Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Nazorat savollari 
1.
Voleybol o‗yin texnikasi deganda nimani tushunasiz? 
2.
«Texnika» atamasi nimani anglatadi? 
3.
Yuqori texnik mahorat belgilari nimalar? 
 
1.3. Voleybol o‟yinida hujum texnikasi va taktikasi 
Holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar 
 
Holatlar.
Voleybol o‗yinida o‗yinchilar to‗p bilan qisqa vaqt ichida harakat 
qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o‗yin sharoitida o‗yinchi to‗p bilan o‗ynashi 
uchun yuqori tayyorgarlik ko‗rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini 
bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak. 
Hujum zarbasini berish va to‗siq qo‗yishda – baland, o‗yinga kiritilgan to‗pni 
qabul qilishda – o‗rta, hujum zarbasini yoki to‗siqdan pastlab qaytgan to‗pni qabul 
2
Волейбол.Teri Clemens,Jenni McDowell.Human Kinetics-2012 


[30] 
qilishda – past holatlar egallanadi
. Bunda UOM (umumiy og‗irlik markazi)ning 
holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi. Shuni ham ta‘kidlash 
o‗rinliki, o‗yinchining bo‗yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta‘sir 
ko‗rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bo‗lishi kerakki, bunda 
UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‗rsatish 
imkoniyatini bera olsin. 
1-rasm 
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo‗llanilish xususiyatiga qarab statik 
(o‗yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga 
o‗tkazish bilan to‗pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to‗siq qo‗yishni 
ko‘tishda) holatlarda bo‗ladi. Bu turish holatlarida qo‗llar bel barobarida, barmoqlar 
kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo‗ladi. Gavda erkin holatda 
bo‗lishi kerak
2

Harakatlanish
. O‗yinchi ma‘lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon 
bo‗ylab harakatlanadi. Bunda usul va o‗yinning vaziyatiga bog‗liq holda, qadam 
tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli 
harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar 
birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bo‗ladi. Yon tomonga 


[31] 
qadamlashdan ko‗p hollarda katta bo‗lmagan masofani bosib o‗tish bilan to‗siq 
qo‗yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to‗siqdan o‗z yo‗nalishini o‗zgartirib 
qaytgan to‗pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat 
yo‗nalishiga yaqin bo‗lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish bilan 
bo‗ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo‗llaniladi. 
Ko‗rib chiqilgan harakatlardan ko‗p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin