Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


Yuqoridan to„g„ri to„p kiritish



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Yuqoridan to„g„ri to„p kiritish
. O‗yinchi to‗rga qaragan holda yuqori holatni 
egallaydi . 
10-rasm 
To‗p ko‗krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo‗yiladi (zarba 
beruvchi qo‗lga nisbatan qarama-qarshi). To‗p 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, 
o‗yinchi qo‗lini yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qo‗l - yelkasini 
orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba to‗g‗ri qo‗l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu 
usul ikki xil variantda: to‗pga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan 
amalga oshirilishi mumkin. To‗pga aylanma harakat bermasdan to‗p kiritish usuli 
birmuncha murakkab usul hisoblanadi. Bu usulda quyidagi elementlarning 
bajarilishiga qat‘iy amal qilish zarur. Bular: to‗pning qoq o‗rtasiga zarba berish; to‗p 
tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); zarba beruvchi qo‗lni orqaga nisbatan 
qisqa harakatlantirish; kuchli (tezkor) va «aldamchi» (sekin) zarbalar berish. Hujum 
zarbasini 2 yo‗l bilan bajarish mumkin: to‗g‗ri (to‗rga nisbatan to‗g‗ri turgan holda) 
va yon tomon bilan (to‗rga nisbatan). 


[38] 
Yuqoridan yon tomon bilan to„p kiritish. 
Yuqoridan yon tomon bilan to‗p 
kiritish usulida o‗yinchi to‗rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan 
holda turadi. To‗p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O‗ng qo‗l bilan 
zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga tushirilib, 
gavdaning og‗irligi o‗ng oyoqqa o‗tkaziladi. Zarba beruvchi qo‗l orqadan-yuqoriga 
yoy bo‗yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi. Gavda chapga buriladi va 
og‗irlik kuchi chap oyoqqa ko‗chiriladi. Bu harakat zarbaning kuchini oshirishga 
xizmat qiladi. 
11-rasm 
Sakrab to„p kiritish
. Hozirda sakrab to‗p kiritish usuli keng qo‗llanilmoqda. 
Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga o‗xshashligi 
sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin