Ahamiyati bo‘yicha ikkinchi ekin - kuzgi bug'doy. U ham aho
lining ozuqa ratsionida muhim o'rin tutadi. Xitoyliklar qishloq
xo‘jaligida sabzavotchilik va bog‘dorchilikning o‘rni ham muhim dir.
Chorvachilik ham xitoyliklar qishloq xo‘jaligida an’anaviy muhim
o‘rin tutadi. Yirik shoxli moldan xo‘jalik yumushlarini bajarishda:
omoch, mola, aravaga qo‘shishda foydalaniladi. Yirik shoxli mol aso-
san Xitoyning shimoliy rayonlaridan keltiriladi. Ularni mo‘g‘ullar,
uyg‘urlar, qozoqlar va boshqa xalqlar yetishtiradi. Xanlar aksari
cho‘chqachilik bilan shug‘ullanadilar. Xitoyliklar cho‘chqaning juda
sermahsul zotlarini yaratganlar. Bu boradagi tajribalardan yevropalik-
lar ham foydalanganlar.
Xanlar taomlarida dengiz mahsulotlari ham muhim o‘ringa ega.
Xitoyda ham dengiz, ham daryo baliqchiligi qadimdan rivojlangan.
Baliqdan tashqari, taomga molluskalar, dengiz tipratikanlari, tre-
pangilami ham ishlatishadi. XXR baliqchilik sanoati taraqqiyoti va
yetishtirilgan mahsuloti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.
Yaqin-yaqinlargacha baliqchilikda ichki suvlar (daryolar, kanallar,
koilar, suv omborlari) hissasi sezilarli edi. Endilikda suv havzalari-
ning sanoat chiqindilari bilan bulg‘anishi baliqchilikning qisqarishiga
olib keldi. Xitoy dehqonlari yevropalik olimlardan ancha avval Yer
yuzidagi o‘rmonlaming yo‘qotilishi ayanchli oqibatlarga olib ke-
lishini tushunganlar. Ular q o id a o‘rmonlar yaratishga ancha avval
kirishganlar. Ular zarur xususiyatga ega daraxt navlarini - Masson
qarag‘ayi hamda keng maydonlarda ignabargli kuningamil daraxtini
ekkanlar. Bu daraxt juda tez o‘sib, 25-30 yilda qurilish va boshqa
ehtiyojlar uchun qattiq va chirimaydigan yog‘och pishib yetiladi. Un
dan kemalar, temiryo‘l shpallari, uy-joylar qurishda foydalaniladi.
Shunga qaramasdan Xitoyda ham o‘rmonlar kamayib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: