[43]
Muayyan musobaqalarga mo‗ljallangan taktik yo‗nalish, taktik shakl, usul va
vositalar oldindan rejalashtirilgan strategik dasturga bo‗ysinishi lozim. Barcha taktik
harakatlar taktik bilimlar, fikrlash, vaziyatni to‗g‗ri baholash,
maqsadga muvofiq
qaror qabul qilish, jismoniy qobiliyat, texnik mahorat va iroda imkoniyatlariga
asoslanishi kerak.
Taktik harakat kibernetika nuqtayi nazaridan
murakkab vaziyatda eng
samarali qarorni topish va unga munosib harakat qilish bilan bog‗liq bo‗lgan o‗z-
o‗zini sozlab boshqaruvchi faoliyatni anglatadi.
Taktik harakat MNSning afferent – efferent nerv retseptorlari, tolalari
ishtirokida tashqi muhit ta‘sirotlarini qabul qilish,
xotirada saqlash, tahlil qilish,
vaziyatga munosib ravishda qayta ishlab, motivizatsiyani qoniqtiruvchi qarorga kelish
kabi faoliyatlar bilan bog‗liq bo‗lgan psixofiziologik jarayondan iboratdir.
Taktik harakatning samarali bo‗lishida bosh miya yarim sharlarit vaziyatini
oldindan bilish (aks ettirish) qobiliyati alohida o‗rin egallaydi. Mazkur qobiliyat
musobaqa vaziyatlariga nisbatan to‗g‗ri qarorga kelish va
maqsadga muvofiq taktik
harakat qilish samarasini oshirishga imkon yaratadi. Albatta, bunday qobiliyatni
takomillashuvi sportchini o‗yin tajribasiga bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun o‗quv-
mashg‗ulotlar jarayonida hali ro‗y bermagan vaziyatni oldindan fahmlash, unga xos
qarorni tayyorlash va taxminiy harakat rejasini xotirada aks ettirish qobiliyatlarini
rivojlantirishga oid mashqlarni tanlash va ulardan unumli foydalanish juda katta
ahamiyatga ega. Yuqori darajada takomillashgan mazkur qobiliyat taktik va strategik
rejani amalga oshirishda muhim poydevor bo‗lib hisoblanadi.
Oldindan fahmlash va vaziyatga munosib
harakat qilish qobiliyatini
rivojlantirishga oid mashqlar qo‗llashda 3 ta jarayondan iborat faoliyatni bajarish
zarur bo‗ladi.
O‗yin taktikasi ikki qismdan: hujum va himoya taktikasidan iborat bo‗lib,
individual, guruhli va jamoa taktik harakatlari asosida amalga oshiriladi. O‗yin
taktikasining tasnifi 4-andozada aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: