[92]
Musobaqalashish uslubi o‘rgatish va takomillashtirish
turli jarayonida katta
o‘rinni egallaydi. Bolalar dastlabki bosqichida alohida o‘yin mashqlarini va taktik
topshiriqlari bajarishni so‘ngra soddalashtirilgan qoida bo‘yicha va nihoyat oxirida
rasmiy uchrashuvlarda musobaqalashadilar. Bu uslub zarur bo‘lgan o‘yinnni
almashtirish egallashga imkon beradi. O‘yin vaziyatini to‘g‘ri baholashga va undan
yanada ko‘proq samarali texnik uslublarni qo‘llashga bog‘liq bo‘ladi.
Musobaqalashish uslubi organizmni funktsional sistemasini
yuqori darajada
takomillashtirishga erishishga, texnik
mahoratini takomillashtirishga, yuqori sport
natijalariga erishishda yordam beradi.
O‘rgatishda katta
yutuqlarga erishishi mumkin, qachonki yoshiga,
tayyorgarligiga murakkab harakatni o‘rganib olishda
har xil uslublarni birga
qo‘shib bajarilgandagina muvafaqiyat qozanish mumkin.
O‟yin uslublarini o‟rganib olishning tuzulishi
Sport o‘yinlarida o‘yin uslublarini o‘rganib olish o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq
to‘rtta bosqichga bo‘linadi: o‘yin uslubi texnikasi bilan bajarishni umumiy
tanishtirish; maxsus yaratilgan sharoitda soddalashtirilgan qoida bo‘yicha uni
o‘rganib olish; murakkablashgan sharoitda o‘rganib olish; o‘yin
uslubini
takomillashtirish.
O‟yin uslublari bilan umumiy tanishtirish
Bu bosqichda o‘yin harakati texnikasi haqida to‘g‘ri
aniq tushuncha hosil
qilish kerak. Buning uchun bir necha marta ko‘rsatishdan foydalaniladi;
dastlab
tezlik bilan, xuddi o‘yin sharoitidagidek, keyinchalik sekinroq bu paytda ko‘proq
harakatni muhim detaliga diqqatini qaratiladi: O‘yinda
ushbu uslubni ahamiyati
haqida ma‘lumot beriladi, texnikasi tushuntiriladi. O‘quvchilar shundan so‘ng
o‘yin uslublarini mustaqil bajaradilar.
Shunga erishish zarurki, xato bo‘lishiga,
shunda harakat malakalarini shakillanishi ko‘proq muvaffaqiyatli o‘tadi.