘lganlar nomiga umuman 


[109] 
kamchiliklar aytish tavsiya etilmaydi. Muhokama vaqtida o‘qituvchi juda 
ehtiyotkorlik bilan har bir holatni, o‘yinchisi shaxsiga tegmasdan tahlil etilsa, 
kelgusida ushbu o‘yinchilarni irodasi, psixologik holati mustahkamlanadi. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin