25
kechiring. Tongni toza yurak va go‘zal tilaklar bilan qarshi olish uchun xotirjam
dam oling. Xayrli tun, azizlar!
(„She’riyat xiyoboni“ radioeshittirishidan)
7.5- mashq.
Xabar matnini o‘qing. Tabrik va hamdardlik mavzusidagi yo‘l-
lanmalarning xalqaro munosabatlar doirasidagi o‘rni yuzasidan o‘z
fikringizni
bildiring.
Tojikiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisi Rustam Nazar-
zoda Qozog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi „Samara-Chimkent“ avto-
yo‘lida yo‘lovchi avtobusdagi yong‘in natijasida O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining halok bo‘lganligi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. To
-
jikiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisining bergan axborotida
„Ushbu fojia
qurbonlarining oilalariga, qarindoshlariga hamdardlik bildiramiz,
jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz“ deb bayon qilingan.
(Internet
ma’lumotlaridan)
7.6- mashq.
Ta’ziya ifodalarini yarating. Ularni marhumning yosh va jins xususi
-
yatlariga ko‘ra turlarga ajrating.
Namuna
:
marhuma yosh ketibdi, yaqinlariga sabr bersin,
bandachilik ekan-
da, rahmatlidan ikkita farzand qolibdi, oxirati obod bo‘lsin, Allohning irodasi.
Dostları ilə paylaş: