Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

3.10.Texnik tayyorgarlik 
Texnik tayyorgarlik - bu jarayon turli tuman o‘yin usullarida texnikani 
egallash maqsadida, ularni maxsus, musobaqa sharoitida mustahkamlashga 
yo‘naltirilgan. Bu yerda shug‘illanuvchilar o‘yin usullarini va ularni har hil qo‘shib 
bajarishni barcha uslublari bilan bajarishni egallaydilar, ularni aniq o‘yin 
vaziyatida yoki holatida ijodiy qo‘llashga o‘rganadilar. Texnik tayorgarlikni yuqori 
darajasiga faqatgina uzoq vaqt davomida maqsadga yo‘naltirib muntazam ravishda 
shug‘illanish natijasida erishish mumkin. Qachonki yurak mushaklarini kuchi va 
yurakni urish hajmi oshganda, suyak, mushak apparati yuqori rivojlanishiga 
nisbatan yetib borganda, qo‘l panjasi zarur bo‘lgan chidamliligi, egiluvchanligini 
egallaydi markaziy va periferik ko‘rish shakllana boshlanish davri 10-11 yoshdan 
boshlashni tavsiya qiladi. Demak bu degani, ya‘ni ko‘proq yoshni o‘tkazib 
shug‘ullanganda istalgan yoki xohlagan natijaga erisha olmaslik mumkin. Sport 
o‘yinlari amaliyoti anchagina misollarni biladiki, qachonki sportchilar balog‘at 
yoshida shug‘illaninshni boshlaganlarida, yuqori natijalarga erishganlar. O‘yin 
usulini bajarishni sifatini oshirish vazifasi har bir mashg‘ulotda qo‘yiladi. 
Faqatgina texnikasini takomillashtirishda taktik vazifalar muvaffaqiyatli hal etish 
uchun qulay sharoit yaratadi va o‘yinda harakatni samaradorligiga erishishda 
ko‘proq barcha uchrashuv davomida ko‘proq kuchni tejamkorlik bilan sarflanadi, 
texnikadan to‘g‘ri foydalanish o‘yinchiga shunday imkoniyatni beradiki, hattoki 
ayrim hollarda jismoniy ma‘lumotga ega bo‘lmaganlar yuqori sport natijalariga 
erishadilar. Har tomonlama texnik tayyorgarlik texnik harakatni amalga oshirish 
uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. O‘yinchilarni qanchaki texnikasi yuqori bo‘lsa, 
ular shuncha taktik vazifani muvoffaqqiyatli hal etishlari mumkin shuncha to‘liq
komandani taktik mahorati yuqori bo‘ladi. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin