Mavzu: Klassik iqtisodiy maktabning yakunlanishi Reja



Yüklə 35,68 Kb.
səhifə1/3
tarix20.07.2023
ölçüsü35,68 Kb.
#136967
  1   2   3
johongirni mustaqil ishi



Mavzu: Klassik iqtisodiy maktabning yakunlanishi

Reja:
1.Jon Styuart Mill (1806-1873 y.)ning iqtisodiy qarashlari
2.Karl Marks (1818-1883y.) iqtisodiy ta’limotining umumiy tavsifi
3. A.Sеn-Simon, Sh.Furе va R.Ouen iqtisodiy qarashlari

Jon Styuart Mill (1806-1873 y.)ning iqtisodiy qarashlari
Jon Styuart Mill (1806-1873 y.) klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri hisoblanadi. Uning otasi Jeyms Mill iqtisodchi, D.Rikardoning yaqin og’aynisi bo’lib, o’g’lining tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullangan. Shuning uchun Millga o’n yoshidayoq jahon tarixini, grek va lotin adabiyotlarini ko’rib chiqishga to’g’ri kelgan. O’n uch yoshida u bir vaqtning o’zida falsafa, siyosiy iqtisod va boshqa fanlarni o’rganishni davom ettirgan holda Rim tarixini yozib chiqqan.
J.S.Mill o’zining birinchi siyosiy iqtisod bo’yicha «tajriba»sini 23 yoshida, ya’ni 1829 yil nashr etdi. 1843 yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari «Siyosiy iqtisod asoslari…» bo’lib, u 1848 yili chop etilgan. Bu asar beshta kitobdan iborat: (1)“Ishlab chiqarish”, (2)“Taqsimot”, (3)“Ayirboshlash”, (4)“Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va taqsimotga ta’siri”, (5)“Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta’siri to’g’risida”. Bu asarning so’z boshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy bilimlar darajasining yuksalib borishini va ilg’or zamonaviy g’oyalarni hisobga olgan holda A.Smitning “Odamlar boyligi ...” va D.Rikardoning “Siyosiy iqtisodning boshlanishi”ning yangilangan variantini yaratishni o’ziga maqsad qilib qo’ygan. Asarning ushbu yuqoridagi ko’rinishda tuzilishi esa, muallifning fikricha, Smit-Rikardo iqtisodiy nazariyalarini izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy bilimlarni tizimlashtirdi va ommaviylashtirdi, balki uning tomonidan bir qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va yakun dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida ta’riflaydi. Shu bilan birga, uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi.
Ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy fanning metodologiyasini takomillashtirish J.S.Millning asosiy xizmati hisoblanadi. U nazariy xulosalar faqat muayyan sharoitda to’g’ri bo’lishidan kelib chiqqan holda, har qanday nazariy chizma (sxema)ning nisbiyligini doimo ta’kidlagan va ko’p omilli tahlilning zarurligini ko’rsatib bergan. Tadqiqot metodi J.S.Millning tavsiyasiga ko’ra, ikki asosiy narsaga asoslanadi: 1) xulosa va yakun, odatda, faqat muayyan sharoitda to’g’ridir; 2) ular har tomonlama (universal) bo’lishi mumkin emas. Iqtisodiy hayotda bitta emas, balki juda ko’p sabablar amal qiladi. Ularni anglash, asosini ajratib olish juda qiyin, shuning uchun ularni chalkashtirib yubormaslik, sabab va oqibatni bir-biridan ajrata bilish lozim.
O’zgarib turuvchi sharoitlarni va o’zaro aloqalarni hisobga olgan holda turli kontseptsiya va qarashlarni, yondashuv va tavsiyalarni taqqoslash, to’g’ri xulosa chiqara bilish iqtisodiy bilimlarning meros bo’lib qolishini ta’minlaydi.
J.S.Mill klassik iqtisodiy maktabni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi. Biz uning asosiy iqtisodiy nazariyalarini quyida ko’rib chiqamiz.

Unumli mehnat nazariyasi. J.S.Millning bu nazariyasi o’z mohiyatiga ko’ra A.Smit nazariyasi bilan hamohang. J.S.Millning ta’kidlashicha, faqat unumli mehnat (natijasi ko’rinib turadigan mehnat) “boylik” ya’ni “moddiy ne’matlar”ni yaratadi. Uning nazariyasidagi yangilik shundan iboratki, mulkni muhofaza qiluvchi mehnatni va jamg’armalarni ko’paytirishga imkon beruvchi malakaga ega bo’lish uchun sarflanadigan mehnatni ham unumli deb hisoblaydi. J.S.Millning tasdiqlashicha, agar bu iste’mol “jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini qo’llab-quvvatlasa va ko’paytirsa”, unumli mehnatdan keladigan daromadlar unumli iste’mol hisoblanadi. Uningcha, unumsiz mehnatdan keladigan har qanday daromad bu–faqat unumli mehnat bilan yaratilgan daromadning oddiy qayta taqsimlanishidir. Agar u ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumini ta’minlasa, hatto ish haqi iste’moli unumli hisoblanadi, uning “zeb-ziynat” keltiradigan qismi esa unumsiz hisoblanadi.


J.S.Mill qiymat, almashuv qiymat, iste’mol qiymat tushunchalarini ko’rib chiqadi. Uningcha, qiymat ishlab chiqarish sohasiga emas, balki muomala sohasiga xos hodisa hisoblanadi va bir tovarni boshqa tovarga, shu jumladan, pulga ayirboshlash uchun xarakterli bo’lgan o’rtadagi nisbat hisoblanadi; bunday nisbat bozorda o’rnatiladi. Qiymat (qimmat) nisbiy tushuncha bo’lganligi sababli, u barcha tovarlar bo’yicha birdaniga oshishi mumkin emas. Almashuv qiymat (tovar bahosi) talab va taklif muvozanatlashgan nuqtada o’rnatiladi, ya’ni talab va taklifga qarab o’rnatiladi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklifni aniqlab beruvchi omil sifatida tavsiflanadi. Tovar qiymatning puldagi ifodasi uning bahosi hisoblanadi. Baho bevosita raqobat asosida o’rnatiladi. Raqobat esa xaridor arzon olishga, sotuvchi esa qimmat sotishga intilishi sababli kelib chiqadi. Erkin raqobatda bozor bahosi talab va taklif darajasiga qarab o’rnatiladi. Aksincha, «monopolist o’z ixtiyoricha xohlagan yuqori bahoni o’rnatishi mumkin, faqat u xaridor sotib olishi yoki xohishi mumkin bo’lgan bahodan yuqori bo’lmasa bas; ammo bunga u faqat taklifni kamaytirish yo’li bilan erishishi mumkin».
Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish xarajatlardan past bo’lishi mumkin emas, negaki hech kim o’z zarariga ishlashni xohlamaydi. Shuning uchun talab va taklif o’rtasidagi barqaror muvozanat «qachonki buyumlar bir-biriga faqat ularning ishlab chiqarish xarajatlariga mos ravishda ayirboshlangandagina o’rnatiladi». Kapital va foyda nazariyasi. J.S.Mill jamg’arish natijasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zahirasini kapital deb atagan. Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi. Kapitalning har bir ko’payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi. Agar mehnat qilishga qobiliyatli kishilar topilsa va ular yeyishi uchun ovqat bo’lsa, ulardan qandaydir ishlab chiqarishda doimo foydalanish mumkin. Chunki investitsiyaning asosi sifatida kapitalning tashkil topishi ish bilan bandlik doirasini kengaytirish imkonini beradi va agar «boylarning unumsiz xarajatlari» hisobga olinmasa, ishsizlikka barham berishi mumkin.
Ammo J.S.Millning ta’kidlashicha, kapitalning rivojlanishiga boshqa cheklanishlar ham xos. Ularning biri–kapitaldan keladigan daromadlarning kamayishidir. Uni J.S.Mill kapitalning me’yorli unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari miqdorini ko’paytirish ushbu miqdor ekvivalentiga nisbatan ko’proq mehnat sarflash evazigagina bo’lishi mumkin. Boshqacha bo’lishi aslo mumkin emas.

Umuman, foyda to’g’risidagi savolni tushuntirib berishda J.S.Mill D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O’rtacha foyda me’yorining vujudga kelishi shunga olib keladiki, bunda foyda ishlatilayotgan kapitalga mutanosib bo’ladi, baho esa–xarajatlarga. «Sarf-xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan joyda foyda ham bir xil bo’lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan narsalar bir xil qiymatga ega bo’lishlari kerak, shuning uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi».


J.S.Millning yozishicha, rentaga o’xshagan, maxsus ko’rinishga ega bo’lgan foyda ham amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to’g’risida boradi. Modomiki, uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega emas ekan, unda u «mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda ... ustunlikka ega bo’lgan kishi renta oluvchiga o’xshab ketadi».
J.S.Mill foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va D.Rikardo kabi tushuntiradi: «Foyda ayirboshlash natijasida emas…, balki mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot, mehnatkashlar ish haqi ko’rinishida iste’mol qiladigan mahsulotdan 20 foizga ko’p bo’lsa, unda bahoning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, foyda 20 foizni tashkil etadi».
Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari. Pulning mohiyatini J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasidan kelib chiqqan holda tahlil qiladi. U bu bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko’rsatadi. Bu nazariyaga muvofiq, pul miqdorining ko’payishi yoki kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Ammo agar uning miqdorining ko’payishi oldi-sotdi miqdorining ko’payishiga (yoki yalpi daromadga) muvofiq kelsa, faqat birgina pul miqdorining ko’payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi. Uningcha, boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, “pulning qiymati pul miqdoriga teskari mutanosiblikda o’zgaradi: pul miqdorining har qanaqasiga ko’payishi uning qiymatini pasaytiradi, pulning har qanaqasiga kamayishi esa, uning qiymatini bir xil mutanosiblikda oshiradi... Bu–pulning maxsus xususiyati”. Qachonki pul mexanizmi buzilsa, faqat shundagina iqtisodiyotda pulning ahamiyati sezila boshlaydi.
So’ngra J.S.Mill kreditning tabiati va uning iqtisodiyotdagi o’rnini tadqiq qilishga o’tadi. Bu yerda J.S.Mill o’zini A.Smit va D.Rikardo g’oyalarini ommaviylashtiruvchi oddiy iste’dod egasi sifatida emas, balki chuqur o’ziga xos tadqiqotchi ekanligini namoyon etadi: «Kredit mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini ko’paytirmaydi, lekin kredit tufayli ular ishlab chiqarish faoliyatida ancha to’liq ishlatiladi». Kredit manbai ayni chog’da unumli iste’molda bo’lmagan pul shaklidagi kapital hisoblanadi. Foiz to’lash evaziga kredit beruvchi asosiy instrument sifatida depozitli banklar tashkil topadi. Bunda bank krediti bahoga taklifning o’sishi qanday ta’sir ko’rsatsa, xuddi shunday ta’sir ko’rsatadi.
Kredit to’lovga qobil talabni kengaytirgach va sub’ektlarning istaklariga ta’sir ko’rsatgach, savdo kon’yunkturasini keskin o’zgartirib yuboradi. Muayyan tovarning bahosi oshishi kutilsa, savdogarlar bundan foyda olishga bo’lgan o’z moyilliklarini namoyish etadilar. Agar bunda bahoning oshishi yuqori va uzoqqa cho’ziladigan bo’lsa, unda u boshqa chayqovchilarni ham o’ziga tortadi. Ular tovarlar xaridini kuchaytiradilar, bu esa beriladigan ssuda miqdorini ko’paytiradi, bahoni oshiradi. Bir oz vaqt o’tgandan keyin bahoning o’sishi to’xtaydi va tovarlarni o’z qo’llarida ushlab turganlar foyda olish vaqti kelganini his qiladilar va ularni sotishga kirishadilar. Baho pasaya boshlaydi, tovar egalari katta zarar ko’rmaslik uchun bozorga shoshiladilar, bunday vaziyatdagi bozorda xaridorlar unchalik ko’p bo’lmaganligi sababli, baho oldin oshganiga qaraganda, ancha tez pasayib boradi.

Shunga o’xshagan bir oz tebranishlar kredit bo’lmagan paytda ham bo’lib turadi. Ammo pul miqdori o’zgarmagan vaqtda bir xil tovarlarga bo’lgan ajiotaj talab boshqa tovarlarning bahosini pasaytiradi. Lekin kreditdan foydalanilganda, iqtisodiy sub’ektlar qo’shimcha pul manbaiga ega bo’ladilar. Bunday vaziyatda chayqovchilik barcha tovarlarni birdaniga qamrab olishi mumkin. Natijada savdo inqirozi kelib chiqadi.


Savdo inqirozi uchun «chayqovchilikning jonlanishi ta’sirida oldin oshgan baholarning tez pasayib borishi tipik hol hisoblanadi. Baholar qaysi nuqtadan oshishiga boshlagan bo’lsa, shu nuqtagacha pasayishi mumkindek tuyuladi yoki iste’mol va taklif o’zini oqlaydigan darajagacha pasayadigandek bilinadi. Ammo ularning pasayishi ancha chuqur bo’ladi, negaki har bir kishi zarar ko’rayotgan paytda, ko’pchilik esa bankrotga uchragan bir davrda, hatto ishonchli va atoqli firmalar o’zlari o’rganib qolgan kreditni zo’rg’a olishlari mumkin. Bunday vaziyat shuning uchun sodir bo’ladiki, hech kimda qarzga bergan mablag’ini o’z vaqtida qaytarib olishga ishonch bo’lmaydi. Favqulodda sharoitda bunga vahimachilik kelib qo’shiladi. Pul qisqa muddatga deyarli har qanday foiz to’lash sharti bilan qarzga olinadi, tovarlarni sotishda esa, darhol naqd pulga xarid qiluvchilar shartlaridan ko’riladigan har qanday zararga e’tibor berilmaydi. Demak, savdo inqirozi davrida baholarning umumiy darajasi shu qadar pasayadiki, oldingi inqirozgacha bo’lgan chayqovchilik davri mobaynida osha boshlagan darajadan ham past bo’ladi». O’z mohiyatiga ko’ra, bu iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta iqtisodiyotning pasayish dinamikasining pulli jihatlarining ifoda etilishidir.
Bu yerda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish (inqiroz) tushunchasiga qo’shilmadi. Uning fikricha, inqiroz umumiy ortiqcha ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi deyish, katta xatodir. «Bu faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining oqibatidir… Uning bevosita sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish vositasi esa–taklifni kamaytirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma’noda J.S.Mill J.M.Keynsning o’tmishdoshidir.
J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog’oz valyutalar sharoitida oltinning chetga chiqib ketishi yuzaga kelishi sababli baholar uzoq vaqt oshishi mumkin emas. Biroq qog’oz pullar konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga almashtirish mexanizmi yo’q) baholarning oshishi chayqovchilik shov-shuv(bum)ining kelib chiqishiga olib kelishi va inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. 1825 yildagi inqiroz bunga misol bo’la oladi. Ammo keyingi 1847 yildagi inqiroz esa foiz stavkasining keskin o’sishi natijasi hisoblanadi. Savdo inqirozlari davrida «pul talabidan ko’ra, tovarlarning ortiqchaligi yuzaga keladi, Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi. Iqtisodiy taraqqiyot, J.S. Mill ta’limoti bo’yicha, fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog’liq. Ishlab chiqarish va jamg’arish ko’payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko’pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning o’sishiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xom-ashyo qiymatidan tashqari).

J.S.Millda kapital evolyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o’xshab ketadi. Foyda me’yori pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg’arishga va jamg’arilgan vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz me’yorining minimum darajasiga bo’lgan intilishni chetga kapital chiqarish va eksportni ko’paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda me’yorini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga chiqib ketadi; bu yerda kapital yo’qolmaydi, balki u yangi bozorlarni tashkil etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi. Kapitalning bir qismining chetga chiqib ketishi foydani va foiz me’yorini oshirib, jamg’armaga bo’lgan yangi intilishni keltirib chiqaradi. U, shuningdek, foyda me’yorining pasayish moyilligi davlat xarajatlarini oshirishga qarshi bo’lgan dalillarni kuchsizlantiradi, deb hisoblaydi.


Ko’rilayotgan kapital harakatning oxirgi natijasi–bu iqtisodiy yuksalish uchun kurash to’xtagan paytdagi turg’unlik holati hisoblanadi. Ammo J.S.Mill, agar turg’unlik holati ishlab chiqarishning yuqori darajasida yuzaga kelgan bo’lsa, unga ijobiy munosabatda bo’lgan «Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko’paytirish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylandi». Uning fikriga ko’ra, hech kim kambag’al bo’lmagan, hech kim boylikka intilmagan va birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan harakati tufayli boshqalarning orqaga surib tashlanishi xavfi bo’lmagan vaziyatdagi jamiyat, odamlar uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat hisoblanadi. Bunday turg’unlik davrida madaniyatning barcha shakllarini rivojlantirish uchun ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar hech cheklanmagan bo’ladi.
Odam o’zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini adolatsizlik deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin uning ko’pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e’tirozga javob shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sharoitlarning biri hisoblanadi, xolos. Ishni materiallarsiz, asbob-uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni ta’minlash uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zahiralarisiz bajarib bo’lmaydi. Bu narsalarning hammasi o’tgan mehnat mahsuli hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo’lganda, ularda mahsulotni boshqa birovlar bilan bo’lishishga zarurat bo’lmas edi. Ammo ishchilarda bu narsalar bo’lmaganligi uchun ular ekvivalentning bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini–muallif) ushbu narsalarga egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli hisoblanmaydi).
Ijtimoiy masalalar. Ko’pchilik klassiklarning kontseptsiyasida mehnatning qiymati ishchining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan narsalarning qiymati bilan aniqlanadi. Ish haqi talab va taklif nisbatiga bog’liq holda mehnat qiymati atrofida tebranib turadi. Bu qonunning amal qilishi kishilarning xohishiga bog’liq bo’lmaydi va shuning uchun yollanma ishchilarning ahvolini yaxshilash uchun yo’naltirilgan har qanday ijtimoiy chora-tadbirlar foydasizdir. Ishchilarning ahvolini yaxshilash iqtisodiyotda kapital qo’yilmasini kengaytirish (mehnatga talab oshadi) yoki aholi o’sishini kamaytirish (mehnat taklifi qisqaradi) bilan amalga oshirilishi mumkin. J.S.Mill dastlab ushbu tamoyillarni yoqlab chiqqan bo’lsa-da, ammo keyinchalik undan voz kechadi.
Sotsialistlar g’oyasining ta’siri va taqsimot qonunlarining tarixiy xarakterini tan olishi (tarixiy bo’lganidan ularni o’zgartirish mumkin), ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islohotlarning keng dasturini ilgari surdi va o’z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo’li bilan yollanma mehnatni tugatish, J.S.Mill fikricha, mehnatga bo’lgan qiziqishni yo’qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxonalar o’rniga kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning o’zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba uyushmalarining rivojlanishi, kapitalistik korxonalarning foydasini taqsimlashda ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo’lgan.


2. Yer rentasini yer solig’i yordamida umumlashtirish. Renta yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga ziddir. Renta yer egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha jamiyatga tegishli bo’lishi kerak.
3. J.S. Mill mayda yer egalarini qo’llab-quvvatlaydi. Uning fikricha, o’z yerida ishlovchi ko’pchilik dehqonlar renta to’lashdan ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma ishchilardan farqli ravishda haddan tashqari o’z oilasini kengaytirishga moyil emas.
J.S. Mill o’zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi individual erkinlik bilan yer sharidagi tabiiy boyliklarga egalik qilishning umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go’yoki bir-biriga qarshi ikki yo’nalish: iqtisodiy erkinlik tamoyil (printsip)i bilan ijtimoiy adolat tamoyil (printsip)ini birlashtirmoqchi bo’lgandek tuyuladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini ko’rsatib berdi.ya’ni pul taklifining yetishmasligi kelib c


Yüklə 35,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin