9
2.5- mashq.
Talaffuzi va imlosi bir xil so‘zlarni aniqlab,
ular ishtirokida gaplar
tuzing va daftaringizga yozing.
O‘tov, alanga, tomosha, prujina, qulduramoq, tutun, mevafurush, uzangi,
uchqun, munchoq, parashut, mineral, oyoqyalang, ovunmoq, turtinmoq, jo‘shqin,
kometa, kuldirgich, mashg‘ulot, palata, suyulmoq.
2.6- mashq.
Matnni o‘qing. Undagi talaffuzi va imlosi nomuvofiq so‘zlarni
aniq lang. O‘z xulosangizni bir jumlada ifoda qiling.
O‘rmon mudhish tezlikda yonardi. Kichkinagina chumchuq yo‘lidagi dar yo -
dan panjalari bilan suv olib, o‘rmon ustiga uchdi va tag‘in daryoga shoshdi.
O‘rmonning yonishini ilojsiz kuzatib turgan hayvonlardan biri baqirdi:
– Hoy, o‘rmonni bir tomchi suv bilan qutqarasanmi?
Chumchuq javob berdi:
– Mening qo‘limdan keladigani shu…
(R. N. Guntekin)
Dostları ilə paylaş: