5
B. Muambar,
kamoloti, „Ihlosiya“, oshyon, shukuronalik.
C. Bog‘-i Eram, hayrixoh, ash-or, oshyon, munavvar.
D. Muanbar, kamoloti, shukronalik, „ Ixlosiya“, saylgoh.
2. Qaysi gapning mazmuni fikrlar zanjiridan uzilib qolgan?
A. „Alisher Navoiyning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi.
Otasini
„Kichkina baxshi“ deyishgan“. (
Rashidiy
)
B. „Garchi oliy hazratga o‘zidagi tab’ quvvati va qobiliyati ko‘pligi jihatidan
har ikki nav, ya’ni turkiy va forsiy she’rlar muyassar bo‘lsa-da, uning tab’i(ning)
moyilligi forschadan ko‘ra turkichada ortiqroq edi“. (
Xondamir
)
C. „Ul zot Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r shijoatlisi edi“.
(
Hasan xoja Nisoriy
)
D. „Hech kim turkiy she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini
undan yaxshiroq socha olmagan“. (
Hakimshoh Qazviniy
)
1.4- mashq.
Berilgan so‘zlardan talaffuzi va imlosi moslarini aniqlang.
Namuna:
admiral, parta, ...
Admiral, novvoy, domino, kross, parta, divan, sport, memuar, zamon, somon,
biyobon, pomidor, idrok, xushxabar, snayper, premyera, boldoq, soddadil, ayrim,
yig‘loqi, kamomad, shavkat, saodat, muomala, boloxona.
1.5- mashq.
„
Bu so‘z bizniki
“ musobaqasini tashkil qiling. To‘rt guruhga bo‘linib,
„O‘zbek tilining izohli lug‘ati“ yordamida o‘zlashma so‘zlarni kelib chiqishi qaysi
tilga mansubli giga ko‘ra jadvalga joylashtiring. Har bir guruhdagi so‘zlarda nutq-
ning qanday xususiyatlari namoyon bo‘lganini izohlab bering.
Kitob, maktab, mutolaa, lag‘mon,
samolyot, paroxod, san’at, abadiy, qal’a,
anor, nodon, palto, stol, darvoza,
dasturxon, siyoh, choy, shiypon, tank, shtab,
soldat, futbol, smartfon, barg, oftob, taraqqiyot, tamaddun, mo‘ysafid, tonna, tu-
xum, logistika, megapolis, manti, mahalla.
1.6- mashq.
Matn bilan tanishing. „
Bu so‘z bizniki
“ musobaqasini tashkil qilib, ta
-
laffuzi va imlosi mos so‘zlarni aniqlab yozing. Ustoz
shoirning xijolatli ahvolga
tushgani sababini izohlang.
Dostları ilə paylaş: