Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Ko‟rgazmali uslub 
Ko‘rgazmali uslub quydagilardir; mashqni ko‘rsatish, ko‘rgazmali qurolni 
namoyish etish, (sxema, jadval, kinoxalqa, kinogramma va h.k) o‘quv o‘yinlarini 
yoki rasmiy musobaqalarni ko‘rish. 
Ko‘rsatishni har doim o‘rganiladigan mashq to‘g‘risida to‘liq tushuncha 
berilishi kerak va og‘zaki so‘z bilan foydalanib birga qo‘shib olib boriladi. U 
o‘qituvchi yoki birorta o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi. Muhimi 
ko‘rsatishdan oldin o‘quvchilarni diqqat e‘tiborini bir joyga to‘plab, kuzatish 
uchun (ko‘rsatish uchun joyni o‘quvchilarni saflash va h.k.) sharoit yaratishdir. 
Ko‘rsatishni namuna bo‘ladigan va aniq bajarilishi aniq xarakterga ega bo‘lishi bu 
o‘rganilayotgan o‘yin harakatini namunali ko‘rsatishni yaratishga imkon beradi.
Ko‘rgazmali qurollarni namoiy etish yordamchi uslub bo‘lib u faqatgina 
shunda samarali bo‘lishi mumkin, qachonki boshqa uslublar birga qo‘shilib olib 
borilganda hisoblanadi. U guruh va komandali taktik harakatini o‘rganishda yaxshi 
samara berishi mumkin. Sport o‘yinlariga o‘rtasida tez-tez takroriy yoki sekin 
ko‘rsatishi va namoyish etish amaliyotida qo‘llaniladi. Bu esa bolalarni ko‘proq 
harakat elementlariga jiddiy ravishda qaerda ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan muammolarga diqqat-e‘tiborni qaratishga imkon beradi.
 
Amaliy uslub
Ushbu uslub shug‘ullanuvchilarning harakat faoliyatini faolligida tashkil 
topadi.
Mashq qilish uslubi haraatini ko‘pmarta takrorlashni nazarda tutgan holda u 
o‘yin texnikasi elementlarini yoki o‘yin yo‘llarini egallashga yordam beradi. 
Takrorlashni to‘liq yoki qismlar bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Barcha 


[91] 
qismlarga bo‘lib o‘rganish harakatni ayrim qismlarini egallashni keyinchalik uni 
bir butun qilib birlashtirishni nazarda tutiladi. Bu ajratish faqatgina shunda zarurki 
qachonki qayerda o‘rgatishda u unga katta bo‘lmagan samara berish mumkin.
Bo‘lim o‘yin mashqi shaklidagi xarakterga ega berishi kerak, ya‘ni ayrim 
haraktni tamom qilingan shaklida. Voleybolda hujumkor zarba berishni o‘rganish 
uchun bu ko‘p sakrash va sakrab to‘pni ilib olish to‘pni o‘zi tashlash bilan 
hujumkor zarba berish. Bo‘lim uslubiyatini faqatgina boshlang‘ich bosqichda 
o‘rgatish tavsiya qilinadi. Qachonki harakat o‘zlashtirilib olingandan keyin uni 
boshqa uslublar yordami bilan mustahkamlanadi.
Yordamchi mashqni qo‘llash yengillashgan sharoitda mashqni bajarish 
metodik yo‘llari, eng ko‘p samara beradi. Ularni tanlash va murakkabligi 
o‘qituvchi tomonidan aniq belgilanadi va o‘qituvchining tayyorgarligiga bog‘liq 
bo‘ladi. O‘yin harakatini mustahkamlash murakkablashgan sharoitda mashqni 
bajarish vaziyatida o‘tadi.
O‟yin uslubi 
O‘yin uslubiyati texnika elementlarini egallagandan keyin qo‘llaniladi. 
O‘ynovchilarni o‘rtasidagi o‘zaro harakatni o‘rgatishda, texnik uslublarni 
takomillashtirishda o‘yinda muvaffaqiyatli ravishda 2x2, 3x3, 4x4 beshta xalqaga, 
bitta darvozaga va boshqa o‘yin qo‘llaniladi. O‘yin uslubiyati musobaqalashish 
bilan muvaffaqiyatli bilan birga ko‘chib bajariladi. Bu esa qiziqishni ortiradi, 
yuqori emotsional kayfiyatni keltirib chiqaradi o‘yin yo‘lini yoki o‘yin mashqini 
bajarishda malakasini yaxshi mustahkamlashga yordam beradi. Uni asosiy 
mohiyati shundan iborat bo‘ladiki o‘yin qoidalariga rioya qilgan holda, bitta o‘yin 
harakatini yoki ularni kompleksini bajarishda musobaqalashadi.
Sport o‘yinlarida o‘yin yo‘llarini takomillashtirishda chegara yo‘q, ular 
musobaqalarda mustahkamlanadi va takomillashtiriladi.

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin