Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


 Voleybolning O„zbekistonga kirib kelishi



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

1.1. Voleybolning O„zbekistonga kirib kelishi 
va rivojlanishi 
Tarixni, ajdodlarimiz merosini bilmay turib bugungi kunga baho berish, 
kelajak loyihasini chizish va istiqlol binosini qurishga kirishish boshi berk 
ko‗chaga kirib qolish ehtimolidan holi emas. Shuning uchun har bir sohani 
joylarda vujudga kelishi va rivojlanish tarixini o‗rganmay shu sohani bugungi va 
ertangi istiqbolini ta‘minlash mushkul muammodir. Voleybol jismoniy tarbiya va 
sport tizimining yirik va mustaqil irmoqlaridan biri hisoblanib, O‗zbekiston, uning 


[14] 
viloyatlari va tumanlarida o‗ziga xos rivojlanish tarixiga ega. Voleybol 
O‗zbekistonda eng ommalashgan sport turlari qatoriga kirsa-da, respublikamizning 
barcha mintaqalarida u turli darajada «obro‗-e‘tibor» qozonib kelgan. Toshkent 
shahri va Toshkent viloyatida, vodiy shahar va qishloqlarida voleybol boshqa 
viloyat tumanlaridagiga nisbatan samaraliroq «hurmat»ga sazovor bo‗lgan. Bunday 
vaziyatning sabablari deyarli shu viloyatlar tarixiy-ijtimoiy negizlari bilan bog‗liq 
deb taxmin qilinsa-da, lekin masala chuqur izlanishni, mavzuga oid tarixiy 
ma‘lumotlarni ilmiy asosda o‗rganishni taqozo etadi. 
Voleybol O‗zbekistonda qachon, qayerda va qanday vaziyatda vujudga 
kelgani haqida aniq ma‘lumot yo‗q. Lekin ayrim taxminlarga qaraganda 1921–24-
yillarda voleybol o‗yini Qo‗qon, Toshkent va Farg‗onada vujudga kela boshlagan. 
O‗sha davrning sport veterani K.Lebedevning hikoyasiga binoan 1924–25-yillarda 
ko‗pgina yoshlarni doira shaklida joylashib bir-birlariga to‗p uzatish o‗yinlari 
tarqala boshladi. Qiziq, mazkur davrda voleybol bo‗yicha qabul qilingan xalqaro
musobaqa qoidalari ancha takomillashgan bo‗lib, maydoncha 9x18 m, to‗p bilan 
faqat uch marta o‗ynash mumkinligi, o‗yinchilar tarkibi bir jamoada 6 kishidan 
iborat bo‗lishi, to‗rni balandligi 243 sm (erkaklar uchun), hisob 15 ochkoga 
yetganda o‗yinning bir bo‗limi yakunlanishi, to‗pni o‗yinga kiritish – xullas, 
barcha o‗yin qoidalari zamonaviy voleybol o‗yini qoidalariga o‗xshash edi. Shunga 
qaramay O‗zbekistonda voleybol qoidalari 1924–25-yillarda hali ancha sodda 
bo‗lgan. O‗sha davrning V.I.Perevoznikov degan sport ixlosmandining aytishicha, 
1926-yilda Toshkent shahridagi Chernishevskiy nomli maktab o‗qituvchisi 
Moskvadan musobaqa qoidalari, voleybol to‗ri va to‗pini birinchi bor keltirgan. 
1927-yilning 26-aprelida esa aynan shu maktabning voleybol to‗garagi jamoasi 
birinchi rasmiy musobaqa tashkil etib, unda u yuksak mahorat ko‗rsatdi va 
musobaqa g‗olibi bo‗ldi. Mazkur musobaqa voleybolni ommaviylashishi va 
shakllanishida katta burilish kashf etdi. 1927-yilning yoz oylaridan birida voleybol 
bo‗yicha Toshkent shahar birinchiligi o‗tkazilib, unda 9 ta voleybol jamoasi 


[15] 
ishtirok etdi. Chernishevskiy nomli maktab voleybol jamoasi bu musobaqada ham 
g‗oliblikni qo‗ldan bermadi. 
1927-yilda Toshkentda 6 ta voleybol maydonchasi mavjud bo‗lib, ular 
Chernishevskiy va KIM nomli maktablarda, Mexanika texnikumida (2 ta), 
«Metallist» sport to‗garagi qoshida va Profintern yozgi sport klubida joylashgan 
edi. 
1928-yilda Toshkentda kuzgi voleybol musobaqalari bo‗lib o‗tdi, unda 10 
ta erkaklar va 4 ta ayollar jamoalari qatnashgan edi. 1929-yildan boshlab voleybol 
bo‗yicha Toshkent shahar birinchiligi muntazam o‗tkazila boshladi. 
1930-yillarda «Dinamo» ko‗ngilli sport jamiyatida voleybol jamoalari 
tuzildi. Ilk bor tuzilgan «Dinamo» voleybol jamoasining birinchi murabbiysi 
B.A.Voronsov O‗zbekistonda voleybolning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‗shdi. 
Shu bilan bir qatorda malakali mutaxasislarni yetishmasligi, ayniqsa mahalliy 
millatga mansub yo‗riqchi, murabbiy va tashkilotchilarni sanoqli bo‗lganligi 
voleybolning uzoq viloyat va qishloqlarda quloch yozishiga halaqit berib keldi. 
Mehnatkashlarni, ayniqsa ayollarni jismoniy tarbiya va sportga, jumladan, 
voleybolga jalb qilish maqsadida Toshkent shahar Kengashi Toshkent mavze 
qo‗mitasi bilan birgalikda 1929-yil 25-apreldan 15-maygacha Respublika 
miqyosida amaliy haftalik tashkil qilgan edi. Mazkur tadbir sezilarli natijalar berdi. 
Jumladan, joylarda jismoniy tarbiya va sport, aksariyat voleybol bilan 
shug‗ullanuvchilar soni keskin ortib borishi ko‗zga tashlandi. Ko‗pgina joylarda 
voleybol maydonchalari va boshqa sport inshootlari barpo etilishi avj olib bordi. 
O‗quv-mashg‘ulot ishlariga va mutaxassislarning malakasini oshirishga, alohida 
ahamiyat berildi. 1929-yil 30-sentabrda Samarqandda mahalliy millatga mansub 
bo‗lgan yoshlardan iborat jismoniy tarbiya va sport bo‗yicha yo‗riqchi-
tashkilotchilar tayyorlandi. 
1933-yilda O‗zbekiston Spartakiadasi o‗tkazildi. Erkaklar o‗rtasida 
«Dinamo» va ayollar bahsida «O‗ztrans» jamoalari birinchi o‗rinni egalladi. 


[16] 
1934-yil o‗zbek voleyboli uchun muhim burilish yili bo‗lib qoldi. 
Jumladan, o‗zbek voleybolchilari birinchi bor Moskvada mamlakat birinchiligida 
ishtirok etdi. Shu yili voleybol birinchi bor O‗rta Osiyo va Qozog‗iston 
Spartakiadasi dasturidan o‗rin oldi. 
1936-yilda Toshkentda «Jismoniy tarbiya turkumi» va «Fizkultura UYI» 
ochilishi voleybolning yanada ommaviylashishida katta ahamiyat kashf etdi. 
Bundan tashqari, Toshkent moliya-iqtisod institutida voleybol bo‗yicha mashg‗ulot 
va musobaqalar o‗tkazishga mo‗ljallangan katta sport zali ochildi. Samarqandda 
shahar ma‘muriyati va shahar fizkultura Kengashi Qaroriga binoan 60 kishiga 
mo‗ljallangan voleybol sport maktabi ochildi. 
Shuni ham ta‘kidlash o‗rinliki, o‗zbek voleybolini ilk bor ravnaq topishida 
A.Saakov, G.L.Keshishev, V.X.Shnurov, V.F.Shveduks, A.A.Bogachenko, 
B.A.Voronsov kabi murabbiylarning xizmati alohida ahamiyatga ega. 
1938-yilga kelib O‗zbekistonda kuchli jamoalarning soni 72 taga yetdi. 
Bular SAGU «Dinamo», ODO, Qurilish texnikumi, «Lokomotiv», O‗zTRANS, 
SazPI (Toshkent), Farg‗ona, Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog‗iston, Samarqand, 
Qo‗qon va boshqa jamoalardir. 
1938-yilning dekabridan boshlab birinchi bor Konstitutsiya kuniga 
bag‗ishlangan an‘anaviy musobaqalar tatbiq etildi. 
1939-yilning fevral oyida Toshkentga Moskva «Lokomotiv» jamiyatining 
kuchli voleybol jamoalari tashrif buyurishdi. O‗tkazilgan musobaqalarda 
Toshkentning ayollar terma jamoasi 2:1 hisobi bilan g‗alaba qozonishgan bo‗lsa, 
erkaklar jamoasi mag‗lub bo‗ldi. 
Voleybolning yanada ommaviylashishiga va voleybolchilar mahoratining 
oshishiga 1939-yilda o‗tkazilgan mamlakat birinchiligining Toshkentda tashkil 
qilingan zonal musobaqalari katta asos bo‗ldi. Bu zonal musobaqalarda «Nauka» 
(Tbilisi), «Spartak» (Stalinobod), «Uchitel» (Chkalov), «Lokomotiv» (Baku), 


[17] 
«Uchitel» (Kuybishev), «Spartak» (Ashxabad) va «Stroitel» (Toshkent) jamoalari 
ishtirok etishgan edi. Toshkentning erkaklar jamoasi uchinchi, ayollar jamoasi 
to‗rtinchi o‗rinni egalladi. 
Ulug‗ Vatan urushi yillarida musobaqalar soni ancha kamaygan bo‗lsa-da, 
voleybol aholini jismoniy-harbiy tomondan tayyorlashda o‗z vazifasini topdi. 
O‗sha davr hisoblariga qaraganda 1941-yilning 1-yanvarida e‘lon qilingan 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha respublikada voleybol bilan shug‗ullanuvchilarning soni 
14429 kishini tashkil etgan. 
1941-yilning oktabr oyida O‗zbekistoning barcha viloyat, shahar va 
tumanlarida harbiy o‗quv shaxobchalari tashkil etilib, ular faoliyatida jismoniy 
tayyorgarlikka alohida e‘tibor berildi. 1943-yil 18-iyulda O‗zbekiston sportchilari 
va sport ixlosmandlari «Mamlakat» fizkulturachilar kunini nishonlashdi. 
«Pishevik» stadionida mazkur sanaga bag‗ishlangan voleybol musobaqalari bo‗lib 
o‗tdi. 
Urushning og‗ir yillariga qaramasdan O‗rta Osiyo va Qozog‗iston 
Respublikasi Spartakiadasi o‗tkazilib, undagi dastur bo‗yicha tashkil etilgan 
voleybol musobaqalarida O‗zbekistonning erkaklar jamoasi birinchi o‗rinni, 
ayollar jamoalari bahsida esa Qozog‗iston sportchilari yuqori natijaga erishishdi. 
1944-yilda o‗tkazilgan navbatdagi O‗rta Osiyo va Qozog‗iston 
Respublikasi Spartakiadasida o‗zbek voleybolchilari yuqori mahorat namoyish 
etib, erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o‗rinni egallashga muyassar bo‗lishdi. 
1945-yildan boshlab jismoniy tarbiya va sport hamda jamoalarni qayta 
tiklash davri kuchga kira boshladi. 
1946-yili Toshkent, Andijon, Samarqandda shahar birinchiliklari, shu yil 
iyun oyida respublika birinchiligi o‗tkazilgan bo‗lsa, oktabrda Toshkentning 
«Lokomotiv» jamoasi Odessa shahriga «mamlakat» birinchiligida ishtirok etish 
uchun jo‗nadi. Mazkur musobaqada erkaklar va ayollar jamoalari o‗z guruhlarida 
to‗rtinchi va uchinchi o‗rinlarni egallashdi. 


[18] 
1947-yil 1-yanvarda berilgan hisobotlarga ko‗ra, voleybol bilan muntazam 
shug‗ullanuvchilarning soni 9278 kishini tashkil etgan. Respublika bo‗yicha 1 
razryadli voleybolchilar – 6 kishi, 2 razryad-lilar 344 kishini o‗z ichiga olgan. 
Bundan 
ko‗rinib 
turibdiki, voleybolning ommaviylik 
darajasi 
ham, 
voleybolchilarning mahorat saviyasi ham ko‗ngildagidek bo‗lmagan. 
Jismoniy tarbiya va sport qo‗mitasining 1947-yilgi hisobotida bu ahvol 
haqida Surxondaryo, Xorazm, Buxoro viloyatlaridagi sanoqli sport inshootlarining, 
jumladan, voleybol maydonchalarining hech qanday talablarga javob bermasligi 
qattiq tanqid ostiga olingan edi. 
O‗zbekistonda 
voleybolning 
ommaviylik 
doirasi 
kengayishiga 
respublikamizning 1948-yil 27-dekbrda qabul qilgan «Jismoniy tarbiya va sportni 
aholi orasida rivojlantirish hamda sportning ommaviyligini oshirish» haqidagi 
Qarori alohida kuch bag‗ishladi. 
1949-yildan qishloq sportchilariga, jumladan, kolxozchi-voleybolchilar 
sport harakatini jadallashtirishga katta e‘tibor berildi. Shu yili o‗tkazilgan qishloq 
sportchilarining VII Spartakiadasida ishtirok etgan voleybol jamoalarining 
umumiy soni 29887 kishiga yetgan edi. 
1947-yilda musobaqa qoidasiga o‗yin 5 partiya davom etishi haqidagi 
yangilik kiritilgandan so‗ng, shug‗ullanuvchilardan katta jismoniy tayyorgarlik, 
chidamkorlik va matonat talab qilina boshladi. O‗yinlar mazmuni va mohiyati 
yanada qiziqarli tomonga o‗zgara bordi. Lekin shunday bo‗lsa-da, o‗zbek 
voleybolchilarining mahorati hali ittifoqdagi kuchli jamoalarnikidan ancha past 
edi. 
Bulardan 1326 kishi institut talabalari bo‗lsa, qolganlari ishchilar, 
kolxozchilar, xizmatchilar va bolalarni tashkil etgan edi. 
1950-yillardan boshlab O‗zbekiston voleybolida uzluksiz hujum taktikasi 
ustunligi ko‗zga tashlana bordi. O‗yinlarda turli taktik kombinatsiyalar qo‗llana 
boshladi. 
1950-yilning 
iyulida Toshkent Temiryo‗lchilar bog‗ining sport 
maydonchalarida erkaklar va ayollar jamoalari o‗rtasida «Ittifoq» Kubogi o‗yinlari 


[19] 
o‗tkazildi. O‗zbek voleybolchilari bu musobaqada mag‗lubiyatga uchradilar. Bu 
mag‗lubiyat asosli edi, chunki raqib Moskvaning «Dinamo» jamoasi edi. Hisob 
0:3. 
1951-yildan o‗smirlar o‗rtasida «Ittifoq» birinchiligi o‗tkazila boshlandi. 
O‗zbek o‗smirlari 14-o‗rin bilan kifoyalandilar. 
1953-yilda musobaqa jadvalida qishki musobaqalar paydo bo‗ldi. 1954-
yildan boshlab voleybol bo‗yicha Ittifoq birinchiligi «A» va «B» guruhlariga 
bo‗lingan holda tashkil etila boshladi. O‗zbek voleybolchilari «B» guruhiga 
kiritildi. Shu yili «Ittifoq» musobaqalari yopiq sport maydonchalarida o‗tkazila 
boshladi. 
1954-yil 1-yanvarga kelib, voleybol bilan shug‗ullanuvchilar soni 64942 
kishiga ko‗paydi. Lekin respublikada, viloyat, tuman va qishloqlarda voleybolning 
mahorat darajasi juda past bo‗lib, yuqori malakali voleybolchilar sanoqli edi. 
1955-yilning sentabr oyida Toshkentda ilk bor O‗zbekiston Davlat 
jismoniy tarbiya instituti tashkil qilinib, uning tarkibida sport o‗yinlari kafedrasi 
faoliyat ko‗rsata boshladi. 1955-yildan boshlab respublikamiz voleybolchilari 
«Ittifoq» xalqlari Spartakiadasiga tayyorgarlik mashg‗ulotlari va musobaqalarni 
rejalashtirdilar. 
Chunonchi, 1955-yil yakunida Jismoniy tarbiya va sport qo‗mitasi taklifiga 
binoan Toshkentga Olma-Otaning erkaklar va ayollar jamoalari tashrif buyurishdi. 
Birinchi o‗yinda o‗zbek ayollar jamoasi 3:0 hisobida g‗alaba qozongan bo‗lsa, 
erkaklar jamoasi 2:3 hisobida mag‗lubiyatga uchrashdi. Ikkinchi o‗yinda ham 
ayollar (3:0), ham erkaklar (3:2) jamoalari g‗alaba nashidasini surishdi. 
1956-yili (iyul–avgust) Moskvaning Lujniki sport majmuasida «Ittifoq» 
xalqlari Spartakiadasi ochildi. Spartakiadaning voleybol musobaqalarida 
respublikamiz erkaklar jamoasi 14 va ayollar jamoasi 13-o‗rinlar bilan 
kifoyalandilar. 
O‗zbek voleybolchilari mazkur Spartakiadada yaxshi natijalarga erisha 
olmaganlaridan so‗ng, 1957-yildan boshlab «Ittifoqdosh» respublikalar voleybol 
jamoalari bilan qator o‗rtoqlik uchrashuvlari uyushtirildi. Jumladan, o‗zbek 


[20] 
voleybolchilari Boku, Tbilisi va Yerevan jamoalari bilan kuch sinashib, barcha 
o‗yinlarda mag‗lubiyatga uchrashdi. 
1958-yilda respublikamizda maktablararo musobaqalar avj oldi. Ayniqsa, 
bu davrda Oliy o‗quv yurtlari jamoalari o‗rtasidagi musobaqalar qizg‗in tus ola 
boshladi. SAGU va «Burevestnik» talabalari ko‗ngilli sport jamiyati jamoalari eng 
kuchlilar qatoridan joy olishdi. Maktab o‗quvchilari orasida Toshkentning 64-
maktab o‗smirlar jamoasi va 104-maktabning qizlar jamoasi mazmunli voleybol 
namoyish qildilar. 
1959-yilda o‗zbek voleybolchilari «Ittifoq» xalqlari Spartakiadasida 
ishtirok etib, erkaklar 14-o‗rin, ayollar jamoasi esa 11-o‗rinni egalladi. 
Shu yili, ya‘ni 1959-yilda O‗zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti 
o‗zining birinchi bitiruvchilarini qutladi. Ular orasida voleybol ixtisosligi bo‗yicha 
11 kishi oliy ma‘lumotga sazovor bo‗ldi (1 ta o‗zbek ayoli va 2 ta o‗zbek yigiti 
voleybol bo‗yicha institutni tugatishgan edi). 
1960-yilda «SKIF» voleybolchilari (erkaklar va ayollar jamoasi) yozgi 
respublika talabalar o‗yinlarida eng yuqori natijalarga erishishdi. Shu yili «SKIF» 
jamoalari Harkov shahrida o‗tkazilgan «Ittifoq» yozgi talabalar o‗yinlarida 
qatnashib, erkaklar jamoasi 13-o‗rinni, ayollar oxirgi 18-o‗rinni olishdi. 
1961-yil oktabr oyida Toshkentda O‗zbekiston ayollar Spartakiadasi 
ochildi. Bu tadbir ayollar voleybolining ommaviyla-shishida katta turtki bo‗ldi. 
1962-yilda Toshkentda Moskvaning «Burevestnik» ayollar jamoasi, 
«SKIF» va O‗zbekiston terma jamoalari uchrashuv o‗tkazdi. Bunda vakillarimiz 
g‗alabani boy berishdi. 
1963-yili «Ittifoq» xalqlari III Spartakiadasida respublikamiz erkaklar 
jamoasi 9, ayollar esa 15-o‗rinni egalladi.
O‗zbek voleyboli tarixida respublikamiz terma jamoalarining xalqaro
musobaqalarda ishtirok etib kelishi alohida ahamiyatga egadir. Shuni ta‘kidlash 
o‗rinliki, o‗zbek voleybolchilari o‗zining ilk bor xalqaro uchrashuvini 1935-yil 
oktabr oyida Toshkentda Afg‗oniston terma jamoasi bilan o‗tkazgan. Mazkur 
uchrashuv «Ittifoq» miqyosida birinchi xalqaro musobaqa bo‗lib o‗rin olgan. Bu 


[21] 
davrda xalqaro musobaqa qoidalari bir-biridan sezilarli darajada farq qilgan. 
Shuning uchun Afg‗oniston voleybolchilari bilan bo‗lgan uchrashuv shu davlat 
qoidalariga binoan o‗tdi. Chunonchi, maydonchada 9 kishi o‗z joylarini 
almashtirmasdan harakat qilishdi. Hisob 22 gacha davom etdi. 3 partiyadan iborat 
bo‗lgan o‗yin 2:0 hisobida bizning voleybolchilarimiz foydasiga hal bo‗ldi. 
1961-yili afg‗on voleybolchilari Toshkentga ikkinchi bor tashrif 
buyurishdi. Birinchi kuni mehmonlar 0:3 hisobida «Mehnat rezervlari», ikkinchi 
kuni esa 2:3 hisobida «ODO» jamoalariga uchrashuvni boy berishdi. 
Shu yili O‗zbekistonga Mongoliyaning erkaklar va ayollar jamoalari 
kelishdi. Mehmonlar respublikamizning «ODO», «SKIF» va «Burevestnik» 
jamoalari bilan kuch sinashdi va barcha uchrashuvlarda mag‗lub bo‗lishdi. 
1961-yilning dekabrida O‗zbekiston voleybolchilari Indoneziyaga o‗rtoqlik 
uchrashuvlari o‗tkazish uchun jo‗nashdi. Ular Suratayya shahrida qator 
uchrashuvlarda ishtirok etib bitta o‗yinda mag‗lub bo‗lishgan bo‗lsa, qolganlarida 
mezbonlar jamoasidan ustun kelishdi. 1962-yil iyun oyida O‗zbekistonning 
erkaklar va ayollar jamoalari Mongoliyaga jo‗nashdi va barcha uchrashuvlarda 
g‗oliblikni qo‗lga kiritishdi. 
1964-yil avgust oyida O‗zbekistonga javob safari bilan Indoneziyaning 
erkaklar va ayollar jamoalari tashrif buyurishdi. Mehmonlarning erkaklar jamoasi 
O‗zbekistonning «Dinamo» (Toshkent) jamoasi bilan o‗ynab, uchrashuvni 0:3 
hisobida boy berishgan bo‗lsa, Indoneziyaning ayollar jamoasi Toshkentning 
«Spartak» jamoasi qizlariga 2:3 hisobida yutqazishdi. 
Mazkur xalqaro o‗yinlarda erkaklar voleybol jamoasidan G.Xudyakov, 
G.Bagirov, R.Xusainov, Yu.Simonov, V.Kucherov, V.Ananich, ayollar jamoasidan 
esa M.Katasonova, T.Sklyarova, L.Raxmanqulova, Yu.Xoliqnazarova va 
L.Korchaginalarning alohida mahorat namoyish etganliklarini ta‘kidlash lozim. 
1974-yillarga kelib o‗zbek voleybolchilari Bangladesh, Hindiston va 
boshqa xorijiy davlatlarda xalqaro o‗rtoqlik uchrashuvlari o‗tkazib yuksak 
mahorat ko‗rsatishdi. Jumladan, 1976-yili ular Afg‗onistonda qator xalqaro
uchrashuvlarda ishtirok etib, o‗zlarining yuksak mahoratini yana bir bor namoyish 


[22] 
etishdi. 
1970-yildan to 1991-yillargacha o‗zbek voleybolchilari talaygina xalqaro
rasmiy va o‗rtoqlik musobaqalarida ishtirok etib kelishgan. O‗tgan davr ichida 
yuqori malakali voleybolchilar doirasi kengaya bordi. Bular qatoriga Olimpiada 
chempionlari V.Duyunova, L.Pavlova, yoshlar o‗rtasida Ovrupa chempionlari 
L.Ishmayeva, L.Suleykina, O.Belova, L.Lepilina, O.Dubyaga, S.Myachin kabilar 
kiradi. Shuni ham alohida ta‘kidlash joizki, Respublikamizning erkaklar va ayollar 
jamoalari qator nufuzli musobaqalarda – chempionatlar, xalqlar spartakiadasi, 
maktablararo spartakiada va yoshlar sport o‗yinlarida ishtirok etib, sharafli 
o‗rinlarni olishga sazovor bo‗lishgan. Jumladan, 1967-yil – xalqlar spartakiadasi – 
erkaklar 6-o‗rin; 1971-yil – ayollar 5-o‗rin; 1972-yil – maktablararo spartakiada – 
qizlar jamoasi chempionlik unvoniga sazovor bo‗lishdi, o‗g‗il bolalar – 8-o‗rin; 
1973-yil – yoshlar sport o‗yinlari – qizlar 4-o‗rin, o‗g‗il bolalar 6-o‗rin; 1975-yil – 
xalqlar spartakiadasi – erkaklar 8-o‗rin, ayollar – 5 o‗rin; 1978-yil – Kubok 
musobaqalarida Toshkentning «Dinamo» jamoasi 3-fahrli o‗rinni egallashga 
sazovor bo‗lgan; 1979-yil – xalqlar spartakiadasi – ayollar 6-o‗rin; 1983-yil – 
erkaklar 8-o‗rin, ayollar 7-o‗rinni egallashgan. Ushbu davr ichida erkaklar, ayollar 
va o‗smirlar jamoalari O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan ustoz-murabbiylar 
V.Shnurov, G.Keshishev, A.Izrailov, V.Shveduks, L.Gurfinkel, M.Gal‘perin, 
A.Lopatin, A.Mansurov, G.Bagirov, V.Kinshakov va A.Koneyevlar rahbarligida 
mahalliy va horijiy musobaqalarda ishtirok etishgan.
Muvofiq yillarda ushbu natijalarga binoan o‗zbek voleybolchilari 
mamlakatimiz tarixida ilk bor sport ustalari unvoniga sazovor bo‗lishdi: bular – 
G.Xudyakov, 
G.Bagirov, 
Yu.Simonov, 
V.Kucherov, 
V.Ananich 
va 
R.Xusainovlardir. 
Ayollar o‗rtasida esa L.Velichko, T.Sklyarova, M.Katasonova, 
L.Ishmayeva, L.Raxmanqulova, S.Gapirdjanova va boshqalar birinchi bor sport 
ustasi degan nomga sazovor bo‗ldilar. 
Vatanimizning o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritishi o‗zbek voleybolining 
xalqaro miqyosdagi o‗rniga ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. Chunonchi, 1993-yil


[23] 
24–31-iyulida Shanxay (XXR) shahrida o‗tkazilgan Osiyo Chempionatida 
mustaqil O‗zbekistonning ayollar milliy terma jamoasi voleybol tarixida birinchi 
bor ishtirok etib, faxrli 6-o‗rinni qo‗lga kiritdi. Mazkur chempionatga qadar ushbu 
musobaqalarga tayyorgarlik maqsadida Amerika Qo‗shma Shtatlarining bir necha 
shaharlarida bo‗lib, turli universitetlar voleybol jamoalari bilan o‗rtoqlik 
uchrashuvlarini o‗tkazishdi va o‗yinlarda muvafaqqiyat qozonishgan edi. 
1994-yilda Taylandda o‗tkazilgan «Prinsessa Kubogi» musobaqalarida 
L.Ayrapetyants rahbarligida tashkil etilgan «SKIF-Interkross» klubi qoshida tarkib 
topgan ayollar voleybol jamoasi ishtirok etib, maqtovga loyiq o‗yin namoyish 
etishdi. 
1997-yil 
21–28-sentabrda 
Manila 
shahrida 
o‗tkazilgan 
Osiyo 
Chempionatida ayollar terma jamoasi 6-o‗rin, 1998-yilda o‗tkazilgan Qozog‗iston 
Respublikasi Prezidenti Kubogi xalqaro turnirida 3-o‗rin, shu yili Taylandda 
o‗tkazilgan IX «Prinsessa Kubogi»da 6-o‗rin, 1998-yil 24–28-mayda Vetnamda 
o‗tkazilgan X Osiyo Klublararo Chempionatida 3-o‗rin, 1999-yil Vetnamda 
Janubi-Sharqiy Osiyo Chempionatida 2-o‗rin va shu yili Toshkentda o‗tkazilgan 
«Kubok Mikasa» xalqaro turnirida 1-o‗rinlarni olishga sazovor bo‗lgan. 
E‘tiborga loyiq joyi shundaki, istiqloldan so‗ng o‗zbek voleybolining 
taraqqiyoti respublikamizda yangicha yo‗nalishda davom etishi ko‗zga 
tashlanayotir. Jumladan, 1992-yildan boshlab muntazam o‗tkazilayotgan 
O‗zbekiston Chempionati voleybolning yanada rivojlanishiga va ravnaq topishiga 
katta ta‘sir ko‗rsatmoqda. 
Ayniqsa, so‗nggi yillarda tadbiq etilgan o‗quv muassasalari o‗rtasida 
o‗tkazilayotgan 3 bosqichli musobaqalar: «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va 
«Universiada» voleybolni o‗quvchi-talaba yoshlar o‗rtasida keng rivoj topishiga 
muhim turtki bo‗lmoqda. 
Shuni ta‘kidlash o‗rinliki, so‗nggi yillarda respublika miqyosida 
o‗tkazilayotgan musobaqalarda professional jamoalar doirasi kengayib bormoqda. 
Bular qatoriga «Kinap» (Samarqand sh.), «Viktoriya» (Navoiy sh.), MHSK 
(Chirchiq sh.), «SKIF» (Toshkent sh., O‗zDJTI) va hokazo jamoalar kiradi. 


[24] 
Mazkur voleybol jamoalarining a‘zolari bo‗lmish o‗yinchilar, sport ustalari 
A.Sovich, Sh.Muslimov, I.Vlasov, A.Popovkin, S.Juravlev, I.Tambiyev (hammasi 
«Viktoriya» jamoasidan), S.Banov, A.Ribalkin, A.Serebryannikov, S.Myachin 
(Toshkent-Samarqand jamoasidan), A.Kolesnikov, K.Pak, A.Jirnov, V.Petrov, 
M.Mamatyuk, F.Bavatov, D.Sultanov, S.Siddiqov, («SKIF»), A.Qosimov, 
R.Knyazev, I.Ermish («MHSK»), V.Domnidi (Qo‗qon) barcha musobaqalarda 
o‗zlarining yuqori saviyadagi mahoratlarini namoyish etganlar. Ayollar 
jamoalaridan «SKIF» (Toshkent) o‗yinchilari E.Shmitova, P.Kibardina, 
S.Ashurkova, O.Xujayeva, M.Martinenko (xalqaro toifadagi sport ustalari), 
E.Shpachuk, Ye.Korchagina, S.Grigoryeva va boshqalar «O‗zbekiston sport 
ustasi» degan nomga sazovor bo‗lishdi. 
Bu borada murabbiy-mutaxassis va tashkilotchilarni ham xizmati hurmatga 
sazovordir. 
Jumladan, 
A.Kim 
(Samarqand), 
T.Abramova 
(Toshkent), 
G.Ponomarev (Toshkent), A.Asqarov (Qo‗qon), M.Domnidi (Farg‗ona), 
Yu.Qo‘lakov (Qoraqalpog‗iston Respublikasi), A.Kazakov (Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi), L.Ayrapetyants (Toshkent) va boshqalarni alohida ta‘kidlab o‗tish 
o‗rinlidir. 
Musobaqa o‗yinlarining mazmunli, qiziqarli va shu bilan bir qatorda talab 
doirasida o‗tkazishda O‗zbekiston voleybol Federatsiyasining bosh kotibi, xalqaro
toifadagi hakam L.Ayrapetyants, milliy va respublika toifasidagi hakamlar 
V.Shnurov, V.Bardin, N.Yaparov, A.Pulatov, I.Zoxidov, N.Mamajonov, 
Sh.Isroilov va shu kabi ko‗pgina mutaxassislarning xizmati katta. 
O‗zbekiston voleybolini yangicha yo‗nalishda taraqqiy ettirishda uni 
viloyatlarda «harakatga» keltirish, xorijiy davlatlarni voleybol jamoalari bilan 
aloqa bog‗lashda, ular bilan rasmiy musobaqalarni tashkil qilishda O‗zbekiston 
voleybol Federatsiyasining Prezidenti E.M.G‗aniyev hamda Federatsiyaning 
barcha a‘zolari ibratli faoliyat ko‗rsatib kelmoqdalar. 
Istiqloldan so‗ng o‗tkazilgan O‗zbekiston milliy chempionatlari va 
«Universiada» natijalari 6, 7-jadvallarda keltirilgan. 


[25] 
Xulosa o‗rnida shuni aytish lozimki, O‗zbekiston voleyboliga oid tarixiy 
lavhalar mazkur o‗yinni qanday yo‗nalishlarda shakllantirishga, uning 
ommaviyligini yanada oshirishga hamda istiqbolini ta‘minlashga katta yordam 
beradi. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin