Axborot xavfsizligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

ISO/IEC 
15408-1-2005 
– “Axborot texnologiyasi. Xavfsizlikni 
ta’minlash metodlari va vositalari. Axborot texnologiyalari xavfsizligini 
baholash mezonlari” 
ISO/IEC 15408-2005 xalqaro standarti ISO/IEC JTC 1 «Axborot 
texnologiyalari» Birgalikdagi texnik qo‘mita, SC 27 «AT xavfsizligini ta’minlash 
metodlari va vositalari» kichik qo‘mita tomonidan tayyorlangan. ISO/IEC 15408-
2005 ga o‘xshash matn «Axborot texnologiyalari xavfsizligini baholashning 
umumiy mezonlari» 2.3-versiya (2.3 UM deb nomlanadi) sifatida «Umumiy 
mezonlar» loyihasining homiy-tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan.
Standartning ikkinchi tahriri texnik jihatdan qayta ishlashga to‘g‘ri kelgan 
birinchi tahrir (ISO/IEC 15408:1999)ni bekor qiladi va uni almashtiradi.
ISO/IEC 15408-2005 ga o‘xshash bo‘lgan O‘z DSt ISO/IEC 15408 
«Axborot texnologiyalari - Xavfsizlikni ta’minlash metodlari va vositalari - 
Axborot texnologiyalari xavfsizligini baholash mezonlari» umumiy sarlavha 
ostidagi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1-qism: Kirish va umumiy model;
2-qism: Xavfsizlikka qo‘yiladigan funksional talablar;
3-qism: Xavfsizlikka qo‘yiladigan ishonch talablari.
O‘z DSt ISO/IEC 15408 xavfsizlikni mustaqil baholash natijalarini 
qiyoslash imkoniyatini beradi. Bunga AT mahsulotlari va tizimlarining xavfsizlik 
funksiyalariga va xavfsizlikni baholashda ularga qo‘llaniladigan ishonch 
choralariga qo‘yiladigan talablar umumiy to‘plamining taqdim etilishi bilan 
erishiladi.
Bunday mahsulotlar yoki tizimlarning xavfsizlik funksiyalari, shuningdek 
oldindan qo‘llaniladigan ishonch choralari qo‘yiladigan talablarga javob berishi 


60 
bois, baholash jarayonida belgilangan ishonch darajasiga erishiladi. Baholash 
natijalari iste’molchilarga AT mahsulotlari yoki tizimlari ularning taxmin 
qilinayotgan qo‘llanilishi uchun yetarli darajada xavfsiz ekanligiga va ulardan 
foydalanishda bashoratqilinayotgan xavf-xatarlarning maqbulligiga ishonch hosil 
qilishlariga yordam berishi mumkin. 
O‘z DSt ISO/IEC 15408 AT mahsulotlari va tizimlarining xavfsizlik 
funksiyalari bilan ishlab chiqilishidagi kabi, shunday funksiyali tijorat mahsulotlari 
va tizimlarining sotib olinishida ham qo‘llanma sifatida foydali. ATning bunday 
mahsuloti yoki tizimining baholanishi baholash ob’ekti (BO) deb ataladi. Bunday 
BOga, masalan, operasion tizimlar, hisoblash tarmoqlari, taqsimlangan tizimlar va 
ilovalar kiradi.
O‘zDStISO/IEC 15408 axborotni ruxsat etilmagan tarzda ochish
modifikasiya qilish yoki undan foydalanish imkoniyatini yo‘qotishdan muhofaza 
qilinishiga yo‘naltirilgan. Xavfsizlik buzilishining ushbu uchta turiga taalluqli 
bo‘lgan muhofaza toifalari, odatda, mos ravishda, konfidensiallik, butunlik va 
foydalana olishlik deb ataladi. Shuningdek, O‘zDStISO/IEC 15408 AT 
xavfsizligining ushbu uchta tushuncha doirasidan tashqaridagi jihatlariga 
qo‘llanilishi mumkin. O‘z DSt ISO/IEC 15408 insonning g‘araz niyatli harakatlari 
kabi, boshqa harakatlar natijasida yuzaga keladigan axborot tahdidlariga 
qaratilgan, shuningdek O‘z DSt ISO/IEC 15408 inson omili bilan bog‘liq 
bo‘lmagan ba’zi bir tahdidlar uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, 
O‘z DSt ISO/IEC 15408 ATning boshqa sohalarida qo‘llanilishi mumkin, biroq 
ularning vakolati qat’iy chegaralangan AT xavfsizligi sohasidan tashqarida 
deklarasiya qilinmaydi.
O‘zDStISO/IEC 15408 apparat, dasturiy-apparat va dasturiy vositalar 
tomonidan amalga oshiriladigan AT xavfsizligi choralariga qo‘llaniladi. Agar, 
ayrim baholash jihatlari faqat amalgaoshirishning ba’zi bir usullari uchun 
qo‘llanilishi taxmin qilinsa, bu tegishli mezonlarni bayon qilishda ko‘rsatib 
o‘tiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin