Hunarmandchilik.
Xitoy hunarmandchiligi ham ko‘p asrlik ta-
rixga ega. Xitoyliklar mustaqil ravishda sopol yasash, mis eritish, jez
va temir ishlab chiqarish sohalarini o‘zlashtirganlar. Qolaversa, butun
insoniyat xitoylik hunarmandlardan qog‘oz, ipak, chinni, kompas, po ■
rox va hokazolar yasashni o‘rgangan.
162
Qog‘oz to ‘g‘risidagi ilk ma’lumotlar milodiy II asrga oid. Xitoy-
liklarning yozishicha, uni Chay Lun ismli kishi kashf etgan. Birinchi
qog'oz bambuk tanasi va tut daraxtining pcf stiog'i aralashmasidan
yaratilgan.
Tut daraxti inson faoliyatining yana bir turi - ipakchilikda muhim
rol o‘ynagan. Xitoyda ipak matosi haqidagi ma’lumotlar mil. avv.
Ill mingyillikka borib taqaladi. Xitoyliklar ipak tayyorlash sirlarini
uzoq asrlar saqlaganlar, buning uchun ipak qurtini mamlakatdan olib
chiqishga yo‘l qo‘yilmagan. Ipak matolar tuya karvonlariga ortilib
Buyuk ipak yo‘li orqali Osiyo va Yevropa mamlakatlariga olib boril-
gan. Karvon yo‘li o‘z ahamiyatini XV asrda Yevropadan Hindistonga
dengiz yo‘li ochilguncha saqlagan.
Xitoy insoniyatni chinni idishlari bilan ham boyitgan. Chinni ha
qidagi ishonchli m aium otlar VI—VII asrlarga oid. U ipak singari Xi
toyning eksport savdosida muhim o‘rin tutgan. X-XIII asrlarda qizil
rang bilan qoplangan xitoy chinnisi ayniqsa yuksak baholangan. XVII
asrdan chinni idishlami yarim xrom (ko‘k rangli) naqshlar bilan beza-
tish keng tarqaladi.
Butun dunyoga xitoyliklar ixtiro qilgan turli buyumlarni lok bilan
qoplash san’ati ham tarqalgan. Loklami turli mineral bo‘yoqlar - ol
tin kukun bilan qoplash o‘zlashtirilgan. Bir necha qatlam lok bilan
qoplangan buyumlar suvga chidamli, mustahkam boMishidan tashqa
ri, juda chiroyli tus olgan. Xitoyda mil. avv. Ill asrda tayyorlangan,
loklangan buyumlar bizning kunlarimizgacha muzey va saroylarda
tomoshabinlaming ko‘zlarini quvontirmoqda.
Xitoyda porox ixtiro qilinib, undan tinch maqsadlarda, mushak-
bozlikda foydalanilgan.
Hunarmandchilikning yuksak darajasi o‘z ta’sirini qurilish soha-
sida ham namoyon etadi. Xanlarning klassik turar joylari rang-barang
va ratsional bunyod etilgan. Uylaming tarhi va konstruksiyasi tabiiy-
iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lgan. Masalan, shimoliy-g‘arbda Shin-
jon-Uyg‘ur muxtor rayonida uylar sinchsiz, devorlari xom g‘ishtdan
ko‘tarilgan. Xitoyning markaziy va sharqiy rayonlarida xanlar uyla-
163
rini maxsus tuproqdan ko‘tarilib mustahkamlangan maydonchaJarda,
yog‘ochdan sinchli qilinib qurilgan. Sinch orasiga xom g‘isht urilgan.
Kirish odatda janub tomonga qaratilgan, tom aksari cherepitsa bilan
yopilgan. Uyning ichida uning 1/3 ni egallaydigan 60 sm gacha ba
land supa ostida tutun o‘tadigan tuynuklar tizimi qilinib, olovni uning
kirishida yondirib tutunni trubasi oxirida qurilib, oilaga ana shu su-
pada ishlash, ovqatlanish, mehmonlarni qabul qilish, uxlash imkonini
bergan. Bu xonalami pastdan isitish bugungi kunda dunyoda keng
tarqalmoqda.
Xitoy da qurilish san’ati ajoyib yutuqlarga erishmoqda. Ma’muriy va
diniy inshootlar ko‘p sonli ibodatxona va buyuk saroylar ko‘rkamligi,
qiyofalari betakrorligi bilan insonni lol qoldiradi. Masalan, Xuanxe
daryosining o‘rta oqimidagi qoyada qurilgan Lun men ibodatxonasida
toshda 100 ming barelyef va haykallar o‘yib ishlangan.
Buyuk Xitoy devori dunyoning mo‘jizalaridan biridir. Uning
asosiy yo‘nalishidagi uzunligi 4 ming km dan ko‘proq. Devorning
qurilishi mil. aw . IV-III asrlarda boshlanib, milodiy III asrda yakun-
langan. Devorning ustidan yo‘lak kengligi urush paytlarida qo‘shinni
dushmanga qarshi jo ‘natishga xizmat qilgan. U Xitoyni shimoldagi
ko‘chmanchilar bosqinidan ko‘p marta qutqargan.
Xitoyliklar o‘z qo‘shnilarini yaxshi bilganlar. Geografik xaritalar
haqidagi m a’lumotlar VII asrga oid. Xitoy va unga tutash hududlar-
ning XI asrga oid xaritalari bizga qadar saqlanib qolgan. Xitoy
matematiklari «Pi» - aylana uzunligining diametriga nisbati (3,14)
ekanligini aniqlaganlar. An’anaviy Xitoy tabobati yutuqlari barchaga
m a’lum. Xitoy tabiblari ko‘plab yuqumli va boshqa kasalliklarga qar
shi kurash usullarini bilishgan.
Yozuv.
Iyeroglif yozuvi Xitoyda mil. avv. II mingyillikdan
ma’lum. Iyeroglif so‘zni «chizib», uning ma’nosini taxminan berib,
ovozini ham hamma vaqt bera olmaydi. Xitoy tilida ko‘plab shevalar
bo‘lib, ular fonetika va grammatika jihatidan farq qiladi. Shimoliy Xi
toy xanlarining og‘zaki tillari janub xanlariga tushunarli emas. Faqat
iyeroglif yozuvigina ma’lum til birligini saqlashga xizmat qiladi. Xi-
164
toy uchun umumiy til putunxua uning asosida poytaxt (Pekin) shevasi
b oiib, bugungi kunda davlat hayotida keng qoilanilmoqda. Putun
xua yozuvi an’anaviy iveroglifga nisbatan ancha soddalashtirilgan.
Ushbu rasmiy davlat tilida maorif, mamlakat qo'shini. murakkab ish
lab chiqarishda qoilaniladi. Shanga qaramasdan Xitoydagi til birligi
bugungi kunda iyeroglif yozuvi tufayli saqlanmoqda.
Din.
Xitoydagi diniy vaziyat ham o'ziga xos. Mamlakatda mil.
aw . VI asrdan ikki falsafiy tizim shakllanib, u asta-sekin dinga ayian-
gan. Deyarli bir paytda vujudga kelgan konfutsumlik va daosizm
mana ikki yarim ming yildan buy on tinch faoliyat vuritib kelmoqda.
Konfutsiylik (Kun Fu Szi - mil. avv. 551-449) asosan davlat tuzumi-
dagi axloqiy tartiblarga bagishlangan. Konfutsiy ta’limoti uning
shogirdlari tomonidan «Lun yuy» asarida yozilgan. Unga ko‘ra dav-
latpanoh hokimiyati muqaddas. Adolatning umumiy qonuni - odam-
laming oliy va past toifalarga boiinishidir. Flar bir inson jamiyatda
egallagan lavozimiga qarab ish yuritishi lozim. Konfutsiy bo‘yicha
boshqaruv - bu har bir kishini «o‘z joyiga qo‘yish», inson faqat o‘zi
uchun belgilangan ish bilan shug‘ullanishi lozim degani, Jamoaviy
hayotda insonning yangi o‘rinlarga koiarilishi uning m a’naviy yuk-
salishi va ilmlami egallashi orqali amalga oshm ogi zarur.
Ikkinchi taiim ot - daosizm. Uning asoschisi Lao-szi (mil. avv.
IV-III asrlar) boigan. U aksari falsafa, oilaviy hayot me’yorlari va
uni tashkil etish masalalariga to‘xtalgan. Ushbu taiim o t tarafdorlari
tabiat bilan yaqinlashishni targ’ib qilishgan. Daosistlar keyinchalik.
alohida oziqlanish tartiblariga rioya qilib, jismoniy mashqlar orqali
uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga intilganlar.
Lao-szi buqa ustida oiirgan qariya sifatida tasvirlangan. Daosizm
asoschisi haqidagi rivoyatlar Lao-szini umrboqiylar vetakchisi sifa
tida tasvirlaydi. Daosizm to iiq holda «Saxiylik y o ii haqida kitob»da
tavsiflangan. Daosizm tarafdorlari orasida Lao-szi Buddaning otasi
ekanligi haqida rivoyat ham mavjud.
Milodning ilk asrlarida Xitoyda buddaviylik, VIII asrdan islom
dinlari tarqalgan. 0 ‘rta asrlardan Xitoyga xristian missionerlari kela
165
boshlaydi. Yuqorida nomlari keltirilgan dinlar bugungi Xitoyda faoli-
yat yuritmoqda.
Konfutsianlik va daosizmning shakllanishiga xanlarning qa
dimgi dinlari katta ta’sir etgan. Masalan, xalq udumtarinmg qadimgi
qo‘shiqlari to‘plami - «Qo‘shiqlar kitobi» muallifligini Konfutsiyga
berishadi. Qishloq joylarida ajdodlar ruhiga e ’tiqod keng saqlangan.
XXRning tashkil topishiga qariyb 70 yil (1949) bo‘lmoqda.
Ushbu davr davomida Xitoy jamiyati an’analariga hayot ko‘plab
o‘zgartirishlar kiritdi. Xitoyning iqtisodi o‘zgarib, u tez sur’atlarda
industrial mamlakatlar qatoriga qo‘shilmoqda. Lekin ushbu sharoit-
larda ham eng aholisi ko‘p mamlakat o‘z an’analariga hurmat bilan
yondashadi.
Udumlar, folklor qo‘shiq-raqslar asta-sekin transformatsiyalashib,
professional teatr sohalariga - musiqali drama teatrlariga aylandi.
Bunday truppalar miloddan avvalgi II—
I mingyilliklar chegarasidan
ma’lum. Xitoy musiqali dramalari klassik ko'rinishlari XIV asrdan
shakllangan. Professional teatr XIX asrda uzil-kesil vujudga keigan.
Bugungi kunda u «Pekin operasi» nomi bilan mashhur. Badiiy adabi-
yot ham juda qadimiy tarixga ega. Unda badiiyotga nisbatan she’riy
janrlar faolroq rivojlangan. Xitoy professional she’riyatining otasi
Syuy Yuan mil. avv. Ill asrda yashagan. Xitoy adabiyotining eng qa
dimgi yodgorliklaridan biri «Sakkiz umrboqiy donishmand»larga
bag‘ishlangan asar hisoblanadi. Ularning hayot faoliyati tavsifi
faqat XIII-XIV asrlarda yakuniy ko‘rinish oladi. Xitoy professional
madaniyati hozirgi bosqichda yuksak taraqqiyotga erishdi.
Dostları ilə paylaş: |