[32]
4 -rasm
1.4.To„p uzatish
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay
sharoit yuzaga keltiriladi. To‗pni: tayanch holatdan ikki qo‗llab, sakrab ikki qo‗llab,
sakrab bir qo‗llab, orqaga yiqilib turib ikki qo‗llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan
voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.
Yo‗nalishi bo‗yicha to‗p uzatishlar (to‗p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha
bo‗ladi: oldinga, o‗z ustiga, orqaga.
Uzunligi bo‗yicha: uzun – zonalar osha; qisqa –
zonadan zonaga;
qisqartirilgan – zona doirasida.
Balandligi bo‗yicha: baland – 2 m dan yuqori, o‗rtacha – 2 m gacha, past – 1
m gacha. Yuqoridagi ko‗rsatkichlarga bog‗liq holda to‗pga sekin, tez va katta
[33]
tezlanish beriladi. To‗pni to‗rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq
masofada berish mumkin.
To‗pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo‗lning to‗pga
qarama-qarshi
harakati, amortizatsiya va to‗pni yo‗naltirishdan iborat bo‗ladi. Dastlabki holatdan
to‗p tomon harakatlangandan so‗ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining
buqilish darajasi to‗p yo‗nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog‗liq holda,
oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo‗lga nisbatan qarama-qarshi)
bir oz
oldinda bo‗ladi. Qo‗llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan
bo‗ladi.
5-rasm
6-rasm
[34]
Qo‗llar to‗p bilan yuz tepasida to‗qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy
nagruzkani
qabul qiladi, ko‗rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy bo‗ladi.
O‗rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to‗pni yon tomondan
ushlab turishga xizmat qiladi. To‗pga yo‗nalish berishda qo‗l, oyoq va gavda
mushaklarini kuchlanishi o‗zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi.
Bunda
gavdaning UOM birmuncha yuqoriga–oldinga ko‗chadi va gavdaning og‗irligi ikki
oyoqning uchiga tushadi. Qo‗llar to‗pni uzatish oxirida to‗liq to‗g‗rilangan holatda
bo‗ladi.
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to‗p baland berilganda
yoki to‗pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to‗p
uzatish usulidan
foydalaniladi. Bu holatda qo‗llar bosh ustidan birmuncha baland ko‗tariladi va
qo‗llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to‗p uzatiladi. Xuddi
shu holatda qisqa to‗p uzatishda asosiy harakat qo‗l barmoqlarining faol ishlashi
hisobiga amalga oshiriladi
4
7-rasm
To‗pni orqa tomonga (mo‗ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda
o‗yinchi to‗pning tagiga kirib boradi. Bunda qo‗lning orqa kaft qismi bosh
3
B.Nigmonov, F.Xo‘jayev, K.Raximqulov. ―Sport o‘yinlari‖ kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: «Ilm ziyo».2007 y
[35]
orqasigacha ko‗tariladi. To‗p uzatish qo‗llarni tirsak qismida
bukib-yozish hisobiga
bajariladi,
gavda
orqaga-yuqoriga
harakatlanadi,
bunda
harakat
umurtqa
pog‗onasining ko‗krak va bel qismlarining buqilishi hisobiga bo‗ladi. Sakrab orqaga
to‗p uzatish xuddi tayanch holatda orqaga to‗p uzatish kabi bajariladi. To‗p
uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qo‗l bilan to‗p uzatishdir. Bu usul to‗p
to‗r ustiga kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo‗l tirsaklarda
buqilib, oldinga chiqariladi. Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar buqilib, tarang holga
keltiriladi. To‗p uzatish tirsak bo‗g‗inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi.
8-rasm
Dostları ilə paylaş: