11
3.2- mashq.
Matn yuzasidan topshiriqlar.
1. Anushervonning har bir savoli va yigitning har bir javobini sharhlashga
harakat qiling. 2. Matn xulosasidagi bir olim tomonidan aytilgan fikrni qay darajada
tu shundingiz? Fikringizni asoslab bayon qiling.
3.3- mashq.
Yozilganidek aytilmaydigan undosh harflari mavjud so‘zlarni aniqlang
va daftaringizga yozing.
Ertalab, muzlatkich, suzmoq, volida, afv, afg‘on, guvullamoq, ilhom, shafqat,
xushnud, maza, fasl, bunyod, islohot, avtobus, qirq, ijtimoiy, paxta, baqirmoq,
izquvar, majbur, yarqiramoq, loyiq, jonbozlik, olmos, cho‘qqi, metall, beshik, olti,
idrok, bahor, pichoq, savol, fursat, marvarid, zavod, iztirob, she’r, jurnal, kon
-
gress, tavakkal, ko‘rinmoq, kilovatt, tong, axborot, daromad, poyezd, qo‘ng‘iroq,
suvoq, e’tiqod, ulug‘, ravnaq, ko‘ngil, sochmoq, belbog‘.
Nazariy matn
Adabiy tilda barcha so‘zlar aytilganidek yozilsa edi, bir so‘zning o‘zini ham
turlicha yozishga to‘g‘ri kelar, natijada imloni tartibga solib bo‘lmas, savodsizlik
kuchayib ketar edi. Shuning uchun amaldagi talaffuz va imlo qoidalariga ko‘ra
аyrim undoshlarning ham talaffuzi va imlosi mos farq qiladi. Og‘zaki nutq
-
da ayrim undosh harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi:
mas xara-
boz – mas xaravoz, shanba – shamba, pedagog – pedagok.
Og‘zaki nutqdagi
ixti-
sod, shoshilip, ketti
so‘zlarini
iqtisod
,
shoshilib
,
ketdi
shaklida yozish lozim. Bu
talaffuz, albatta, noto‘g‘ri emas. Ammo imloda so‘zlardagi bu undoshlarning
qanday yo zilishi imlo qoidalari va lug‘atlarda me’yorlashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: