12
2. Matndan asosga qo‘shimcha qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yozuvda
aks etgan so‘zlarni belgilang.
A. Yuragiga, ko‘ngli, ahli, xotirjamlik, to‘lmaganini
B. Yuragiga, muloyimroq, shunday, bag‘ishlaydi, go‘zalligini
C. Yuragiga, shunday, ko‘ngli, borligi, go‘zalligini
D. Yuragiga, ishlayotgan, tinchlikdir, go‘zalligini, borligi
3.5- mashq.
Berilgan so‘zlarni ikki ustunga ajratib, birinchi ustunga talaffuzi va
imlosi bir xil so‘zlarni, ikkinchi ustunga qo‘shimcha qo‘shilganda tovush o‘zgarishi
sodir bo‘ladigan so‘zlarni yozing.
Yorug‘lik, tuz, to‘g‘ramoq, aylana, darz, javon, qush, matonat, yordamlash
-
moq, quvvat, baralla, metr, tortinmoq, kofe, kamxarj, buromad, taqiqlamoq, qasd
qilmoq, qayd etmoq, sukunat, zulm, yurak, o‘rin, ko‘ngil, o‘sha, ushoq, mavqe,
sen, o‘g‘il, bag‘ir, so‘roq, tepalik, olti, shaharsozlik.
3.6- mashq.
Matnni o‘qing. Unga quyida berilgan sarlavhalardan mosini tanlang.
Qator kelgan undosh harflar ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang.
Bir kuni sosoniylar sulolasining zabardast va donishmand podshosi Arda sher
Bobak o‘g‘lining g‘oyat qimmatbaho kiyimlar kiyib olganini ko‘rdi.
Uni yoniga chaqirib:
– Farzandi arjumandim, kishi shunday libos kiyishi kerakki, bunday libos
hech bir xazinada bo‘lmasin, – dedi.
O‘g‘li undan:
– Ey ota, u qanday libos, nimadan tikiladi? – deb so‘radi.
– U shunday liboski, – javob berdi otasi, – matosi go‘zal xulq va ezgu ish
-
dan, ipi esa murosa va sabrdan bo‘ladi.
(„Adolat tarozisi“dan)
1. Ota nasihati oltindan qimmat.
2. Matosi – go‘zal xulq, ipi – murosa.
3. Sabr ham go‘zal libos.
4. Farzandi arjumand.
Dostları ilə paylaş: