[114]
Mashg‗ulot jarayonida tayyorlov va nazorat musobaqalari katta o‗rinni
egallaydi.
Yordamchi musobaqalar asosan tayyorlov va musobaqa davrlarining
yarmida rejalashtiriladi. Tanlov va asosiy musobaqalar ko‗pincha bir yilda 2-3
marotaba o‗tkaziladi. Turli xil musobaqalarning ahamiyati va o‗rni ko‗p yillik
tayyorgarlik bosqichiga bog‗liq bo‗ladi.
Shunday qilib, boshlang‗ich bosqichlarda faqat tayyorlov va nazorat
musobaqalari rejalashtiriladi va o‗tkaziladi.
Sportchilar malakasining o‗sib borishga qarab, keyingi ko‗p yillik
tayyorgarlik bosqichida musobaqalar soni ortib boradi, musobaqa davriga tanlov
va asosiy musobaqalar kiritiladi. Musobaqalar sportchining tayyorgarlik
darajasining asosiy nazorat shakli bo‗libgina qolmay, balki sport mahoratini
takomillashtirishning zarur omilidir.
Musobaqalarni
rejalashtirganda
tayyorgarlikning
o‗ziga
xos
xususiyatlariga alohida e‘tibor qaratish lozim. Birinchidan, musobaqalar shunday
tanlanishi kerakki, ularning yo‗nalishi, qiyinchilik darajasi ko‗p yillik
tayyorgarlikning tuzilishi, vazifasi bilan qat‘iy mos kelsin. Ikkinchidan, agar
sportchi uni o‗zining jismoniy, texnik-taktik va psixologik qobiliyatiga qo‗yilgan
vazifalarni yecha oladigan bo‗lsa musobaqalarga jalb qilsin. Uchinchidan,
musobaqa va mashg‗ulot amaliyotini rejalashtirish kerak, ayniqsa, tayyorgarlik
jarayoni samarali amalga oshishi va sportchi tanlov hamda asosiy musobaqalarda
o‗z imkoniyatini ochib berishi zarur. To‗rtinchidan, musobaqalar dasturi va
qatnashuvchilar tarkibi kuchli raqobat muhitini ta‘minlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: