[111]
4 BOB. VOLEYBOLDA HAKAM IMO-ISHORALARI, ATAMALARI VA
BELGILARI
Hakamlar va hakamlik qilish
Har bir uchrashuvni hakamlar tarkibi boshqarib boradi va bu tarkibga:
birinchi hakam; ikkinchi hakam; kotib; to‗rtta (yoki ikkita) chiziq hakamlari kiradi.
4.1. Birinchi hakam vakolatlari
Birinchi hakam o‗yin jarayoni boshlanganidan to yakunlanguniga qadar uni
boshqarib boradi. U shu o‗yinda ishtirok etayotgan barcha hakam va o‗yinchilarga
rahbarlik qiladi. Uning qarori hal qiluvchi kuchga ega. Birinchi hakam qolgan
hakamlar qarorini noto‗g‗ri deb topsa, uni bekor qilish huquqiga ega.
Agar biror
hakam vazifasini uddalay olmasa, birinchi hakam uning vazifasini o‗z zimmasiga
olishi mumkin. Birinchi hakam chiqargan qarorni muhokama qilishga yo‗l
qo‗yilmaydi. Lekin jamoa sardori iltimosiga ko‗ra u o‗z qaroriga izoh berishi
mumkin. Birinchi hakam o‗yindan oldin maydon, to‗p
va boshqa uskunalar
holatini nazoratdan o‗tkazadi. Jamoa sardorlari bilan qur‘a tashlashni uyushtiradi.
O‗yin davomida faqat birinchi hakam quyidagilar bo‗yicha qaror chiqarish
huquqiga ega: jamoalarni ogohlantirish;
jazolash; to‗p kirituvchining xatosi; to‗p
kirituvchi jamoa a‘zolarining joylashishidagi xatosi bo‗yicha; to‗p bilan o‗ynash
xatolari bo‗yicha; to‗r va uning ustida ro‗y beradigan xatolar bo‗yicha; orqa chiziq
o‗yinchilari va «Libero»ni hujum zarbasi; «Libero»ni
oldingi zonadan yuqoridan
uzatilgan to‗piga hujum zarbasi qo‗llanilganda.
4.2.Ikkinchi hakam vakolatlari
Ikkinchi hakam birinchi hakam ro‗parasidagi voleybol ustuni ortida
birinchi hakamga qaragan holda tik turib joylashadi. U zaxiradagi o‗yinchilarni
kuzatib turadi; tanaffus olish va o‗yinchi almashtirishga ruxsat beradi; o‗yin
oldidan, har bir partiya oldidan o‗yinchilarning maydondagi
joylashuvini nazorat
[112]
qilib turadi. O‗yin vaqtida hushtak chaladi va ishora bilan quyidagilar bo‗yicha
qaror qabul qiladi: o‗yinchi maydon va to‗r ostidan raqib tomoniga o‗tib ketganda;
o‗yinga kiritilayotgan to‗pni qabul qiluvchi jamoa joylashuvda xatoga yo‗l
qo‗yganda; o‗zi joylashgan tomon yaqinida o‗yinchi to‗rga va chegaralovchi
antennaga tegib ketganda; orqa chiziq o‗yinchisi yoki «Libero» to‗siq qo‗yganda;
o‗yinchi to‗rning pastki qismiga tegib ketganda.
4.3.Kotib
Kotib o‗z faoliyatini yuritish uchun birinchi hakam qarshisidagi ustun
ortida (ikkinchi hakam orqasida) joylashadi. Kotib quyidagi vazifalarni bajaradi:
o‗yin bayonnomasiga o‗yin va jamoa haqidagi ma‘lumotlarni yozadi; yig‗ilgan
ochkolar, tanaffuslar, o‗yinchilarni
almashtirish; jazo choralari, to‗pni o‗yinga
kiritish navbatlarini yozib boradi va nazorat qiladi; yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan
vaziyatlar buzilganda, ikkinchi hakamga xabar qiladi.
Dostları ilə paylaş: