Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


“Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi”



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

“Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi”
mavzusi bo„yicha nazorat savollari 
1. Voleybol qachon, qayerda va kim tomonidan ixtiro qilingan? 
2. Voleybol o‗yinining birinchi qoidalari va ularni o‗zgarish 
dinamikasiga tafsilot bering. 
3.Voleybol O‗zbekistonda qachon va qayerda vujudga kelgan? 
4.. Voleybolni mustaqillikkacha va mustaqillikdan so‗ng rivojlanish 
tarixiga oid ma‘lumotlarni izohlab bering. 
3. O‗zbekistonda voleybolni bugungi ahvoli, uni «Umid nihollari», 
«Barkamol avlod» va «Universiada» kabi ommaviy musobaqalardagi o‗rni. 
4. O‗zbekistonda voleybol inshootlari va voleybolni yanada 
rivojlantirish imkoniyatlari. 
1.2. Voleybol o„yin texnikasi va taktikasi 
Voleybol o‗z mohiyati, mazmuni va xususiyati bilan boshqa sport 
o‗yinlaridan farq qiladi. Voleybol o‗yini nisbatan kichik bo‗lgan, ya‘ni o‗rtasidan teng 
ikkiga bo‗lingan 18x9 metrli to‗g‗ri burchakli to‗rtburchak shaklidagi maydonchada 
amalga oshiriladi. Zamonaviy voleybol turli o‗yin malakalari va taktik 
kombinatsiyalarga nihoyatda boy bo‗lib, o‗ta katta shiddat va tezlikda o‗tadi. 
Binobarin, voleybolning yuqorida zikr etilgan o‗ziga xos xususiyatlari o‗yinchilardan 
mukammal takomillashgan texnik mahorat talab qiladi. Musobaqa o‗yinlarida texnik 
mahorat qanchalik keng va tashqi ta‘sirlarga nisbatan mukammal shakllangan bo‗lsa, 
shunchalik g‗alabani qo‗lga kiritish imkoni ko‗p bo‗ladi. 
O‘yin texnikasi
– bu bir vaqtning o‗zida ketma-ket va muayyan maqsadli 
tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlar majmuasidir. O‗yin 


[26] 
texnikasi – harakatni aniq, tez, engil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarf etib yuqori 
samarada bajarishga mo‗ljallangan bo‗lishi lozim. 
«Texnika» atamasi yunoncha (tehnus) so‗z bo‗lib, juda keng ma‘noda 
foydalaniladi va o‗zbek tilida «san‘at» tushunchasini anglatadi. Miloddan avvalgi 
776-yildan boshlab har 4 yilda Yunonistondagi Olimp tog‗larining etagida joylashgan 
Olimp qishlog‗ida Xudo Zevs sharafiga o‗tkaziladigan umumyunon bayram 
musobaqalari ishtirokchilari 2 g‗ildirakli aravachada poyga, mushtlashish, beshkurash 
sporti bo‗yicha o‗z san‘atlarini (texnikasini) namoyish etganlar. Qizig‗i shundaki, har 
bir ishtirokchi musobaqadan oldin o‗z qaddi-qomatini, mushaklarini shakllanganligi 
va boshqa shu sportga oid xislatlarni namoyish qilishi mazkur musobaqaning 
shartlaridan biri bo‗lgan. Demak, muayyan sport turi bilan shug‗ullanish natijasida 
odamning qaddi-qomati, mushaklari va organizmning jamiyki barcha organlari 
shakllanadi, binobarin sportchining texnik mahorati, san‘atini takomillashishi 
ta‘minlanadi. 
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor, 
sovutgich, soat va hokazo), ularning texnik pasporti mavjud bo‗lib, unda mazkur 
vositaning texnik ko‗rsatkichlari va o‗lchamlari berilgan bo‗ladi. Sportda ham 
muayyan harakat malakasining o‗ziga xos texnik ko‗rsatkichlari, o‗lchamlari va uni 
ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir. 
Voleybol o‗yini texnikasi o‗yinni olib borish uchun zarur bo‗lgan harakat 
usullari majmuasidan iboratdir. Harakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga 
muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi. O‗yindagi har bir texnik usulni 
bajarish bir-biri bilan uzviy bog‗langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. Harakat 
texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va yetarli 
bo‗lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning muayyan 
izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o‗rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar). 
Texnikaning asosiy qismi – ma‘lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng 
muhim va hal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan qisqa 
vaqt oralig‗ida katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi. 


[27] 
Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan 
ikkinchi darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli sportchilarda turlicha bo‗lib, bu 
ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog‗liq bo‗ladi. 
Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma‘lum bir 
fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va 
yakunlovchi fazalarini belgilab qo‗yish mumkin. 
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun qulay 
sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma harakatlarni 
(to‗siq qo‗yganda, koptokni o‗yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish 
bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal 
qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu fazadagi eng muhim narsa 
harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo‗nalishda samarali 
foydalanishdan iboratdir. 
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavda muvozanatini saqlash maqsadida 
so‗nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinamik o‗yin bo‗lganligi 
sababli voleybolchi turli texnik usullarni egallashi, o‗yin vaziyatidan kelib chiqqan 
holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o‗yinchining texnik 
mahoratini belgilaydi. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin