Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


- mashq. „Sabrliga tole yor“ matni asosida testni yeching.  1



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

3.4- mashq.
„Sabrliga tole yor“
matni asosida testni yeching.
 1.
Hikoyat mazmuniga aloqador bo‘lmagan fikrni toping.
A. Sabr qilgan moy oshar,
Olqish olgan ko‘p yashar.
B. Odob bilan baxt topilar, 
Sabr bilan – taxt. 
C. Kamoli imon – sabr.
D. Sovun kirni ochar, 
Sabrsiz – sirni.
http://eduportal.uz


12
2. Matndan asosga qo‘shimcha qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yozuvda 
aks etgan so‘zlarni belgilang.
A. Yuragiga, ko‘ngli, ahli, xotirjamlik, to‘lmaganini
B. Yuragiga, muloyimroq, shunday, bag‘ishlaydi, go‘zalligini
C. Yuragiga, shunday, ko‘ngli, borligi, go‘zalligini 
D. Yuragiga, ishlayotgan, tinchlikdir, go‘zalligini, borligi
3.5- mashq.
Berilgan so‘zlarni ikki ustunga ajratib, birinchi ustunga talaffuzi va 
imlosi bir xil so‘zlarni, ikkinchi ustunga qo‘shimcha qo‘shilganda tovush o‘zgarishi 
sodir bo‘ladigan so‘zlarni yozing.
Yorug‘lik, tuz, to‘g‘ramoq, aylana, darz, javon, qush, matonat, yordamlash
-
moq, quvvat, baralla, metr, tortinmoq, kofe, kamxarj, buromad, taqiqlamoq, qasd 
qilmoq, qayd etmoq, sukunat, zulm, yurak, o‘rin, ko‘ngil, o‘sha, ushoq, mavqe, 
sen, o‘g‘il, bag‘ir, so‘roq, tepalik, olti, shaharsozlik. 
3.6- mashq.
Matnni o‘qing. Unga quyida berilgan sarlavhalardan mosini tanlang.
Qator kelgan undosh harflar ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang. 
Bir kuni sosoniylar sulolasining zabardast va donishmand podshosi Arda sher 
Bobak o‘g‘lining g‘oyat qimmatbaho kiyimlar kiyib olganini ko‘rdi. 
Uni yoniga chaqirib:
Farzandi arjumandim, kishi shunday libos kiyishi kerakki, bunday libos 
hech bir xazinada bo‘lmasin, – dedi.
O‘g‘li undan:
– Ey ota, u qanday libos, nimadan tikiladi? – deb so‘radi.
U shunday liboski, – javob berdi otasi, – matosi go‘zal xulq va ezgu ish
-
dan, ipi esa murosa va sabrdan bo‘ladi. 
 („Adolat tarozisi“dan)
1. Ota nasihati oltindan qimmat.
2. Matosi – go‘zal xulq, ipi – murosa.
3. Sabr ham go‘zal libos.
4. Farzandi arjumand.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin