24
I
. Andijon viloyati Marhamat tumani,
„Umrzoq Qoraboyev“ shirkat xo‘jaligi, Qovunchi qishlog‘i
Enaxon aya Sotiboldiyevaga
Muhtarama Enaxon aya!
Boshingizga tushgan og‘ir musibat – aziz farzandingiz,
xalqimizning ar
-
doqli shoiri Muhammad Yusufning bevaqt o‘limi munosabati bilan Sizga, oila
a’zolaringizga, barcha yaqinlaringizga chuqur hamdardlik bildiraman.
O‘g‘lingiz Muhammadjon noyob iste’dod egasi, odamlarga mehribon, sofdil,
mard va kamtarin inson edi. Shu bois bu mudhish xabar shoirning ko‘plab
do‘stlari va muxlislari kabi mening ham qalbimni larzaga soldi.
Uning yorqin
xotirasi barchamizning qalbimizda abadiy yashaydi.
Sizga Yaratgandan sabr-toqat va bardosh tilayman.
Islom KARIMOV, 2001- yil
II
. Bugun men uchun g‘oyatda qayg‘uli kun. Butun o‘zbek xalqiga, ilm ahliga
o‘rnak bo‘la oladigan fidoyi olim, tilimiz va adabiyotimizning haqiqiy jonkuyari
va targ‘ibotchisi, chinakam ziyoli inson Omonulla Madayev olamdan o‘tdilar.
Ustoz „o‘zbekning vijdoni“ deb atashga arzigulik inson edilar. Til,
adabiyot,
ma’naviyat sohasida ko‘pchilik diliga tuggan va ayta olmagan fikrlarni qo‘rqmay
baralla aytdilar.
Bu biz uchun, ma’naviyatimiz uchun katta yo‘qotish deb o‘ylayman. Us
-
tozning oila a’zolari, yaqinlariga o‘z hamdardligimni bildiraman. Oxiratlari obod
bo‘lsin.
K.Allamjonov, 2020- yil
Dostları ilə paylaş: