Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

3.7. O‟rgatish uslublari
O‘rgatish metodi deganda bilim, malaka va mahorat, harakat, axloqiy va 
irodaviy sifatlarni rivojlanishiga ega bo‘lgan usul deb tushuniladi. O‘qituvchi u 
yoki bu harakatni tushutiradi va ko‘rsatadi, o‘quvchilar esa ularni o‘zlashtirib 
oladilar. Usulni tanlashni o‘quvchilarning tayyorgarligiga, materialni mazmuniga, 
pedagogik vazifalarini qo‘yilishiga ko‘ra aniqlanadi.
Sport o‘yinlari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot jarayonida o‘rgatish metodlarini 
asosiy uchta guruhi mavjud; og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy birinchi ikkita 
guruhlar dastlabki shartni tashkil etadi, ya‘ni amaliy harakat mashqni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri foydalanib amalga oshiriladi. Barcha metodlar o‘zaro bog‘lanadi va 
kompleks ravishda qo‘llanildi.
Og‟zaki uslub 
 
Og‘zaki uslubga quyidagilar kiradi: suhbat, tushuntirish, savol-javob, tahlil, 
vazifa, ko‘rsatma berish, farmoyish berish. 


[89] 
Suhbat uslubi shug‘ullanuvchilarning texnika-taktika uslublari, mashg`ulot 
uslublari, haqida, o‘yin faoliyatini tashkil etishda bilimlarni to‘ldirish uchun 
qo‘llaniladi.
Suhbat obrazi, jo‘shqin tushunarli ravishda ravon bo‘lishi kerak.
Tushuntirish orqali nafaqat harakatni xarakterini va shaklini ochib berish 
balki uni to‘g‘ri bajarishga ta‘sir etuvchi sabablarni ochib beriladi. Tushuntirish 
mashqni bajarish uchun u dastlabki shartni tashkil etadi. Bu esa aniq harakat 
qilishni asosiy mohiyati va mazmunini aytib beradi. Tushuntirishda asosiy diqqat 
e‘tiborni ayrim detallariga yoki qismlariga to‘xtatilib o‘tmasdan, balki eng muhim 
harakatga qaratiladi. Guruhda o‘yin uslub va yo‘llarini o‘rganib olishda, guruh 
bo‘lib kamandali harakatni o‘rgatishda, bo‘lajak o‘yinga ko‘rsatma berishda 
tushuntirish uslubidan foydalaniladi.
Suhbat, savol va javob, fikr almashish, qo‘yilgan hatolarni muxokama qilish 
va ni bartaraf etish ko‘rinishida o‘tkaziladi. Suhbatni guruh va individual shaklda 
ham o‘tkazish mumkin.
Tahlil qilish sport amaliyotida birorta vazifani bajarilgandan keyin (texnik 
va taktik qayta ishlashda) o‘yin tamom bo‘lgandan keyin yoki bo‘laja o‘yinni tahlil 
qilishda keng foydalaniladi. Tahlil qilish bir tomonlama bo‘lishi mumkin, 
qachonki buni o‘qituvchi o‘zi o‘tkazsa yoki iki tomonlama bo‘lishi mumkin, bunda 
shug‘ullanuvchilarning o‘zlari ham qatnashadilar.
Vazifa bu o‘yin mashqni bajarish oldida yoki darsdan oldin qo‘yiladigan 
vazifani shakli hisoblanadi. Vazifa bita yoki guruh bo‘lib taktik harakatni berishi 
mumkin.
Ko‘rsatma texnik va taktik bo‘yicha mashqlarni bajarish vazifasini qisqacha 
shakldir. Ushbu o‘quv o‘yinlarini o‘tkazishda yoki o‘zaro harakat qilishda 
taktikani o‘rganishda ulardan foydalaniladi. Ko‘rsatma o‘yin mashqlarida yoki 
o‘yinni to‘xtatmasdan o‘zaro harakat qilish jarayonida berish mumkin.


[90] 
Farmoyish bu shug‘ullanuvchilarga og‘zaki ta‘sir etish shaklidir. U qisqa va 
aniq fikr lo‘nda ifodalash bilan farq qiladi. Ular ma‘lum shaklga ega bo‘lmasdan 
uni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish mashqni bajarish uchun beriladi.

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin